80
XI SINF
Xalq ta’limi vazirligining 2018-yil 28-avgustdagi
216-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan.
ALGEBRA VA MATEMATIK ANALIZ ASOSLARI
(jami 102 soat, B1+: 68 soat)
O‘quvchilar o‘quv faoliyati natijalariga qo‘yiladigan talablar:
Ikki orttirma nisbatiga olib keladigan jarayonlarni (jumladan, kinematika,
radioaktiv yemirilish, aholi ko‘payishi, moddaning isishi va sovushi) modellarini
qura oladi va tegishli masalalarni yechadi;
2
1
, ,sin ,
x
x
x e
x
kabi funksiyalar hosilalarini ta’rifidan topadi;
tezlik-vaqt bog‘lanishning grafigiga qarab, masofa-vaqt bog‘lanishning
grafigini yasaydi hamda tezlanish-vaqt bog‘lanishning grafigiga qarab, tezlik-vaqt
bog‘lanishning grafigini yasaydi;
sodda optimallashtirish masalalarini yechadi;
burchak ostida o‘tilgan moddiy nuqtaning berilgan oniy vaqtda yo‘nalishini
topadi;
'( )
0,
'( )
0,
'( )
0,
f
x
f
x
f
x
shartlarning ma’nolarini
'( )
y
f
x
va
( )
y
f x
funksiyalar grafiklari orasidagi munosabatni misollarda tushuntiradi;
sodda funksiyalarni differensiallay oladi, sodda funksiyalar uchun hosila
yordamida statsionar nuqtalar tabiatini ( lokal maksimum va minimum) aniqlaydi;
hisoblash vositalari yordamida maksimum va minimum nuqtalarini,
funksiyaning berilgan nuqtada taqribiy qiymatini topadi;
sodda funksiyalar grafiklariga urinma to‘g‘ri chiziq tenglamasini yozadi;
hosila yordamida taqribiy hisoblashlarni bajaradi;
sodda ko‘rinishdagi funksiyalarni integrallaydi;
egri chiziqli trapetsiya yuzi haqiqatdan ham mos bo‘lgan to‘rtburchaklar
yuzlari yig‘indisiga yaqinlashishini hisoblash vositalari yordamida tekshiradi;
aylanish jismlari qanday hosil bo‘lishini izohlaydi. Aylanish jismlari
sirtlarining yuzi, hajmi, egri chiziqning uzunligini hisoblash mohiyatini
tushuntiradi;
moddiy nuqta harakatini, kuchning ishini modellashtiradi;
ma’lumotlarni to‘play oladi va jadval ko‘rinishiga keltiradi. Statistik
ma’lumotlarni turli ko‘rinishlarda tasvirlaydi;
statistik ma’lumotlarning o‘rta qiymati, moda va medianasini, standart
chetlashishini, dispersiyani hisoblaydi va ularning ma’nosini tushuntiradi;
sodda amaliy holatlarda ikkita tur ma’lumotlar o‘rtasida chiziqli bog‘lanish
mavjud-mavjud emasligini aniqlaydi;
sodda tasodifiy hodisalarning modellarini quradi va tahlil qiladi.
o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar asosida, berilgan kichik o‘quv-tadqiqot
mavzusi bo‘yicha loyiha ishini bajara oladi.
Dostları ilə paylaş: