I togayev yuksak o'simliklar sistematikasidan amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 3,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/71
tarix08.09.2023
ölçüsü3,05 Mb.
#142054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
Tog\'ayev I. Yuksak o\'simliklar amaliy mashg\'ulot

ARXEGONIYLI 0 ‘SIMLIKLAR
Arxegoniyli o'simliklar 
a s o s a n
quruqlikda yashashga 
moslashgan o'simliklar dir, Ularning tanalari murakkab 
tuzilishga ega bo‘lib, alohida a’zolarga - ildiz, poya va 
bargga bo'lingan. Arxegoniyli o'simliklar ana shu xusu- 
siyatlari bilan tuban o'simliklardan farq qiladi. Lekin bu 
o'simliklar orasida ham tanasi alohida a'zolarga ajral- 
magan o'simliklar guruhi bo‘lib, ularda hali haqiqiy ildiz 
shakllanmagan. Bunday o'simliklarda ildiz vazifasini 
ingichka, ipsimon tuzilishga ega bo'lgan bir hujayrali 
tanachalar (rizoidlar) bajaradi.
Arxegoniyli o'simliklar hozirgi davrda 50 mingdan 
ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ular turli ekologik sharo- 
itlarda o'sishga moslashgan.
Bu guruh o'simliklar 8 ta bo'limga bolib o'rganiladi:
1. Riniya toifa bo'limi 
-
Rhyniophyta
2. Zoosteriofittoifa bo'limi 
-
Zoosterophyta
3. Yo'sintoifa bo'limi 
-
Bryophyta
4. Plauntoifa bo‘limi 
-
Lycopodiophyta
5. Psilottoifa bo'limi 
-
Rsilotophyta
6. Qirqbo‘g ‘imtoifa bolimi 
-
Eqvisetophyta
7. Qirqquloqtoifa bo'limi 
-
Polypodiophyta
8. Qarag'aytoifa (ochiq urug'li) bo'limi - Pynophyta
Bu bo'limlariga kiruvchi o'simliklarning hayotiy rivoj- 
lanish davrida nasllar gallanishi, ya' ni gametofit (n) va 
sporofit (2n) nasllarning o'zaro almashinib turishi kuza- 
tiladi. Gametofit nasi faqat yo'sintoifa bolimi o'simlikla- 
ridagina ustunik qilsa, qolgan bo'limlarida esa sporofit 
nasi ustunlik qiladi.
Yuqorida keltirib o'tilgan bo'limlardan, Yo'sintoifa, 
Plaun-toifa, Qirqbo'g'imtoifa, Qirqqquloqtoifa va Qara­
g'aytoifa bo'lim o'simliklarning keng tarqalgan turkum 
va turlari amaliy mashg'ulot darslarida o'tishga tavsiya 
etilgan.
5



Yüklə 3,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin