Token—Ring tarmog'ida oddiy paket va markerdan boshqa yana maxsus boshqarish paketi ham jo'natilishi mumkin, u uzatishlarni uzush uchun xizmat qiladi. U xohlagan vaqtda va axborot oqimining xohlangan joyida uzatilishi mumkin. Bu paket hammasi bo'lib, ikkita bir baytli maydonni tashkil qiladi.
Token—Ring tarmog'ining tezligi yuqori bo'lgan versiyalarida (16 MbitG’s va undan ham yuqori) markerni erta tashkil qilish usuli (ETR — Early Token Release) qo'llanilgan. U tarmoqning unumsiz ishlatilishiga yo'l qo'ymaydi. ETR usulining ma'nosi, markerga ulangan o'z paketini jo'natib bo'lishi bilan har qanday abonent tarmoqqa yangi bo'sh marker hosil qilib uzatadi, ya'ni hamma boshqa abonentlar o'z paketlarini uzatishni oldingi abonent paketini uzatib bo'lishi bilanoq boshlashlari mumkin (markerning butun halqa bo'ylab harakat qilib kelishini poylab turmasdan)
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
M.Allamova
“”2021 yil NAZARIY O’QUV MASHG’ULOTNING O’QITISH TEXNOLOGIYASI №13