Local tarmoqlar bir binoda yoki bir-biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o`zaro axborot almashish imkonini beruvchi tarmoq hi- soblanadi. Bunday tarmoqlarda axborot almashinish aloqa qabellari (ba-zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalga oshiriladi. Bunday foy- dalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma`lumotlarni birgal-ikda qayta ishlash va ma`lumotlarni ayirboshlash va dastur, chop etish qu-rilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoni-yatiga ega bo`lishadi. Shuning uchun, bittadan ko`p kompyuterga ega fir-malar o`z kompyuterlarini local tarmoqqa birlashtiradi. Local tar-moqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo`lganligi bois, telefon kanallari-dan foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin. Local tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiya-lash lozim bo`ladi.
Marshrutlash bu – kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo`lini aniqlash jarayonidi.
Selektsiyalash – tegishli manzildagi axborotni saralash demakdir. Local tarmoqlar axborotni marshrutlash va selektsiyalash usuli bo`yi-cha ikki sinfga ajratiladi. Local tarmoqlar selektsiyalash orqali axbo-rotni bir abonent tizimidan boshqa tizimga o`tishni ta`minlaydi. Ishchi tizimlar katta miqdordagi ma`lumotni, saqlash, izlash, murakkab hisoblashlar, mo-dellashtirish, dasturiy ta`minotni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Ma`muriy tizimlar tizimlar tarmoqni boshqaradi. Kommunikatsion tizimlar abonent tizimlar abonent tizimlar orasida axborotlarni uzatish uchun marshrutlashva bog`lanish-larni kommutatsiya qilish vazifasini bajaradi.
Mintaqaviy tarmoq – biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o`zida mujassamlashtirgan tarmoq. Bunday tarmoqda bir nechta markazlashgan (ya`ni local tarmqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli serverlar mavjud bo`ladi va bunday serverlar o`rtasidagi axborot aloqa qabeli, optik tolali yoki sun`iy yo`ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.
Global tarmoq – dunyoning ixtoyoriy davlatidagi kompyuterlarni o`zida birlashtirish imkoniga ega bo`lgan tarmoq. Bu tarmoq internet (Intranet) deb ham yuritiladi. Internet bilan birga intranet tushunchasi ham ishlatiladi.
Intranet – bu internet texnologiyasi, dastur ta`minoti va bayonnomalari asosida tashkil etilgan, ma`lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo`lib jamoa bo`lib ishlash imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitni tashkil etuvchi kompyuter tarmog`idir.Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jixati bilan farqlanadi: bir yoki bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma`lumotlardan foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi qatalogda, qanday nom bilan saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo`ladi. Internetda esa bunday nokulayliklarning oldi olingan bo`lib, uning foydalanuvchisi bunday ma`lumotlarni bilishi shart emas. Bundan tashqari, internet tarmog`ida mavjud bo`lgan barcha elektron xujjatlar va ma`lumotlar omborini giperbog`lanishlar yodamida o`zaro bog`lab yagona axborot muhiti qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo`ladi.
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari
M.Allamova
“”2021 yil
NAZARIY O’QUV MASHG’ULOTNING O’QITISH TEXNOLOGIYASI №2
Guruhlar
Dars o’tiladigan sana
Mavzu(nomi): Kompyuter tarmoqlari rivojlanish tarixi O’quv mashg’ulotining o’qitish texnologiyasi modeli