Umumiy pedagogika fanidan 1-kurs sirtqi ta`lim talabalari uchun 1-mustaqil ish topshirig’i Topshiriq: Abdulla Avloniyning “ Turkiy guliston yohud axloq” asarini o’qing va fikr mulohazalaringizni yozing.
I.Siz yoritishingiz kerak bo’lgan masalalar tahminan quyidagilar: a) Asarni o’qing. Asar to’g’risida fikr-mulohaza yuriting.
b) Tarbiyaga oid fikrlarini tahlil qiling va yaxshi hislatlar va yomon xulqlarni T jadvalda ifodalang.
c) Asardan olgan taassurotlaringiz va fikr va mulohazalaringizni yozib qoldiring.
Mustaqil ishni Times New Roman shriftida 14 kattalikda Wordda yozing.
II. Mustaqil ta’limni baholash mezoni: maksimal ball 10. a)Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida to’liq, yoritib bersa, 10 ball bilan baholanadi.
b) Agar talaba mustaqil ishni talab darajasida bajarsa, lekin mustaqil ishda 3-4 ta kamchiliklarga yo’l qo’ygan bo’lsa, 9 ball qo’yiladi.
c)Agar mustaqil ishni to’liq yoritishga harakat qilsa va unda 5-8 ta kamchiliklar bo’lsa - 4, 5, 6 ball qo’yiladi.
d) Agar talaba mustaqil ishda yaxshi o’qimagan, bir necha kamchiliklarga yo’l qo’ysa, yetarlicha tahlil qilolmagan bo’lsa- 3, 4 ball qo’yiladi.
e)Agar mustaqil ish jiddiy qo’pol xatolar mavjud bo’lsa-1, 2 ball qo’yiladi.
f)Agar mustaqi ish mavzusi belgilangan tartibda yoritilmagan bo’lsa yoki ushbu asarni o’qimay tahlil etsa - 0 ball qo’yiladi.
Mustaqil ishni belgilangan vaqtdan kechikmasdan jo’natishingizni so’rayman.
III. Topshirish muddati: 21.03.2023 soat 23:55 Barchaga omad yor bo’lsin!
Fan o’qituvchisi: Guluzra Komiljonova