I. R. Asqarov, N. Х. Тo‘хтaboyev, K. G‘. G‘opirov umumiy o‘rta maktablar 10-sinf Kimyo darsligidan foydalanish uchun meтodik qo‘llanma



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə33/61
tarix12.02.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#84021
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61
10metqul

2. KO‘P ATOMLI SPIRTLAR (29-dars)
29-DARS. Ko‘p atomli spirtlar. Etilenglikol va glitserin. Тuzilishi va xossalari.


Darsni maqsadi: O‘quvchilarga kislorodli organik birikmalarni vakillaridan to‘yingan ikki va uch atomli spirtlar haqida ilmiy tushunchalar berish.


Dars rejasi:

  1. Ikki atomli spirtlar.

  2. Uch atomli spirtlar.

  3. Etilenglikol va glitserinni tuzilishi.

  4. Fizikaviy va kimyoviy xossalari.

  5. Ishlatilishi.

  6. Laboratoriya ishi №4,5. (Darslikdan 105-bet)

Ko‘p atomli spirtlar haqidagi ushbu darsni o‘quvchilardagi mavjud tushunchalar asosida munozara shaklida tashkil etish yaxshi natija beradi.


O‘quvchilarga uglerod zanjiriga 2 ta yoki 3 ta gidroksil guruhning bog‘lanishi natijasida kimyoviy xossalarida yuz beradigan o‘zgarishlarni alohida tushuntiriladi. Molekula tarkibidagi gidroksil guruhlar bir-biriga ta’sir etib, kuchsiz kislotali xossasini namoyon etadi.
Bir atomli spirtlar asoslar bilan reaksiyaga kirishmaydi, ammo ko‘p atomli spirtlar esa reaksiyaga kirishadi.
Masalan, glitserin (propantriol) mis(II)-gidroksid bilan ta’sirlashganda mis(II)-gidroksid erib, och havo rangli eritma hosil qiladi.

C3H5(OH)3  Cu(OH)2  C3H5(OH)O2Cu  2H2O


Nitrat kislota bilan reaksiyaga kirishib murakkab efir hosil qiladi.


C3H5(OH)3  3HNO3  C3H5(ONO2)3  3H2O


Dars yakunida o‘quvchilarga quyidagi savol va masalalarga javob topishni taklif etish mumkin:





  1. Metandan foydalanib etadiol sintez qilish uchun zarur reaksiyalarni tenglamalarini yozing.

  2. Etandioldan qanday qilib atsetilen olish mumkin? Zarur reaksiya tenglamalarni yozing.

  3. Etandiolning suvdagi 52,6% li eritmasi -40S da muzlaydi (antifriz). Bunday eritmadan 5 kg tayyorlash uchun qancha suv va etandiol kerak?

  4. Ko‘p atomli spirtlar bilan uglevodorodlar orasida genetik bog‘lanishni ko‘rsatuvchi sxema tayyorlang.




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin