Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə71/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

1-mashq. Quyidagi so‘zlarni alifbo tartibida yozib chiqing. Bu tartibdan qanday lug‘atlarda foydalaniladi? Shu haqida fikr yuriting.
Asr, dorivor, ajabo, transport, raqobat, sun’iy, zerikmoq, hunar, kasb, ahd, eski, sadaqa, tuman, hidoyat, baquvvat, konsepsiya, maqola, hidoyat, g‘alaba, shamsiy, o‘qimishli.
2-mashq. “U kim? Bu nima?” bolalar ensiklopediyasidan olingan parchani o‘qing. Qomusiy lug‘atlarda nimalarga e’tibor berilar ekan? Shu haqida o‘ylab ko‘ring.
Samalyot
Odamlar asrlar bo‘yi osmonga ko‘tarilish va balandga uchishni orzu qilganlar. Texnika taraqqiyoti tufayli odamlarning bu orzusi ro‘yobga chiqdi. 1884-1885-yillarda rus dengiz zobiti A. Mojayskiy birinchi uchish moslamasini yaratdi va o‘zi yasab, sinovdan o‘tkazdi. Uning samalyoti, albatta, hozirgi zamonning qudratli mashinalaridan keskin farq qiladi.
3-mashq. “O‘zbek tilining imlo lug‘ati”dan olingan quyidagi so‘zlarga e’tibor bering, ularning lug‘atga joylashtirish tartibini belgilang.
Maktab, maktub, malak, malaka, malay, malika, malla, malohat, muddao, mansab, maslak. muammo, muhtoj, meros, me’roj.
4-mashq. O‘z shevangizdan misollar toping, ularni quyidagicha guruhlab, daftaringizga ko‘chirib yozing.
Uy-ro‘zg‘or asboblari Hayvon nomlari O‘simlik nomlari
nomlari
5-mashq. Matnni o‘qing, ibora, so‘z birikmasi va qo‘shma so‘zlarni aniqlab, ularga izoh bering.
Ko‘ksaroy oromgohi va unga tutash tog‘-adirlar o‘simliklar dunyosiga g‘oyatda boy bo‘lib, bu yerdagi giyohlardan yuzga yaqin shifobaxsh dori-darmonlar tayyorlanadi. Bunday orombaxsh, mo‘jizakor maskanlarda sayr qilish inson tanasini qushday yengil qiladi, ruhini ko‘taradi, salomatligini mustahkamlaydi. ( S. Anorboyev)
6-mashq. Quyida berilgan atamalarni tarix, matematika, botanika sarlavhalari ostida yozib chiqing.
Milod, urug‘chilik, xonlik, kalendar, ra’noguldoshlar, kurtak, tub son, mikroskop, quldorchilik, hujayra, kesma, ildizpoya, tenglama, urug‘chi, sistema, antropologiya.
7-mashq. Quyida berilgan birikmalardan kasbiy atamalarni toping va ularning qaysi kasbga oidligini aniqlang.
Chaplama qilib suvamoq, jiyak qadamoq, jo‘yani katta olmoq, pushtani keng tashlash.
8-mashq. Xonadoningizning qaysi kasbga yaqinligiga qarab, shu kasbga xos o‘nta atama yozing. Ularning ma’nosini tushuntiring.

Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin