I. Umumiy miya belgilari



Yüklə 38 Kb.
səhifə2/3
tarix10.06.2023
ölçüsü38 Kb.
#128172
1   2   3
Markaziy asab tizimining o\'smali, absess kasalliklari

II. Dislokatsiya, ya`ni bosh miya o`zagining siljishi yoki bosh miyadagi o`smaning boshqa to`qimalarga qisilishi. O`smalarning asosiy belgilari:
1. Tana harorati ko`tarilmaydi.
2. O`tkir boshlanmaydi.
3. Umumiy va mahalliy miya belgilari astasekinlik bilan rivojlanadi.
4. Orqa miya suyuqligida oqsil miqdori ko`p bo`ladi.
5. Ko`z tubida dimlanish bo`ladi. Agar bosh miyada o`smalarga xos belgilar kuzatilsa, unda bosh miya quyidagi tekshirishlardan o`tkaziladi: EEG, EXO, kalla suyagini rentgenografiya qilish, kompyuter tomografiya, angiografiya, ko`z tubini, orqa miya suyuqligini tekshirish zarur.
Davosi. O`smalarning palliativ va radikal davo usullari mavjud. Palliativ davolashda dori-darmonlar bilan birga gormonlar hamda rentgenoterapiya usullari qo`llaniladi. Rentgenoterapiya usullarida radioaktiv izotoplar (palladiy, ittriy, oltin) bilan davolash yaxshi natija beradi. Hamma o`smalarga siydik haydovchi dorilar – mannitol, gipotiazid, furosemid, diakarb 0,025 mg 1 ta tabletkadan kuniga 2 marta berish lozim. Laziks 2,0 ml dan, magneziy sulfat 25 % li 10,0 ml mushak orasiga qilinadi. Siydik haydovchi dorilarni uzoq vaqt qo`llash natijasida organizmda tuz va suv muvozanati buziladi va organizm
suvsizlanadi. Shuning uchun fiziologik eritma 0,9 % li , glukoza 5 % li , elektrolitlar, kaliy xlor, vitaminlar, tana harorati ko`tarilgan bo`lsa, litik aralashmalar tavsiya etiladi. Bundan tashqari, tutqanoq xurujiga qarshi finlepsin, fenobarbital, benzonal 0,1 g 1 ta tabletkadan 3 mahal ichishga beriladi. Radikal usulda jarrohlik yo`li bilan o`sma olib tashlanadi. O`smalar
qancha erta aniqlansa, bemorning ahvolida shuncha tez umumiy va mahalliy miya belgilarining kuchayishiga yo`l qo`yilmaydi. Jarrohlik usulining iloji bo`lmasa, bemorga rentgen nurlari bilan davolash tavsiya etiladi.
Parvarish qilish. O`sma jarrohlik usuli bilan olib tashlangandan keyin bemorni parvarish qilish katta ahamiyatga ega. Chunki bunda bemor bezovtalanib, har xil harakatlar qilishi, ruhiy tushkunlikka tushishi mumkin. Ayrim bemorlarda talvasa xuruji bo`lib turadi.
Kalla operatsiya qilingandan so`ng bemorni operatsiya qilingan tomonga qarama-qarshi tomon bilan chalqancha yoki yonbosh qilib yotqizilishi kerak. Bunda yutish faoliyati buzilgan bemorlarning og`iz bo`shlig`iga so`lak yig`ilib qoladi. Natijada, so`lak yuqori nafas yo`llariga yig`ilib qoladi. Bunday bemorlar og`iz bo`shlig`ini kuniga 4–5 marta tozalab turishi tavsiya etiladi. Bemor kallasiga bog`langan bog`lamni olib tashlamasligi uchun uni mahkam bog`lash kerak. Jarrohlik aralashuvidan bir kun oldin bemorni tayyorlash va yengil ovqatlantirish tavsiya etiladi. Agar bemorlarni og`riq bezovta qilsa, og`riq qoldiruvchi dorilar buyuriladi. Operatsiyadan keyin bemorni oz-ozdan, tez-tez ovqatlantirish talab etiladi.

Yüklə 38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin