Kurs ishi maqsad va vazifalari.Hozirgacha Ogahiyning tarixiy, ma’naviy qarashlari, badiiy va tarjimonlik mahorati malum bir darajada ochilgan bo‘lsada, biroq uning marifiy-ma’naviy qarashlari hozirgi kunning talablari va milliy qadriyatlar, milliy ma’naviy tadqiqot darajasida o‘rganilmagan.
Kurs ishining davriy chegarasi.XIX asrning 1-yarmi-XX asr boshlarini o’z ichiga olib, chet ellik va yevropa olimlari, o’zbek olimlarining tadqiqotlarida asarni o’rganilishini tahlil etamiz.
Kurs ishining ishning tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikki bob, to’rta paragrif , xulosa, iborat.
1.1.Muhammad Rizo Ogahiy hayoti va faoliyati XIX asr o‘zbek allomasini fikrining namoyondalaridan biri Ogahiyning ma’naviy-marifiy merosidagi vatanparvarlik, erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, imon-etiqodlik» halollik, axloqiy poklik, odillik, birodarlik, bilimlilik, hurfikrlilik-komil inson haqidagi g‘oya-larini o‘quvchi-yoshlar ongiga singdirish, allomalarmizning boy ma’naviy merosiga shu kun nuqtai nazaridan yondoshish eng dolzarb masaladir. Ogahiy o‘zi yaratgan va tarjima qilgan asarlari bilan xalqimizning ilmmarifatni rivojlantirishga va O‘zbekiston xalqlari tarixi hamda ijtimoiy-ma’naviy fikr taraqqiyotiga salmoqli hissa qo‘shgan. Ogahiyning hayoti va ijodiy faoliyatini S.Dolimov, Ogahiy lirikasini R.Majidiy, tarixiy asarlarini Q.Munirov, Ogahiy ijtimoiy-falsafiy qarashlarini M.Safarboev o‘zlarining ilmiy izlanishlarida yoritib berganlar. Muhammad Rizo Ogahiy salohiyatli tarixnavis sifatida ham faoliyat yuritib, dastlab Munis Xorazmiy tugata olmagan «Firdavs ul-iqbol» tarixiy asarini oxiriga etkazadi. Unda Xorazm tarixi 1813 yildan 1825 yilgacha yozilgan. K. Xudayberganov esa unda tafsilotlar Muhammad Rahimxon II (1865-1910) gacha bo‘lgan tdavrni o‘z ichiga oladi deb ko‘rsatadi1.
Tarixnavislikda tajriba orttirgan Muhammad Rizo Ogahiy Xorazm xonligi tarixiga oid 5 ta tarixiy asarlar yaratgan. Ular: Olloqulixon hukmronligi (1825-1843)ni tasvirlovchi «Riyozud-davla» (1844); Rahimqulixon saltanati (1843-1846)ga oid «Zubdatut tavorix» (1846); Muhammad Aminxon davri (1846-1855) voqealarini aks ettiruvchi «Jomi’ul voqeoti Sultoniy» (1854); Sayid Muhammad xonligi (1856-1865) tarixiga oid «Gulshani davlat» (1866) va Muhammad Rahim II hukmronligi (1865-1910) davrining dastlabki yillariga bag‘ishlangan «Shohidi iqbol» (1872) dir. Mazkur tarixiy asarlarda o‘lka hududida yashagan o‘zbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq xalqlarining hayoti, Xiva xonligining Qo‘qon xonligi va Buxoro amirligi, shuningdek, Afg‘oniston, Eron, Hindiston, Rossiya bilan bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari, Chor Rossiyasining Xiva xonligiga oid siyosiy maqsadlari aniq dalillar ochib berilgan. Ularda Xiva xonligi hududidagi xalqlarning madaniyati, urf-odatlari va turmush tarzlari haqida ham qimmatli ma’lumotlar mavjuddir. Shuning uchun ularni Xorazm tarixining yarim asrdan ziyod davridagi voqea-hodisalarni xolisona yorituvchi yilnomalardir, deyishmumkin. Bizningcha, tarixnavisning yana bir muvaffaqiyati shundaki, tarixiy voqealar badiiy uslubda obrazli bayon qilingan, ba’zi voqea-hodisalar she’riy parchalar bilan tasvirlangan. Bu esa asarlarning ta’sirchanligini oshirgan, tasvirlanayotgan voqea-hodisalarning mohiyatini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Akademik V.V.Bartold XIX asr Xorazm tarixnavisligiga yuqori baho berib, shunday yozadi: « Munis Xorazmiy va Muhammad Rizo Ogahiy tomonidan yaratilgan adabiy va tarixiy voqealarni bayon etish va ularda keltirilgan faktik materiallarning ko‘pligi jihatidan Qo‘qon va Buxoro xonliklari tarixiga doir bizgacha etib kelgan hamma asarlarni o‘zidan ancha orqada qoldiradi»1. Garchi bu nodir tarixiy asarlarning ba’zilari S.Dolimov tahriri ostida nashr qilingan bo‘lsa-da, ular haligacha to‘la nashr etilmagan va etarli o‘rganilmagan. Ogahiy tarixiy asarlarida Xiva xonligida sun’iy sug‘orish inshootlarining qurilishi, yangi qazilgan kanallar haqida qimmatli ma’lumotlar beradi. Xiva xonlari o‘lkaning chekka joylarigacha an’anaviy nazorat safari uyushtirib, birinchi navbatda suv inshootlari qurilishiga katta e’tibor qaratganlar. Muhammad Rizo Ogahiy 23 yil miroblik qiladi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, Muhammad Rizo Ogahiyning miroblik davrlari haqida muhim ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, G‘.Karimov va S.Dolimovlarning qayd qilishicha, «Muhammad Rizo Ogahiy 1857 yilda uzoq davom etgan kasallik tufayli miroblik vazifasidan iste’fo beradi va o‘z arizasiga binoan bo‘shaydi»1.
«Zubdatu -t- tavorix» («Tarixlar qaymog‘i», 1845—1846), «Jome’ ul-voqeoti sultoniy» («Sultonlik voqealarini jamlovchi», 1857), «Gulshani davlat» («Davlat gulshani», 1865), «Shohidi iqbol» («Iqbol guvohi», 1872) va boshqa tarixiy asarlarida Olloqulixon, Rahimqulixon (1843—46), Muhammad Aminxon (1846 — 55), Sayid Muhammadxon (1856—64), Muhammad Rahim II (1864—1910) hukmronligi davrida Xorazmda yashagan o‘zbek, turkman, qoraqalpoq, qozoq xalqlarining tarixi, madaniy va ijtimoiy hayoti, Xiva xonligining boshqa xonliklar bilan munosabati va boshqa tarixiy voqealar aks etgan. Ogahiyning yuksakinsonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan g‘oyalari xon va shoir Feruzning siyosiyma’rifiy tarbiyasiga ta’sir qilgan. U tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bag‘ishlab qasidalar yozgan. Ogahiyning «Qasidai nasihat» asari Feruzga bag‘ishlangan. U o‘z nasihatlarida saltanatni boshqarishning yo‘lyo‘riqlarini ko‘rsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yo‘llarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan bo‘lib, unda shoirning siyosiyma’rifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshlig‘i hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega bo‘lishi lozim1.
Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, g‘ayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambag‘alparvar bo‘lishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega bo‘lsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon bo‘ladi, degan fikrni ilgari suradi. Ogahiy davlatni boshqarishning yo‘llarini ham ko‘rsatib o‘tgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmog‘i lozim. U ayshishratdan, fitna va g‘iybatdan, g‘aflatdan, yalqovliqdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq bo‘lishi kerak. Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish to‘g‘risidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qo‘ydirgan, ko‘p ezgu ishlarni amalga oshirgan. Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-asr Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir1.
Ogahiy «Ravzat us-safo» (Mirxond), «Tarixi jahonkushoyi Nodiriy» (Muhammad Maxdiy Astrobodiy), «Badoe’ ul-vaqoe’» (Z. Vosifiy), «Miftoh uttolibin» (Mahmud binni Shayx Ali G‘ijduvoniy), «Tabaqoti Akbarshohiy» (Muhammad Muqim Hirotiy), «Tazkirai Muqimxoniy» (Muhammad Yusuf Munshiy), «Ravzat us-safoyi Nosiriy» (Rizoqulixon Hidoyat), «Axloqi Muhsiniy» (Koshifiy), «Qobusnoma», «Zubdat ul-hikoyot», «Sharhi daloil ul-hayrat» (Muhammad Voris), «Guliston» (Sa’diy), «Yusuf va Zulayho» (Jomiy), «Shoh va gado» (Hiloliy), «Haft paykar» (Nizomiy) va boshqa tarixiy-badiiy asarlarni fors tilidan o‘zbekchaga tarjima qilgan. Ogahiy «Haft paykar»ni nasriy yo‘l bilan
Asar muqaddimasida qayd etilishicha, “Zubdatu-t-tavorix”ning yaratilish tarixi quyidagicha bo‘lgan: Muhammad Rizo Ogahiy Ollohqulixon hukmfarmoligi davriga bag‘ishlangan “Riyozu-d-davla” memuar qissasini yakunlagach Rahimqulixonning “majlisi ishratparvar va suhbati kimyoasari”ga yetkazadi. Muarrix keyingi voqealar to‘g‘risida bunday yozadi: ...ul hazrat (Rahimqulixon – N. J.) haddin afzun istihzon ko‘rguzub, anvo‘ lutf-u ehson bila ashboh va ajnosim arosida quyosh yanglig‘ sarafroz va mumtozlig‘ yetkurdi. Va yana haddan afzun iltifot ko‘rguzub, guharbor tilin mundoq javharafshonliqg‘a evurdikim, jahoni bebunyodning ayvoni xarobobodida iqomat masnadin solmoq, xususan, saltanat amri xatirin zimmayi himmatga olmoqdin g‘araz uldururkim, kishidin zikri jamil yodgor qolsa. Bu muddao imorat va baqi’ot bino qilmoq bila dast bermas va avlod tanosuli va tavoludiga ham shomil ermas. Magar so‘z avroqida boqiy qolgaykim, ango hodisoti jahon to‘fonxezligi va tasrifoti zamon fitnaangezligidin osibi va tafriqa yetushmas. Bas, emdi sango lozim va tahattumdururkim, bizning ismi humoyun va alqobi maymun va vaqoye’i kasirul-badoyi’imizga mushtamil bir kitobi balog‘atintisob murattab qilayik. Tokim, zikri jamil va vasfi jalilimiz zamon avroqida boqiy qolg‘ay va jahon ahlinhayrat bahrig‘a solg‘ay. Chun bu iltifoti kasirul-barakot quyoshi ahvoli saodatmaoliyimg‘a bir tavofkan bo‘ldi. Ko‘nglumga o‘zga yanglig‘ quvvat va tab’imga haddin afzun safvat hosil bo‘lub, “Al-ma’muru ma’zur” fatvosi bila mundoq amri azimdin obod imtino‘ ko‘rguza olmadim. sababidir. Aosiy sabab esa Rahmanqulihoning buyrug’iga binoan yozilgan edi.