56
VIII SINF
Matematika fani o‘quv dasturi Xalq ta’limi
vazirligining 2018-yil 29-oktabrdagi 266-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
Algebraik kasrning asosiy xossasini ifodalaydi va uni kasrlarni shakl
almashtirishga qo‘llaydi;
algebraik
kasrlarni
qisqartiradi,
ular
ustida
amallar
bajaradi
va
soddalashtiradi;
butun ifodani ko‘phad shaklida, kasr ifodani ko‘phadlar orasidagi
munosabatlar shaklida ifodalaydi, ayniyatlarni isbotlaydi;
ifodalarning ma’noga ega bo‘ladigan qiymatlarini ko‘rsatadi;
darajaning xossalarini ifodalarning shaklini almashtirishda va hisoblashda
qo‘llaydi;
formulasi bilan berilgan funksiyaning qiymatini hisoblaydi, funksiyaning
qiymatlari jadvalini tuzadi;
funksiya grafigini yasaydi va uning xossalarini grafigidan izohlab beradi;
sonli tengsizliklarni xossalarini ifodalab beradi;
chiziqli tengsizliklarni, chiziqli tengsizliklar sistemasini va sodda modulli
(
2
5
x
а
,
3
4
x
b
) tengsizliklarni yechadi;
koordinata to‘g‘ri chizig‘ida chekli va cheksiz to‘plamlarga misollar keltiradi.
taqribiy hisoblashni va sonli ifodani baholashni amalga oshiradi;
kvadrat tenglama va unga keltiriladigan tenglamalarni taniydi va yechadi;
kvadrat tenglamani diskriminanti va koeffitsiyentlari bo‘yicha tahlil qiladi.
eng sodda kvadrat tenglamalar ildizlarini tanlash yo‘li bilan og‘zaki yechadi,
kvadrat tenglamaning bitta ildizi ma’lum bo‘lsa, ikkinchi ildizini topadi;
viyet teoremasi va undan foydalanishni biladi;
kvadrat uchhadni chiziqli ko‘paytuvchilarga ajratadi.
matnli masalalarni algebraik usulda yechadi; Ma’lumotlarni yig‘ib, sodda
jadvallar, diagrammalar tuzadi va ma’lumotlar oladi, tevarak atrofdagi narsalarning
sonli ma’lumotlarini topadi, tahlil qiladi, qarama-qarshi qo‘yadi;
kombinatorik masalalarni yechishga kombinator ko‘paytirish qoidasini
qo‘llaydi;
tanlash yo‘li bilan kombinatorik masalalarni yechadi;
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida, berilgan kichik o‘quv-tadqiqot
mavzusi bo‘yicha loyiha ishini bajara oladi.
Dostları ilə paylaş: