I. To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə8/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#199436
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
I. To’plamning-hozir.org

Vaqt: 80 daqiqa


Ta’lim oluvchilar soni

O’quv mashg’ulot shakli va turi






O’quv mashg’ulot rejasi:




O’quv mashg’ulotining maqsadi:Kompyuter tarmoqlari maqsadi to’g’risidagi bilim (ko’nikma)larni shakillantirish(mustahkamlash.).


O’qitish natijasi


Ushbu mavzuni o’zlashtirishnatijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim ,ko’nikma yoki kompetensiyalar.

Pedagogik vazifalar.


1 Kompyuter tarmoqlari maqsadi bilan tanishtirish.
  1. Kompyuter tarmoqlari maqsadi tasnifini berish.


  2. Kompyuter tarmoqlari maqsadi tushuntirish.


  3. Kompyuter tarmoqlari maqsadiochib berish va boshqa.


O’quv faoliyat natijalari.


  1. Kompyuter tarmoqlari maqsadi ko’r- satadilar.


  2. Kompyuter tarmoqlari maqsadi tasnif- laydilar.


  3. Kompyuter tarmoqlari maqsadi aytib beradilar.


  4. Kompyuter tarmoqlari maqsadi tartibli ravishda izohlab beradilar.




O’qitish metodlari

Axborotli - kichik ma’ruza, namoish, «aqliy hujum», munozara




O’qitish vositalari

O’UM, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor, kompyuter, klaster , T-sxema.




O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari

Jamoa va guruhlarda ishlash




O’qitish shart-sharoiti

Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya




Qautar aloqaning usul va vositalari

Og’zaki nazorat, savol-javob


O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi



Ish bosqichlari va vaqti


Faoliyatning mazmuni


O’qituvchi


Ta’lim oluvchi


I-O’quv mashg’ulotiga kirish.


(5 daqiqa)


Tashkiliy qism:
1.1. O’quv fan nomini aytib, kurs doirasida dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tashkiliy tomonlari bilan tanishtiradi

Mashg’ulotga tayyorlanadilar




II-bosqich. Asosiy (65 daqiqa)






Tayanch bilimlarini faollashtirish
  1. Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beriladi , ularni baholaydi.


Maqsad va vazifani belgilanishi.


  1. Mashg’ulotning nomi,rejasi,maqsadi va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi.


3 .Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;


4. O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
  1. Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi.


Asosiy xolatlarni yozdiradi;


  1. Slaydlarni PowerPoint tartibda namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy, nazariy holatlarni bayon qiladi


Yangi o’quv materialini mustahkamlash


  1. Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom ettirishni ma’lum qiladi.


  2. Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruh bilan ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.


  3. Guruhlarda ishlashni boshlashga ruxsat beradi. Har bir kichik guruh ishtirokchisi vazifani bajarish tartibini tushunganligini aniqlash maqsadida qaytar aloqa o’tkazadi.


Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.


  1. Ishga ajratilgan vaqt tugaganligini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.


Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholaahlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha


xulosalar qiladi;

Uyga vazifani taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.

Mavzu va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruhlarga bo’linadilar. Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar. Har bir guruh o’z topshiriq varaqasi bo’yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar. Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.

III-bosqich.

Yakuniy bosqich. (10 daqiqa)

Mashg’ulot yakuni


  1. Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.


Uyga vazifani berilishi:


  1. Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.


Baholari bilan tanishadilar.


Topshiriqni yozib oladilar.


KOMPYUTER TARMOQLARI MAQSADI



Hamma Internet haqida eshitgan va undan foydalanishni xohlaydi.
Ma’lumki, Internet axborotni soniyalar ichida uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi. Shuning uchun bu darsda Internetni kelib chiqishi, uning tarkibi, unda axborot qanday qoidalar asosida uzatilishi va qabul qilinishi haqida ma'lumot beriladi. Internet tarixi o'zgarib va rivojlanib turuvchi olam, unda turli xil ko'rinishdagi katta hajmli axborotlar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida yig'ilib bormoqda. Bu ma'lumotlardan foydalanish zamonaviy axborot texnologiyasi vositalarisiz katta mablag' va vaqt talab etadi. Qizig’i shuki, Internet ‘sovuq urush’ mahsuli hisoblanadi. Uni yaratilishiga yadro zarbalaridan qisman zararlanganda ham ishlay olishga mo'ljallangan tajribaviy aloqa sistemasi sifatida XX asrning 70-yillari boshlarida AQSh Mudofaa Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan ARPANet aloqa tarmog'i asos bo'lgan. ARPANet — buzilgan aloqa bo'g'inlarni avtomatik ravishda aylanib o'tishga va tarmoqdagi kompyuierlarning ma'lumot almashishiga imkon yaratuvchi kommunikatsiyalar paketidir.
ARPANet tarmog'i birinchi marta ishga tushirilganda 4 ta kompyuter orasida maxsus kabel orqali bor-yo'g'i 2 minut davomida axborot almashinilgan.
Avvaliga bu tarmpq maxfiy hisoblangan. Keyinchalik, modem va telefon tarmog'i orqali axborot almashish imkoniyati yuzaga kelgandan so'ng bu tarmoqqa turli korxona va tashkilotlar ulanib olgan.
Amerika Qo'shma Shtatlari Mudofa vazirligining Ilg'or tadqiqot loyihalari agentligi (ARPA) 1960 yillarda kompyuterlarni vaqt almashish bo'yicha tadqiqotlarni moliyalashtirdi. Shu bilan birga, Internetning asosiy texnologiyalaridan biri bo'lgan paketlik ommutatsiya bo'yicha tadqiqotlar 60- yillarning boshlarida Pol Baranva 1965-yilda mustaqil ravishda Devid Devis tomonidan boshlandi. 1967 yilda operatsion tizimlarning ishlash printsiplari bo'yicha simpoziumdan so'ng, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida ishlab chiqilgan ARPANET va NPL tarmog'i, Merit Network va CYCLADES kabi boshqa tarmoqlar uchun paketlik ommutatsiya taklif qilindi.
ARPANETni ishlab chiqish Kaliforniya universitetidagi Tarmoqni o'lchash markazi (UCLA), Henri Samuelining muhandislik va amaliy fanlar maktabi Leonard Kleinrok tomonidan boshqariladigan va Duglas Engel barttomonidan SR IInternational (SRI) NLS tizimi bilan o'zaro bog'langan ikkita tarmoq tugunlaridan (Menlo Park Kaliforniya, 1969 yil 29 oktyabr) boshlandi. Kelajakdagi o'sish belgisi sifatida 1971 yil oxirida o'n beshta sayt yosh ARPANETga ulandi.
ARPANET uchun dastlabki xalqaro hamkorlik juda kam edi. 1973 yilda Norvegiya Seysmik Array (NORSAR) bilan Tanumdagi (Shvetsiya) sun'iy yo'ldosh stantsiyasi orqali va London Universitet kolleji qoshidagi Piter Kirshteynning ilmiy guruhiga Britaniya akademik tarmoqlariga kirish uchun yo'l ochildi. ARPA loyihalari va xalqaro ishchi guruhlari turli xil protokollar va standartlarni ishlab chiqishga olib keldi, ular yordamida bir nechta alohida tarmoqlar bitta tarmoq yoki "tarmoqlar tarmog'iga" aylanishi mumkin. 1974 yilda Vint Serf va Bob Kan Internet atamasini RFC 675-da ishlatdilar, va keyinchalik RFC-lar ushbu foydalanishni takrorladilar.

ARPANET-ga kirish 1981 yilda Milliy Ilmiy Jamg'arma (NSF) Kompyuter Ilmiy Tarmog'ini (CSNET) moliyalashtirganida kengaytirildi. 1982 yilda Internet Protocol Suite (TCP / IP) standartlashtirildi, bu butun dunyo bo'ylab o'zaro bog'liq tarmoqlarning tarqalishiga imkon berdi. TCP / IP tarmog'iga kirish 1986 yilda yana bir bor kengaytirildi, chunki National Science Foundation Network (NSFNet) AQShda tadqiqotchilar uchun avvaliga 56 kbit/s tezlikda, keyin esa 1,5 Mbit/s va


45 Mbit/s tezlikda superkompyuter saytlariga kirish huquqini taqdim etdi. NSFNet 1988–89 yillarda Evropa, Avstraliya, Yangi Zelandiya va Yaponiyada ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga aylandi. Tijorat Internet-provayderlari (ISP) 1989 yilda AQSh va Avstraliyada paydo bo'ldi. ARPANET 1990 yilda rasmiy foydalanishdan chiqarildi.
Shutariqa bu tarmoq Internet tarmog’iga aylangan. Internet tarmog'i biror tashkilotga bo'ysunmaydi, lekin davlatlar, ilmiy va ta'lim tashkilotlari, kommersiya strukturasi va millionlab xususiy shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi. Tarmoq taklif etilgan ko'ngillilar tomonidan tashkil etilgan ‘Internet arxitekturasi bo'yicha kengashi’ tomonidan boshqariladi.
Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir (1.2.-rasm).
Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi. Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP) deb ataladi.TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi.Kompyuterlarning axborotlarni telefon tarmoqlari orqali yubora olishiga imkon beruvchi modem deb ataluvchi qurilmaning yaratilishi (1979-yil Nayes kompaniyasi) va rivojlanishi sababli faqatgina shaxsiy kompyuteri va telefoni bor millionlab
kishilar tarmoqning maxsus quril-malarisiz ham Internetdan foydalana olish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

1.2.-rasm. Internet tarmog’i konfiguratsiyasi misoli

1992—93-yillarda axborot texnologiyasining rivojlanishi sababli tasviriy va tovushli axborotlarni olis masofalardan qisqa vaqtda uzatishning shunday imkoniyati yaratilganki, u World Wide Web deb nomlangan.World Wide Web ning yaratilishiga 1989-yil Shvetsariyadagi Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashining loyihasi asos bo'ldi. Bu loyihaning maqsadi Internetda axborot tarqatishning samarali usullarini izlash va uning oqibatlarini kuzatishdan iborat edi. Hozirgi kunda World Wide Web Internetning eng tez rivojlanayotgan sohalaridan biri bo'lib qoldi.Internet deganda ko'pchilik World Wide Web (qisqacha Web yoki WWW) ni tushunadi. Aslida World Wide Web Internetning bir qismi bo'lib, xalqaro o'rgimchak to'ri ma'nosini anglatadi. World Wide Web multimedia (multimedia — rasm va matnli axborotni tovushli va harakatdagi shakllardan iborat axborot bilan birlashtirish texnologiyasi) imkoniyatlariga ega boigani uchun foydalanuvchilar e'tiborini juda tez qozondi.Hozirgi kunda Internet dunyo bozorini o'rganishda va savdo-sotiq ishlarini tashkil etishda zamonaviy biznesning eng muhim vositalaridan biriga aylanib bormoqda. Internet o'zaro aloqa bogiash yoki ma'lumotlar almashish tarmog'i bo'libgina qolmasdan, unda mavjud bo'lgan ma'lumotlar ombori majmuyi dunyo bilimlar omborini tashkil etadi. Yangi texnologiyalar vatarmoqlardagi barqaror yutuqlar (1.3.-rasm) tarmoqning kengayishida tijorat ishtiroki va aholiga xizmat ko'rsatishda yangi iqtisodiy imkoniyatlarni yaratdi.
“TASDIQLAYMAN”

O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari


M.Allamova
2021 yil NAZARIY O’QUV MASHG’ULOTNING O’QITISH TEXNOLOGIYASI № 4

Guruhlar


Dars o’tiladigan


sana






Mavzu(nomi): Apparat va dasturiy ta'minot tarmoq resurslaridan birgalikda foydalanishni ta'minlash


O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli






Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin