Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o‘qitishni rivojlantirish



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə2/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o‘qitishni rivojlantirish
k o n s e p s i ya s i
I. Umumiy qoidalar
Ushbu konsepsiya O‘zbekiston Respublikasida umumta'lim fanlari dasturlarini amalga oshiradigan muassasalarda keyinchalik – ta'lim muassasalari) o‘zbek tilini ona tili hamda davlat tili sifatida o‘qitishning asosiy masalalari, tayanch tamoyillari, maqsad, vazifalari hamda ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilaydi, shuningdek, sohaga oid kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘ladi.
II. O‘zbek tili predmetining ta’lim tizimida tutgan o‘rni va ahamiyati.
O‘zbek tili ta'limi barkamol shaxs tarbiyasi, unda ma'naviy sifat va ijodiy tafakkurni rivojlantirish, milliy o‘zlikni anglash, milliy an'ana va avlodlar o‘rtasidagi vorislikni asrash hamda davom ettirish jarayonida yetakchi o‘rin tutadi.
O‘zbek tili davlat tili sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat ramzi o‘laroq aholini yagona milliy manfaatlar atrofida birlashtiradigan, shu tilda so‘zlashuvchilarning tafakkur tili sifatida kishi shuurini milliylik zaminiga bevosita bog‘laydigan, shu yurtda yashayotgan millat va elatlarning o‘zaro aloqasini ta'minlovchi vosita, unga bo‘lgan munosabat Vatanga munosabat va sadoqatni belgilaydigan omildir. Ta'lim tizimida o‘zbek tilini o‘qitish ana shu g‘oya va ruhni singdirishga xizmat qiladi.
Jamiyatdagi ijtimoiy nufuzini yuksaltirish bilan ta'lim, ilm-fan, iqtisodiyot va siyosat sohalarida o‘zbek tilining mavqeyini mustahkamlash, ularda ish yuritishda davlat tilining mutloq yetakchilik maqomini ta'minlash yo‘nalishini belgilagan holda ta'limda o‘zbek tilini o‘qitish tizimi ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlarni yuzaga chiqarishni ko‘zda tutadi.
III. Konsepsiyaning maqsad, vazifalari.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi o‘qitishning bosh yo‘nalishi, maqsad, vazifalari, mazmuni, tamoyillaridan kelib chiqib tilshunoslik hamda metodika fanlarining so‘nggi yutuqlarini hisobga olib, ulardan ta'lim oluvchilarning hayotiy ehtiyojlariga moslarini tanlagan holda ta'lim muassasalarida o‘zbek tili ta'limini samarali yo‘lga qo‘yish, amaliy samaradorlik jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishdan iborat.
Ta'lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish tizimini rivojlantirish vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:
ta'limning barcha bosqichlari uchun uzluksizlikni ta'minlagan holda o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari va metodikasi asosida o‘quv dasturlarini ona tili ta'limi maqsadi hamda mazmuni uyg‘unligiga ko‘ra isloh qilish hamda ular asosida darsliklar, o‘quv qo‘llanmalari va didaktik materiallarning yangi avlodini yaratish;
ta'limiy axborotning ko‘pligi, tezligi va o‘zgaruvchanligini inobatga olib o‘zbek tili o‘qituvchilarining moslashuvchanligi, intellektuallik darajasini oshirish;
o‘quv dasturlari talablarini bajarish, elektron ta'lim, masofadan o‘rganish va o‘qitishda ta'lim oluvchilar hamda pedagog xodimlar faoliyati uchun kerakli, sifatli, ommabop informatsion resurslarni rivojlantirish;
o‘zbek tilini o‘rganuvchilar auditoriyasini jahon miqyosida kengaytirishga harakat qilish.

Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin