Vaqt: 80 daqiqa
| |
Ta’lim oluvchilar soni
| |
O’quv mashg’ulot shakli va turi
|
|
O’quv mashg’ulot rejasi:
|
|
O’quv mashg’ulotining maqsadi: OSI tarmog'ining modeli to’g’risidagi bilim (ko’nikma)larni shakillantirish(mustahkamlash.).
|
O’qitish natijasi
|
Ushbu mavzuni o’zlashtirishnatijasida o’quvchida shakllanadigan asosiy bilim ,ko’nikma yoki kompetensiyalar.
|
Pedagogik vazifalar.
1 OSI tarmog'ining modeli bilan tanishtirish. 2 OSI tarmog'ining modeli tasnifini berish.
OSI tarmog'ining modeli tushuntirish.
OSI tarmog'ining modeli ochib berish va boshqa.
|
O’quv faoliyat natijalari.
OSI tarmog'ining modeli ko’rsatadilar.
OSI tarmog'ining modeli tasniflaydilar.
OSI tarmog'ining modeli aytib beradilar.
OSI tarmog'ining modeli tartibli ravishda izohlab beradilar.
|
O’qitish metodlari
|
Axborotli - kichik ma’ruza, namoish, «aqliy hujum», munozara
|
O’qitish vositalari
|
O’UM, tarqatma materiallar, slaydlar, proektor, kompyuter, klaster , T-sxema.
|
O’quv faoliyatini tashkil etish shakllari
|
Jamoa va guruhlarda ishlash
|
O’qitish shart-sharoiti
|
Texnik vositalar bilan ta’minlangan auditoriya
|
Qautar aloqaning usul va vositalari
|
Og’zaki nazorat, savol-javob
|
O’quv mashg’ulotining texnologik xaritasi
Ish bosqichlari va vaqti
|
Faoliyatning mazmuni
|
O’qituvchi
|
Ta’lim oluvchi
|
I-O’quv mashg’ulotiga kirish.
(5 daqiqa)
|
Tashkiliy qism:
1.1. O’quv fan nomini aytib, kurs doirasida dastlabki umumiy tasavvurni beradi hamda uslubiy va tashkiliy tomonlari bilan tanishtiradi
|
Mashg’ulotga tayyorlanadilar
|
II-bosqich. Asosiy (65 daqiqa)
|
Tayanch bilimlarini faollashtirish
Uyga berilgan vazifani nazorat qiladi hamda o’tilgan mavzu bo’yicha o’quvchilarga savollar beriladi , ularni baholaydi.
Maqsad va vazifani belgilanishi.
Mashg’ulotning nomi,rejasi,maqsadi va o’qitish natijalari bilan tanishtiradi.
Mustaqil ishlash uchun adabiyotlar bilan tanishtiradi;
O’quv mashg’ulotida o’quv ishlarini baholash mezoni va ko’rsatkichlari bilan tanishtiradi.
Tezkor –so’rov ,savol- javob ,aqliy hujum, pinbord,”o’ylang va juftlikda fikr almashing “,va boshqa texnikalar orqali bilimlarni faollashtiradi.
Yangi o’quv material bayoni:
Nazariy mashg’ulotning rejasi va tuzilishiga muvofiq, o’qitish jarayonini tashkil etish bo’yicha harakatlar tartibini bayon etadi.
Asosiy xolatlarni yozdiradi;
Slaydlarni PowerPoint tartibda namoyish va sharxlash bilan mavzu bo’yicha asosiy, nazariy holatlarni bayon qiladi
Yangi o’quv materialini mustahkamlash
Mustahkamlash uchun savollar beradi. Jarayon kichik guruhlarda davom ettirishni ma’lum qiladi.
Kichik guruhlarga bo’ladi, kichik guruh bilan ishlash qoidasi bilan tanishtiradi har bir guruhga topshiriq beradi va baholash mezoni bilan tanishtiradi. Ishni bajarish yo’riqnomasini beradi.
Bajarish jarayonini kuzatadi, maslaxatlar beradi.
Ishga ajratilgan vaqt tugaganligini ma’lum qiladi, guruhlar taqdimotini tashkil etadi.
Guruh a’zolariga diqqat bilan eshitishlarini va savollar berishlarini, shu bilan birga o’zaro bir-birlarini baholaahlarini eslatadi. Javoblarni to’ldiradi va qisqacha
xulosalar qiladi;
|
Uyga vazifani taqdim etadilar. Savollarga javob beradilar.
Mavzu va rejasini yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar. Yozib oladilar. Diqqat qiladilar. Savollarga javob beradilar.
Topshiriqni bajaradilar. Kichik guruhlarga bo’linadilar. Kichik guruhda ishlash qoidasi bilan tanishadilar. Har bir guruh o’z topshiriq varaqasi bo’yicha faoliyatini boshlaydi.
Har bir guruh sardorlari chiqib o’z ishlarini taqdim qilishlarini aytadi.
Berilgan qo’shimcha savollarga javob beradilar. Guruh ish natijalarini o’zaro baholaydilar.
Ma’lumotlarni daftarga qayd qiladilar.
|
III-bosqich.
Yakuniy bosqich. (10 daqiqa)
|
Mashg’ulot yakuni
Faol ishtirok etgan o’quvchilarni javoblarini izohlab baholaydi va rag’batlantiradi.
Uyga vazifani berilishi:
Kelgusi mashg’ulotga vazifa va uni bajarish yuzasidan yo’riqnoma beradi.
|
Baholari bilan tanishadilar.
Topshiriqni yozib oladilar.
|
OSI TARMOG'INING MODELI
«Open Systems Interconnection Basic Reference Model — Ochiq tizimlarning o‘zarobog‘lanish etalon modeli deb nomlangan model dastlabki ko’rininshida hujjat bo’lib ro‘yxatdan o‘tkazilan. 1978-yilda u OSI /ISO (GOST R ISO/МЭК 7498-1-99) tarmoq protokollari stekining tarmoq modeli hisoblandi. Modelning maqsadi har bir pog‘onada hozirda mavjud yoki mavjud bo‘lmagan har xil texnologiyalar ishlashiga qaratilgan. Shu sababli tarmoqda yangi texnologiyalar «bir-biriga bog‘langan» pog‘onalarni to‘liq qayta ish- lamasligi mumkin. OSI modelining arxitektorlar guruhi Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSHning kompyuter-telekom sanoati vakillaridan iborat edi. Ularning yordamida qisqa muddatda ochiq tizimlarning to‘liq ishlashiga erishildi. Qaysidir vaqtgacha OSI to‘g‘ri bo‘lib ko‘rindi. Butun yer yuzi bo‘ylab minglab texnika siyosatchilari va muhandislari OSI standartlarini yaratish bo‘yicha katta hissalarini qo‘shdilar va u kimga kerak bo‘lsa, barcha uni qo‘llab- quvvatladi. Bular kompyuter va telekommunikatsiya kompaniyalari, xalqaro standartlarni ishlab-chiqaruvchi qo‘mitalar va davlatning milliy boshqarmalari edi. 1980-yillarning o‘rtalarida shubhasiz yutuq OSI standartlarini qabul qilishdan boshqa yo‘l yo‘qligini ko‘rsatdi.
O‘tgan asr 90-yillarning oxirlariga kelib, OSI loyihasi unutila boshlandi.
Nima sababdan? Sababi arzon va moslashuvchan bo‘lgan va kam ta’riflangan alternativ Transmission Control Protocol / Internet Protocol (TCP/IP) borligi bo‘ldi. OSI loyihasi darz ketganda (bu rasman 1996-yilda bo‘lgan) Internetning asosiy g‘oyachilaridan biri Eynar Stefferrud (Einar Stefferud) «OSI is a beautiful dream, and TCP/IP is living it», ya’ni «OSI modeli qanday chiroyli orzu, TCP/IP esa barchasidan yashovchandir» degan edi.
1960-yilda raqamli texnikaning tarixi boshlanadi. O‘sha paytlar kompyuter aloqasining raqamli tizimi kuchli boshlang‘ich holatda edi va hukumatning ilmiy-tadqiqot dasturlari minglab mutaxassislarning intensiv, keng miqyosdagi tadqiqotining predmeti hisoblanar edi. Ularning ichida istiqbolli loyihalardan biri hammaga ma’lum «paketli kommutatsiya» edi. Bu konsepsiyaning muallifi — RAND kompaniyasining a’zosi Pol Beran edi, lekin bu mavzuda, parallel ravishda, Angliyada milliy fizika laboratoriyasi olimi Donald Devis ham ish olib borayotgan edi. Paketlar kommutatsiyasidan
kanallar kommutatsiyasining farqini ta’riflab o‘tirmaymiz. Elektr aloqa, telegrafdan boshlab yuz yillik tarixiga hamma o‘rgangan kanallar kommutatsiyasiga qaraganda, paketlar kommutatsiyasi ishonchli va samarali ishlashiga Beran va Devislar ishonar edilar.
DARPA-istiqbolli tadqiqotlar va mudofaa loyihalari agentligining homiyligi evaziga tadqiqotchilar birinchi bo‘lib, amaliy natijaga erishdilar va ARPANET deb nomlangan birinchi paketli kommutatsiya tarmog‘ini yaratdilar. 1969-yilda Kaliforniya shtati hududlarida bir shahardan boshqasiga bir nechta harflarni uzatish mumkin edi. Ko‘plab tashkilotlar birinchi navbatda, gigant IBM kompaniyasi, telefon monopoliyachisi AT&T kompaniyasi Yevropa telefonchilari bilan birgalikda bu g‘oyani ma’qulladilar va ularda paketli kommutatsiya tarmog‘i doirasida shaxsiy manfaatga qaratilgan rejalar paydo bo‘ldi. Hozirgi kunda ham to‘liq moslashgan raqamli ma’lumot uzatish tarmoqlarida AT&T kompaniyasi tarmoqda investitsiyalarni va daromadlarni himoyalash maqsadida, baytlarni uzatish huquqini monopoliyalashtirish bo‘yicha fikr va g‘oyalarga ega. Shunday qilib, katta o‘yinning natijasi buyurtmachilar bilan IBM va telefon monopoliyachilari «kanal kommutatsiyasi» sxemasini texnik va tashkiliy jarayonlarini imitatsiya qiluvchi
«virtual kanal»ni ichiga joylashuvchi «paketlar kommutatsiyasi» g‘oyasini ilgari surdilar.
Bu g‘oya atrofida ko‘plab tajribali mutaxassislar shug‘ullandilar.
Ularning fikriga ko‘ra, bu yagona variant edi, biroq hali ishlab chiqilmagan elektrik va boshqa fizik interfeyslar bo‘yicha savollar tug‘ila boshladi. Bu yo‘nalishda standartlarni yaratish Xalqaro tarmoqlar (INWG-) bo‘yicha ishchi guruh tashkil topishi bilan 1972-yildan boshlandi. Bu guruhning birinchi raisi Vint Serf edi. Bu guruhning boshqa vakillari Aleks Makkenzi AQSH, Donald Devis va Rodjer Skantlebyuri Buyuk Britaniya, Lui Puzen va Xubert Simmerman (Hubert Zimmermann) Fransiyadan edilar. INWGning maqsadi Lui Puzen ishlab chiqqan «deytagramm-stayl» paketli kommutatsiyasini rivojlantirish bo‘ldi. Deytagramm bog‘lanishning ahamiyati, bunda aloqa o‘rnatilishida uzatuvchi va qabul qiluvchi o‘rtasida to‘g‘ridan- to‘g‘ri aloqa yo‘q. Ma’lumotlar oddiy paketlar ko‘rinishda ketma-ket uzatiladi va aniq bir paketni yetkazib berishda hech qanday kafolat yo‘q. Agar paket yo‘qolsa, faqat yo‘qolgan paket qayta yuboriladi.
Bu taklif IBM va telekommunikatsiya monopoliyachilari ilgari surgan virtual kanal orqali aloqani o‘rnatish usuli bilan solishtirilganda ajoyib edi. INWG a’zolari kanallar kommutatsiyasini va deytagramm tarmog‘ini qanday o‘lchash yo‘llarni aniqlash maqsadida «an’anaviy telefonchilar» bilan doimiy ravishda, uchrashar va fikr almashar edilar. Necha yillik tortishuvlar va munozalardan so‘ng oxir-oqibat kelishuvga erishildi. 1975-yil Serf va Puzen o‘zlarining takliflarini xalqaro telefon va telegraf maslahat qo‘mitasi (hammaga ma’lum Fransuzcha akronim-CCITT)ga taqdim etdilar.
Shu bilan xalqaro telekom-kompyuter jamiyati to‘xtab qolmadi. 1977-yil bu ishni Britaniya kompyuter sanoati oldi va paketli kommutatsiya tizimini standartlashtirish bo‘yicha navbatdagi qo‘mitani tuzish kerakligini taklif qiladilar. Bu safar xalqaro standartlashtirish tashkiloti (ISO) bo‘ldi. CCITTdan ISOning farqi, ISO telekommunikatsiya bilan hech qachon aniq ishlamagan.
Bu shunchaki, hamma ishlar bo‘yicha xalqaro standartlashtirishning byurokratik idorasi edi. Shuningdek, CCITT dan farqi ISO ga, u kommutatsiya kanalimi yoki boshqasimi farqi yo‘q edi. Faqat kanal kommutatsiyasida kerakli standartlarni yaratish ehtimolligi ko‘p edi. Britaniyaliklarning taklifini AQSH va Fransiya qo‘llab-quvvatladi. Britaniyalik olimlardan biri «Bu standartlar fan va texnikaning rivojlanishiga qaraganda, foyda va zarar to‘g‘risidagi hisoblarga ko‘p g‘amxo‘rliklar qiladigan monopoliyachilar tomonidan yaratilgan, o‘zining
«yopiq arxitekturasi» tufayli hech nima bilan bog‘lanmaydigan avtonom rejimda ishlovchi alternativ an’anaviy hisoblash tarmog‘ini o‘zida mujassamlashtirgan» deydi. Umuman ochiq arxitektura haqiqatda kerak edi. Tarmoq kundan-kunga kattalashib borardi. Tarmoqlar o‘rtasida moslashtirish murakkab bo‘lib qolaverdi. Voqealar zanjirini tushunish uchun quyida xronologik ketma-ketliklarni qo‘yish kerak:
1974-yil IBM paketli kommutatsiya tarmog‘ida birinchi korporativ protokollar Systems Network Architekture ishlab chiqdi.
1975-yil INWG paketli tarmoq bo‘yicha CCITT ga taklif kiritdi va bu taklif rad etildi. Serf INWG ni tark etdi.
1976-yil CCITT «virtual kanal»ni ishlatuvchi paketli kommutatsiya uchun standart X-25 tavsiyanomasini nashr qildi.
1977-yil OSI «Open Systems Interconnection» (ochiq tizimlarning o‘zaro bog‘lanishi) xalqaro standartlar tashkilotida «tarmoq modeli» bo‘yicha qo‘mita yaratildi.
1978-yil (28.02.–2.03) OSI qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi, ya’ni modelni
«xomaki varianti» qabul qilinadi.
Oxirgi uchrashuv esda qolarli bo‘ldi. O‘nta davlatning telekom bo‘yicha qo‘mitasining ishtirokchilari va to‘rtta davlatning kuzatuvchilari OSI etalon modelini qat’iy qabul qilish qaroriga kelishdi. Bu esa loyihalashtirilayotgan tarmoqning har xil qismlarida ishlarni taqsimlashga va boshqa tashkilotlarning bajarilgan ishlarining bir qismini o‘rganib olishga yordam beradi.
1983 yilda CCITT (hozirda Xalqaro Telekommunikatsiya Ittifoqi yoki ITU- telekommunikatsiya standartlashtirish sektori deb nomlanadi) va ISO hujjatlari birlashtirilib, Ochiq tizimlarning o'zaro aloqasi uchun asosiy etalon modeli yaratildi, odatda Open System Interconnection Reference Model, OSI Reference Model yoki shunchaki OSI modeli deb nomlanadi. 1984 yilda u ISO tomonidan ISO 7498 standarti bilan, hamda ITU-T tomonidanX.200 standarti sifatida nashr etilgan.
OSI ikkita asosiy tarkibiy qismga ega, bu tarmoqning abstrakt modeli bo'lib, u "Asosiy etalon modeli" yoki "yetti pog’onali model" deb nomlangan va o'ziga xos protokollar to'plami. OSI mos yozuvlar modeli tarmoq kontseptsiyalarini o'qitishda katta yutuq bo'ldi. U tarmoq qurilmalari va dasturiy ta'minot o'rtasidagi o'zaro muvofiqlikni belgilaydigan protokol pog’onalarining izchil modeli g'oyasini ilgari surdi.OSI modeli.
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
M.Allamova
“ ” 2021 yil NAZARIY O’QUV MASHG’ULOTNING O’QITISH TEXNOLOGIYASI № 23
Guruhlar
|
Dars o’tiladigan sana
|
|
|
|
Mavzu(nomi): OSI modelni qatlamlari
O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli
Dostları ilə paylaş: |