Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;
Dars usuli: Noan`anaviy (savol-javob, didaktik oyinlar, klaster, geografik domino, “Ortiqchasini top”, she’riy topishmoqlar, krossvord)
Dars jihozi: a) 5-sinf Tabiiy geografiya (boshlang’ich kursi) darsligi, O`zbekiston va O’rta Osiyoning tabiiy xaritasi, o`quv qurollari, A-4 formatdagi qog`ozlar, bukletlar, tarqatmalar;
Texnik vositalar:Kompyuter, vidyeoproyektor, ekran yoki interaktiv (elektron) doska.
O`quvchilarga daryolar haqidagi barcha bilimlarni batafsil berish.
Darsning vazifasi.
O’quvchilarni ushbu mavzuga va shu asnoda geografiya faniga bo`lgan qiziqishini oshirish.
Darsning tashkil etish texnologiyasi.
Uslub: Ko`rgazmali-amaliy.
Shakl: 4 o’quvchidan iborat kichik guruhlar(6ta)da va individual tartibda ishlash.
Usul: Noan`anaviy Nazorat: Og`zaki, yozma va o`z-o`zini baholash.
Vosita: Darslik, xaritalar, o`quv qurollari, Axborot
kommunikatsion texnologiyalar.
Baholash: rag`batlantirish va besh ball tizim asosida.
Kutiladigan natija.
O`qituvchi:Bir darsda hamma o`quvchini baholaydi. Mavzu haqida batafsil ma`lumot to`playdi. Qisqa vaqt ichida yuksak natijaga erishadi.O`quvchilarda bilim, ko`nikma va malaka hosil qiladi.
O`quvchi:O`z fikriga ega boladi. Qisqa vaqtda ko`p ma`lumotga ega bo`ladi. Fikrlash, esda saqlash va nutq qobiliyati oshadi. Guruh bilan ishlash malakasi shakllanadi.
Kelgusi rejalar.
O`qituvchi: O`z darsini tahlil qiladi. Ilg`or pedagogik texnologiyani, yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi. O`quvchiga har tomonlama ibrat bo`lishga harakat qiladi.
O`quvchi:O`z ustida ishlaydi. Bilim darajasi oshadi. O`z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir xulosaga kelish malakasi oshadi. Yangi qo`shimcha adabiyotlarni o`rganadi.
Darsning shiori:“Geografiyam, mening suyuk geografiyam, senga obyekt erur asli butun olam!”.
Darsning borishi: