I. To’plamning muallifi to’g’risida ma’lumot



Yüklə 0,56 Mb.
səhifə22/42
tarix27.12.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#199436
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42
I. To’plamning-hozir.org

Token—Ring tarmoq abonentlarini konsentrator (MAU) yordamida
«Halqa»ga ulash.ishlatiladi, ular abonent tarmoqdan uzilgan holatda ham doimiy ulangan «Halqa» hosil qilish imkonini beradi. Tarmoqda konsen- trator bitta bo'lishi mumkin, bu holda «Halqa»ga faqat konsen- tratorga ulangan abonentlargina ulanadi.
Adapterni konsentratorga ulaydigan har bir kabel (adapter cable — adapterno’e kabeli) tarkibida ikkita turli tarafga yo'naltirilgan aloqa yo'li mavjud. Xuddi shunday ikki tarafga yo'naltirilgan aloqa yo'li magistral kabel tarkibiga kiruvchi (nath cable — magistralno’y kabel) aloqa vositasi bilan konsentratorlar o'zaro ulanib «Halqa» tashkil qiladi , vaholanki, bitta bir tomonga yo'naltirilgan kabel yordamida ham «Halqa»ni tashkil qilish mumkin.
5.7-rasm. Token—Ring konsentratori (8228MAU).

Konsentrator tuzilish jihatidan alohida blok tariqasida jihoz- langan bo'lib, u sakkizta razyomlardan iborat, kompyuterlarni adapter kabeli yordamida ulash uchun va ikki chetida ikkita razyom orqali magistral kabellar yordamida boshqa konsentratorlar bilan ulanish uchun qulay qilib jihozlangan ko'rinishda ishlab chiqariladi (5.7 - rasm). Devorga o'rnatiladigan va stol ustiga joylashtirishga mo'ljallangan variantlari ham mavjud.


Bir necha konsentratorlarni konstruktiv jihatdan guruhga birlashtirish mumkin, klaster (cluster), uning ichida abonentlar ham bir halqaga birlashadi. Klasterlardan foydalanish bir markazga ulangan abonentlar sonini oshirish imkoniyatini yaratadi (masalan, klaster tarkibida ikkita konsentrator bo'lgan holda, abonentlar sonini 16 tagacha yetkazish mumkin).
IBM Token—Ring tarmog'ida axborot uzatish muhiti sifatida avvaliga o'ralgan juftlikdan foydalanilgan, lekin keyinchalik koaksial kabelga mo'ljallangan qurilmalar va shuningdek, FDDI standartidagi shisha tolali kabellar ham qo'llanildi. O'ralgan juftlik kabellarning ekranlanmagani (UTP) va shuningdek, ekranlangani (STP) qo'llaniladi.


Token—Ring tarmog'ining asosiy ko'rsatkichlari quyidagilardan iboratdir:


  • IBM 8228 MAU tipidagi konsentratorlar soni —12 ta;
  • tarmoqda abonentlarning maksimal soni — 96 ta;


  • abonent va konsentratorlar o'rtasidagi kabelning maksimal uzunligi


  • 45 metr;


  • konsentratorlar o'rtasidagi kabelning maksimal uzunligi — 45 metr;


  • hamma konsentratorlarni ulovchi kabelning maksimal uzunligi — 120


metr;


  • axborot uzatish tezligi — 4 MbitG’s va 16 MbitG’s.


Hamma ko'rsatkichlar ekranlashtirilmagan o'ralgan juftlik ishlatilgan



holat uchun keltirilgan. Agarda, axborot uzatish muhiti o'zgarsa, tarmoq ko'rsatkichlari ham o'zgarishi mumkin. Masalan, ekranlangan o'ralgan juftlik ishlatilgan taqdirda, abonentlar soni 260 tagacha yetishi mumkin (96 ta o'rniga), kabelning uzunligi 100 metrgacha uzayadi (45 metr o'rniga), konsentratorlar soni 33 taga ko'payadi, konsentratorlarni ulovchi kabelning to'liq uzunligi 200 metrgacha yetadi. Shisha tolali kabeldan foydalanganda konsentratorlarni ulovchi kabel uzunligini 1 kilometrgacha oshirish mumkin bo'ladi.


Ko'rib turibmizki, Token—Ring tarmog'i Ethernet tarmog'iga qaraganda, tarmoqning ruxsat etilgan uzunligi va shuningdek, tarmoqqa ulanadigan abonentlar soni bo'yicha ham bellasha olmaydi. IBM firmasi o'z tarmog'ini Ethernet tarmog'iga munosib raqobatchi sifatida qaraydi.
Token—Ring tarmog'ida axborot uzatish uchun Manchester II kodining varianti qo'llaniladi. Xuddi har qanday yulduzsimon topologiyalari kabi bu tarmoqda ham hech qanday qo'shimcha elektr manbayi bo'yicha moslash va tashqi yerga ulash tadbirlari kerak emas, albatta.
Kabelni tarmoq adapteriga ulash uchun DIN turidagi tashqi 9-kontaktli razyomdan foydalaniladi. Ethernet adapteri kabi, Token—Ring adapterida ham o'z platasida manzillarni sozlash va sistema shinasini uzish uchun moslamalari bor. Ethernet tarmog'ini adapterlar va kabel bilan qurish mumkin bo'lsa, Token —Ring tarmog'ini qurish uchun konsentratorlar xarid qilib olish kerak.
Bu esa, Token- Ring tarmoq qurilmalari narxini oshiradi.
Bir vaqtning o'zida Ethernet tarmog'iga qaraganda Token—Ring tarmog'i katta yuklamalarni yaxshi ko'tara oladi (30—40 % ko'p) va kafolatlangan tarmoqqa ega bo'lish vaqtini ta'minlaydi. Bu xususiyat, masalan, ishlab chiqarishga mo'ljallangan tarmoqlar uchun eng zarur hisoblanadi,

chunki tashqi hodisalarga e'tibor bermaslik jiddiy buzilish holatlariga olib kelishi mumkin.




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin