Uyga vazifa: Darslikdan 98,99-bet. 5,6-savollar va 1,2,3-masalalar
3. FENOLLAR (30,31-darslar)
B enzol yadrosi bilan birikkan gidroksil guruhdan iborat organik birikmalar fenollardir.
A romatik uglevodorodlarning yon zanjirida gidroksil guruh bo‘lsa aromatik spirtlar deyiladi. Ularning xossalari to‘yingan spirtlarning xossalariga o‘xshash bo‘ladi
30-DARS. Fenollar. Fenolning tuzilishi. Olinishi. Fizik va kimyoviy xossalari. Atrof-muhitni fenol bor sanoat chiqindilaridan muhofaza qilish.
Darsning maqsadi: O‘quvchilarga fenollar, fenol molekulasini tuzilishi, olinishi, fizikaviy xossalari, kimyoviy xossalari va bir atomli, ko‘p atomli to‘yingan spirtlarga o‘xshash va farq tomonlarini tushuntirish, shuningdek fenol va fenol hosilalarini xalq xo‘jaligidagi ahamiyati haqida ilmiy tushunchalar berish.
Dars rejasi:
Fenollar. Izomeriyasi. Nomlanishi.
Fenol molekulasini tuzilishi.
Olinishi.
Fizikaviy va kimyoviy xossalari
Ishlatilishi.
Uglevodorodlar-spirtlar-fenollar orasida genetik bog‘lanish.
Fenol molekulasidagi fenil radikali to‘yingan uglevodorod radikallaridan farq qilib gidroksil guruhdagi kislorodning elektronlarini kuchliroq o‘ziga tortadi. Natijada gidroksil guruhdagi kislorod-vodorod orasidagi bog‘ qutbliligi ortib ketadi.
Fenol kislotalar singari o‘yuvchi natriy, metallar va kuchsiz kislota tuzlari bilan reaksiyaga kirishadi.
Fenol xozirgi kunda asosan kumol usulida olinadi. Reaksiya natijasida atseton ham olinadi.
Gidroksil guruhi fenil radikaliga ta’sir ko‘rsatib, ya’ni kisloroddagi elektronlarni fenil radikali o‘ziga tortadi. Natijada 2,4,6-tribromfenil, 2,4,6-trinitrofenollarning hosil bo‘lishi uning isbotidir.
Fenol va uning hosilalari zaharli moddalardir. Shuning uchun ularni ishlab chiqaruvchi korxonalarda atrof-muhitni zararlanishidan saqlash choralari ko‘rilgan.
Uyga vazifa:
Fenol va uning hosilalarini ishlatilish sohalarini ko‘rsatuvchi sxema tayyorlang.
Ohaktoshdan foydalanib fenol hosil qilish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.
Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiya tenglamalarini yozing.
a) CH4 C2H2 C6H6 C6H5OH natriy fenolyat
b) CaCO3 CaO CaC2 C2H2 C6H6 izopropil benzol fenol
Berilgan idishlarning qaysi biridagi eritma fenol eritmasi ekanligini o‘ziga xos reaksiya yordamida aniqlang.
Dostları ilə paylaş: |