I zubdatu-t-tavorix muhim manba sifatida


Asarning tarkibiy tuzilishi va yondosh manbalar bilan qiyoslanishi



Yüklə 51,73 Kb.
səhifə5/6
tarix28.12.2023
ölçüsü51,73 Kb.
#200964
1   2   3   4   5   6
Tarix fakulteti-www.hozir.org

2.2 Asarning tarkibiy tuzilishi va yondosh manbalar bilan qiyoslanishi
Asarning tarkibiy tuzilishi va yondosh manbalar bilan qiyosi. “Zubdatu-t-tavorix” ikki qismdan iborat. Muarrix qayd etganidek, asarning birinchi qismida Rahimqulixonning tavalludi, ilm o‘rganish va harbiy mahorat egallash yo‘lidagi sa’y-harakatlari, shuningdek, bo‘lg‘usi xonning Hazorasp hokimi sifatida olib borgan faoliyati sajli nasrda (nasri musajja’da) go‘zal badiiy shaklda mufassal bayon qilinadi. Asarning ikkinchi qismi Rahimqulixonning saltanat taxtiga o‘tirgan kunidan vafotiga qadar sodir bo‘lgan voqealar tasviriga bag‘ishlangan. Muallif Rahimqulixonning tavallud sanasi to‘g‘risida quyidagicha ma’lumot beradi: ...ul hazratning valodati lozimu-shsharofati jaddi buzurgvori sultoni firdavsmakon Muhammad Rahim bahodirxonning ayyomi xo‘jastafarjomida sanayi hijriya ming ikki yuz yigirma to‘qquzda (milodiy 1814 – N.J.), muvofiqi it yili, afzal avqotda, kamol soatda vuqu’ topib, inoyati subhoniy rahbarligi bila adam maskanidin vujud gulshanig‘a qadamovar bo‘ldi. Qadami yumnidin jahon mamoliki anvori saodatda navoyi masarrat bila to‘ldi. Asar sajli nasrda bitilgan. Unda Rahimqulixon ezgu fazilatlar sohibi sifatida ulug‘lanadi, uning ko‘plab ilmlarni egallaganligi, fuqaro va raoyoga shafqat va marhamat, karam va saxovat ko‘rsatishda tengsiz ekanligi vasf etiladi. Xiva xonlarining ma’rifatli bo‘lganligi, adabiyot va san’at, ilm-u hunar rivojiga alohida e’tibor berganliklari e’tirof etilgan va ta’kidlash kerakki, bu singari tavsiflar tarixiy haqiqatga to‘liq mutanosib bo‘lmasligi ham mumkin. Biroq bir narsa aniqki, bu tavsiflar zamirida Ogahiyning odil shoh haqidagi orzu-ideallari ohorli poetik tashbihlar bilan ifodalangan.
Ogahiy Xiva xoni Rahimqulixonni “shahanshohi farxundaxislat, humoyun e’tiqod-u pok niyat” hukmdor sifatida madh etadi.1 Buni “Hamisha komi mulk obod qilmak, adolatdin ulusni shod qilmak” – xonning hayotiy a’moli ekanligi bilan izohlaydi. Bunda ham Ogahiyning odil hukmdor haqidagi orzu-umidlari kuzatiladi.
Asarda Rahimqulixonning mazlumlarga yordam ko‘rsatgani haqida bir qancha tarixiy faktlar keltirilgan. Bu faktlar ham shunchaki qayd qilingan emas, yuksak fasohat bilan tasvirlangan. Masalan, hijriy 1257- (milodiy 1843) yili Rahimqulixon otasi Ollohqulixonning farmoyishi bilan Eron yurishiga otlanadi. Ushbu safar asnosida Xurosonning Bodi anis muzofotiga qarashli Ko‘shk va Qoratepa mavzelarida yashovchi jamshidiya degan toifa aholisi Rahimqulixonga Hirot hokimi Shoh Komrondan shikoyat qiladilar. Ular shohning zulmi haddan oshgani, jamshidiya toifasining mollarini talon-toroj etib, ayollari va bolalarini qul qilib sotayotganini bildirib, xondan madad tilaydilar. Rahimqulixon Eron safarini qoldirib, jamshidiya toifasiga madad berishga qaror qiladi hamda o‘n besh ming uylikdan ziyodaroq elatni Xurosondan Xorazm diyoriga ko‘chirib keladi. Ogahiyning guvohlik berishicha, jamshidiya toifasi “kelturulg‘ondin so‘ng Qilich Niyozboy nahrining bir shu’basi kanorida Kuba tog‘ining janubiy ostida ul tavoyifg‘a maskan va mazori’ tayin qilindi. Holo ulug‘ el va obodon yurt bo‘lub o‘lturubdurlar”. Turli tarixiy asarlarda bir-biriga zid fakt va ma’lumotlar, har xil ixtilofli fikrlar uchraydi. Ulug‘ ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning: “Chunki hanuz Turkiston tarixi haqinda yangi tadqiqot ila yozilgon, tartibli va istifodali mukammal bir asar vujudg‘a kelgani yo‘q” deb tariflaydi Behbudiy. degan fikri bugungi kunda ham ahamiyatini yo‘qotgan emas. Birgina misol, Mulla Olim Mahdum Hojining “Tarixi Turkiston” asarida Rahimqulixon haqida “... uch yil hukmronlik qilib, 1261-sanayi hijriy (milodiy 1845)da vafot qildi. Otasining asrida Bobojon to‘ra demak ila nomzod bo‘lub, xalq orasida javr-u zulm qilmak ila mashhur edi” deb ma’lumot beriladi 1
Ta’kidlash joizki, “Tarixi Turkiston” muallifi tomonidan keltirilgan dalillarning deyarli barchasi tarixiy haqiqatga zid. Vaholanki, Ogahiy Rahimqulixonning vafot Hamuldan ne bo‘lg‘ay ekan, shahga hol. Agar podshohga budur mojaro — Gado podshohdurki, oti gado. Muningdek ul nav’ ishni ahli uqul Ne yanglig‘ malul o‘lmay etgay qabul. Rahimqulixondan bu so‘zni eshitgan majlis ahli “Ey maloyiksifat podshoh, sening shohlikka rag‘bating yo‘qligini bilamiz. Sening himmating shohlikdan ham oliy ekani bizga ma’lum”, deya adolat bilan hukm yuritgan saltanat sohibini Olloh taolo o‘z lutfi bilan ikki olamda shoh qilishi, “zuhd ahli toat bilan rutba topsa, shoh adolat vositasida undan ham o‘tishi” haqida so‘zlaydilar. Ular o‘z fikrlariga bir soatlik adolat bir umrlik nafl ibodatdan afzal ekanligi haqida hadisi sharifni dalil sifatida keltirib, Rahimqulixonni shohlik taxtini qabul qilishga va adolatli siyosat yuritib, Tangri taoloning roziligini topishga da’vat etadilar. Ogahiyning qayd qilishicha, Chun arkoni davlat va umaroyi ziyshavkatning ilhoh va mubolag‘asi had-du g‘oyatdin o‘tdi, lojaram, hazrat zillullohiy kamoli karamdin ul jamoaning royin sindurmay va siynayi iltimoslarig‘a dasti rad urmay, saltanat amri xatirin qabul etib, hamul kechakim, chahorshanba kuni erdi, namozi shom hangomi inqizo topgandin so‘ngkim, as’ad soat va ashraf avqot erdi, saltanat avrangiga qadami muborakin yetkurub, xilofat tojin go‘shayi kulohiga urdi va xorazmshohlik niginin angushti iqtidorig‘a solib, jahonbonlig‘ zimmomin qabzayi ixtiyorig‘a oldi.
Rahimqulixon to‘g‘risidagi bu ta’rif-u tavsiflar bugungi kitobxonga mubolag‘ali tuyulishi tabiiy. Lekin, Ogahiy ta’rificha, “tab’ig‘a borcha bilikni kashf qilgan, ko‘nglida Haq taolo ishqi jo‘sh urgan”, bu dunyoning foniyligini, imtihon dunyosi ekanligini yurakdan his etgan ma’rifatli hukmdorning xuddi shunday yo‘l tutishi minba’d taajjublanarli emas. Zero, Bayoniyning “Shajarayi Xorazmshohiy” asaridan olingan quyidagi iqtibos ham buni quvvatlaydi: Chun Ollohqulixon ravohul olami baqo bo‘ldilar, ul hazrat (Rahimqulixon – N. J.) Hazoraspda erdilar. Muhammad Amin inoq kamoli mardonaliqdin oqosig‘a noma birla xabar yubordilarkim, tez kelsunlar, otamiz vafot topdilar. O‘zi ta’ziya umurining tajhiz va saranjomig‘a ishtig‘ol ko‘rguzdi. Rahimquli to‘ra bu xabarni eshitib, darhol otlanib, yo‘lg‘a kirib, seshanba kuni peshin vaqtida Xivaqg‘a keldilar. Muhammad Amin inoq to‘ra tamomi shahzoda va bekzodalar va arkoni davlatlar va tamomi ulamolarning ijtimo‘i va ittifoqlari bila Rahimquli to‘rani ul majlisga chaqirib, xonlik taxtig‘a mindurdilar. Hamma muborakbodlik alolosin falak avjig‘a yetkurdilar
Tarixni o‘rganmoqdan murod — saboq. Hazrat Navoiy ta’biri bilan aytganda, “Ne ishdin mamlakat obod, qayu ishdin ulus barbod bo‘lgan”ini tafakkur ko‘zgusida ko‘rib, ibrat olingandagina murod hosil bo‘ladi. Badiiy-tarixiy asar sifatida “Zubdatu-t-tavorix”ning ahamiyati bu jihatdan ham katta. Asarda Xiva va Buxoro xonliklari o‘rtasidagi o‘zaro nizolar, qonli urushlar, ularning oqibatlari haqidagi haqqoniy ma’lumotlar ta’sirchan ifodalangan. Aksar fikrlar Qur’oni karim oyatlari va hadislar bilan dalillangan. Iymonsizlik, fosiqlik, e’tiqodsizlikning oqibati xorlik ekani tarixiy voqelikning badiiy talqini orqali aks ettirilgan.

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish kerakki, Zubdat-t-tavorix” asari tariximizda muhim ahamiyatga ega manba hisoblanadi. Muhammad Rizo Ogahiy tarixchi olim sifatida Xiva xonlariga, yirik tarixiy shaxslarga bagʻishlab qasidalar yozgan.Ogahiyning „Qasidai nasihat“ asari Feruzga bagʻishlangan. U oʻz nasihatlarida saltanatni boshqarishning yoʻl-yoʻriqlarini koʻrsatadi, mamlakat va xalqni adolat bilan idora etish yoʻllarini belgilab beradi. Qasida masnaviy janrida yozilgan boʻlib, unda shoirning siyosiy-maʼrifiy qarashlari yorqin aks etgan. Ogahiy fikricha, har qanday davlat boshligʻi hokimiyatni mustahkamlash uchun barcha ijobiy fazilatlarga ega boʻlishi lozim. Podshoh himmatli, shijoatli, adolatli, gʻayratli, saxovatli, hayoli, sof niyatli, madaniyatli, hamiyatli, kambagʻalparvar boʻlishi zarur. Hukmdor shu fazilatlarga ega boʻlsa, uning hokimiyati kamol topadi, mamlakati farovon boʻladi, degan fikrni ilgari suradi. Ogahiy davlatni boshqarishning yoʻllarini ham koʻrsatib oʻtgan. Shoirning fikricha, shoh shariat ahkomlariga qattiq amal qilmogʻi lozim. U aysh-ishratdan, fitna va gʻiybatdan, gʻaflatdan, yalqovlikdan, zulm-razolatdan, chaqimchilikdan, molparastlikdan uzoq boʻli-shi kerak. Feruz Ogahiyning davlatni boshqarish toʻgʻrisidagi maslahatlariga quloq tutgan, uning hikmatli baytlarini marmar toshlarga yozdirib, arzxonalarga qoʻydirgan, koʻp ezgu ishlarni amalga oshirgan. Shu bois ham Ogahiy tarixiy asarlari badiiy nasr sifatida hamda 19-asr Xorazm voqeligini haqqoniy aks ettiruvchi nodir tarixiy hujjatlar sifatida qimmatlidir.

Hozirgi kunda Zubdat-t-tavorix” qo‘lyozma manbalarining qiyosiy tahlili Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy kutubxonasida T.N.S./22 raqami bilan saqlanayotgan qo‘lyozmaning Ogahiy qo‘li bilan ko‘chirilgan dasxat nusxa ekanligini tasdiqlaydi. Asarning undan keyingi eng mo‘tabar manbasi O‘zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 821-raqamli qo‘lyozmadir. Ushbu manbaning dastxat nusxadan ko‘chirilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Garchi sharqshunos Hilola Nazirova tomonidan asarning ilmiy-tanqidiy matni tayyorlangan bo‘lsa-da, “Zubdatu-t-tavorix”ni adabiy va tarixiy manba sifatida mufassal o‘rganish masalasi hanuz kun tartibida turibdi. Sajli nasrda bitilgani, qasida, g‘azal, masnaviy, ruboiy, qit’a, ta’rix, fard singari yetti janrga mansub qariyb 1200 bayt she’riy matn o‘rin olgani, ishonchli tarixiy ma’lumotlar yuksak badiiyat bilan tasvirlangani asarning adabiy manba sifatidagi qimmati baland ekanligidan dalolat beradi. “Zubdatu-t-tavorix”da muallif ijodiy uslubi, nazm namunalarining va asarning yaxlit poetik xususiyatlari, she’riy matnlarning janrlar kesimidagi tahlili hamda asar umumsyujetidagi o‘rni, matndagi Qur’oni karim oyatlari va hadisi shariflarning asar kompozitsiyasida va muallif ijodiy niyati talqinida tutgan mavqeyi kabi ilmiy muammolar tadqiqi adabiyotshunoslik oldida turgan dolzarb vazifalardandir. Bundan tashqari, asarning tarixiy manba sifatidagi qimmati alohida tadqiqotlarga mavzu bo’la oladi. Ta’kidlash kerakki, “Zubdatu-t-tavorix”ning yondosh manbalar hamda Xiva xonligi tarixiga doir boshqa mualliflar asarlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish muhim ilmiy xulosalar chiqarish imkonini beradi. Muhammad Rizo Ogahiyning “Zubdatu-t-tavorix” asari bo‘yicha kelajakda olib boriladigan ilmiy izlanishlarga undashidan umidvormiz. Kurs ishi doirasida asarning adabiy-badiiy va tarixiy qimmatining eng muhim qirralari haqida fikr bildirildi.Asar tarixchi va adabiyotshunos olimlar tomonidan maxsus o‘rganilishi, mazkur fan sohalarining ilmiy muammolari kechimida chuqur tadqiq qilinishi galdagi vazifalardandir.




Yüklə 51,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin