K IR ISH
E nergiya resurslaridan oq ilon a
foydalanish m asalasi har
doim kun tartibidagi dolzarb vazifa b o ‘lib hisoblangan. Energiya
resurslariga bo‘lgan talabning tobora ortib borayotgan bugungi
davrida bu masala yanada dolzarblashib bormoqda.
Bugungi kunda
energiya tejamkorligining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligini
shu yo‘nalishdayaqinyillar ichida qabul qilingan vaqilinayotgan far-
mon, qaror va bir qator m e’yoriy hujjatlar misolida ko‘rish mumkin.
Bu kabi amaliy ishlarning mantiqiy davomi sifatida jahon andozalari
asosida sanoat korxonalarining texnologik jarayonlarda, maishiy
iste’molchilarda va boshqa turdagi energiya iste’moli
obyektlarida
yangi energiya tejash texnologiyalari joriy etilmoqda. Shundan kelib
chiqib, energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarga ega bo‘lgan malakali yosh mutaxassislarni tayyorlash
yuqoridagi dolzarb vazifaning yechilishida muhim rol o ‘ynaydi.
M azkur darslik tom m a’noda talaba yoshlarga energiyani tejash
bo‘yicha dastlabki bilimlami berishda asos bo‘lib xizmat qiladi.
Darslikda energiya
samaradorligi va tejamkorligi, 0 ‘zbekiston
sanoati sohalarining sam aradorligi va davlat nazorati, energiya
va energiya resurslariga
narxning tuzilishi, y o q ilg ‘i-energetika
resurslarini m e’yorlashtirish, energiya tejam korligini boshqarish,
elektr energiya iste ’molini hisobga olish va nazorat qilishning
avtomatlashtirilgan
tizimlari, elektr energiyasini nazorat qilish va
hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimlarini tashkil etish va qurish,
energiya resurslarini iste’mol qilishni hisobga olish va rostlash,
energetika
audit va menejment asoslari, maishiy energiyani tejash,
jam oat va sanoat imoratlari va inshootlarida energiya tejamkorligi
masalalari batafsil o ‘rganiladi.