Ishni bajarish tartibi va topshiriqlar
1. Oddiy marshantsiyaning tirik, fiksirlangan yoki
gerbariy materiallaridan foydalanib, lupa yordamida
tashqi tuzilishini ko'zdan kechiring. Tallomini shoxla-
nishini, rizoidlarni, amfigastriyalarni, anteridiyli va
arxegoniyli tirgovuchlarini chizib oling.
2. Oddiy marshantsiyaning ichki tuzilishini tirik yoki
fiksirlangan materiallar asosida kesma tayyorlab mik-
roskop yordamida kuzating. Havo kameralarini, ustitsa-
9
larni (og'izchalar), assimilyator va parenxima hujayra-
larni joylanishiga e'tibor berib, ularni rasmga tushiring.
3. Vegetativ ko'payish uchun xizmat qiladigan organ-
savatchalarga e'tibor bering va ularda joylashgan
kurtaklarni nina yordamida ajratib mikroskop ostida
ko'ring va chizib oling.
4. Jinsiy ko'payish organlari - anteridiy va arxegoniy-
larning tirgovuchlarda joylashgan o'rni bilan tanishing.
Anteridiy qismidan kesma tayyorlab, mikroskop ostida
ko'ring. Oval bo'shliqlarga va anteridiylarga e'tibor
bering, rasmlarni chizib oling. Arxegoniyli qismidan
ham preparat tayyorlang va uning tuzilishini o'rganing.
5. Yetilgan sporogoniyning tuzilishi bilan tanishing.
Ko'sakchada rivojlangan spora va elateralarni preparat-
lardan foydalanib mikroskop ostida kuzating, ularning
shaklini chizing.
Nazorat savollari
1. Oddiy marshantsiya o'simligi qayerlarda o'sadi?
2. Tallom deb nimaga aytiladi?
3. Tallom qanday anatomo-morfologik tuzilishga ega?
4. Oddiy marshantsiya necha xil yo'l bilan ko'payadi?
5. Anterediy
va
arxegoniylar
tallomning
qaysi
qismlarida hosil bo'ladi va ular qanday tuzilishga ega?
6. Arxegoniylar qanday qavatlar bilan himoyalangan?
7. Ko'sakchada qanday to'plamga ega bolgan sp or alar
hosil boladi va ularning tarqalishi nimalar yordamida
amalga oshadi?
10
|