X. Sikloalkanlarning fizik va kimyoviy xossalari 1. Sikloalkanlarning alkanlardan farqli ravishda qanday reaksiyaga kirishadi?
A) birikish B) parchalanish C) almashinish D) degidrogenlanish
2. Siklopropan gidrogenlanganda qaysi modda hosil bo’ladi?
A) butan B) propan C) pentan D) benzol
3. Siklogeksanni degidrogenlab benzolni olish reaksiyasini kim kashf etgan?
A) Butlerov B) Zelinskiy C) Zinin D) Vyurs
4. Siklopropandan 88 g propan olingan bo’lsa, sarflangan vodorod hajmini hisoblang.
A) 22,4 l B) 44,8 l C) 33,6 l D) 11,2 l
5. 14 g siklopentandan necha gramm pentan olish mumkin?
A) 70 g B) 72 g C) 62 g D) 14,4 g
XI.Alkenlar va ularning nomenklaturasi 1.Alkenlarning umumiy formulasini toping.
A) CnH2n B) CnH2n+2 C) CnH2n+1 D) CnH2n-2 2. Alkenlardagi uglerod qanday gibridlanishga ega?
A) sp3 B) sp2 C) sp D) spd
3. CH3-CH2-C(CH3)-C(CH3)-CH=CH2 Ushbu moddani nomlang.
A) 3-metilpenten-1 B) 3-dimetilgeksen-2 C) 3,3-dimetilpenten-1 D) 3,4-dimetilgeksen-1
4. Alkenlarning umumiy formulasidan kelib chiqqan holda molekular massasi 84 g ga teng bo’lgan modda tarkibidagi uglerod atomlarining sonini toping.
A) 9 B) 8 C) 7 D) 6
5. Buten molekulasi tarkibidagi δ va π bog’larni toping.
A) 11 δ va 1 π B) 12 δ va 2 π C) 11 δ va 2 π D) 10 δ va 0,5 π
XII.Alkenlarning izomeriyasi va olinishi 1.Alkenlarda necha xil izomeriya uchraydi?
A) 2 B) 3 C) 4 D) 1
2. Etilen laboratoriyada qanday moddalardan olinadi?
A) metan B) etan C) etil spirti D) etilenglikol
3. Quyida berilgan alkenlar orasidan geometrik izomeriyaga ega bo’lganini toping.
A) penten-1 B) propen C) buten-2 D) penten-2
4. Degidrogenlanish yo’li bilan propenning olinish jarayonida 31.6 l vodorod ajralib chiqqan bo’lsa, hosil bo’lgan propenning massasini aniqlang.
A) 66 g B) 44 g C) 22 g D) 11 g
5. Noma’lum spirtning degidratlanishidan 12,6 g alken va 5,4 g suv hosil bo’lgan bo’lsa, spirtni aniqlang.
A) etil spirti B) propil spirti C) butil spirti D) metil spirti