8 - BOB. ENERG IYA R E SU R SL A R IN I IST E ’MOL
Q IL ISH N I H ISO B G A O LISH VA RO STLA SH
8.1. Elektr energiyani hisobga olish tizimi
8.1.1. K o‘p funksiyali hisoblagichlar
K o ‘p funksiyali «E nergiya 9» turidagi elektr energiyasi
hisoblagichi bu turkumdagi hisobga olish asboblarining yetakchisi
hisoblanadi. Bu asboblar ishlab chiqarish va energiya ta’minoti
korxonalarida q o ‘llanilishi uchun ularning spetsifikasi ham da
bu sohalarda elektr energiyasini hisoblash talablarini e ’tiborga
olib maxsus ishlab chiqilgan. Bu turkumdagi hisoblagichlar 0,2S
gacha aniqlik sinfiga ega. Tok bo‘yicha yoki tok va kuchlanish
bo‘yicha to ‘g ‘ridan-to‘g ‘ri va transformator orqali ulanishi mumkin.
0 ‘zgaruvchan tokdagi uch sim li yoki to ‘rt simli tarm oqlarda
qo‘llaniladi. Barcha hisoblagichlar infraqizil port va RS485 porti
bilan jihozlangan. Hisoblagich xotirasida aktiv va reaktiv energiya
uchun fazalar bo‘yicha yuklama grafigi saqlanadi, fazalar bo‘yicha
tok grafigi olib boriladi. Grafiklardan har birining saqlanish muddati
bir yildan iborat. H isoblagichlar kuchlanish, tok, quvvat, coscp,
tarmoq chastotasining joriy qiymatlari monitoringini olib borishga
imkon beradi; energiya grafigini, yarim soat m aksim um larini
saqlaydi. Shu bilan birga tarif zonalarini hisobga olish dasturlanadi.
Yuklama yordam ida boshqariladigan m odifikatsiya yuklam ani
ulash/uzish uchun tashqi kontaktorni boshqarishga va ta ’minot
kuchlanishi boMmaganida k o ‘rsatkichlarni olishga imkon beradi.
Bu hisoblagichlar asosida ENHATning tijorat va texnik hisoblari
to ‘g ‘risida batafsil va aniq m a’lumot olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: