Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə7/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

Ona tili fani o‘quvchi shaxsida fikrlashga, o‘zgalar fikrini anglashga, o‘z fikrini og‘zaki hamda yozma shaklda nutq sharoitiga mos ravishda toʻgʻri va ravon bayon qila olishga qaratilgan nutqiy kommunikativ) kompetensiyani rivojlantirish; o‘quvchida til qurilishiga oid o‘zlashtiriladigan amaliy bilimlarni fonetika orfoepiya), leksika, so‘z tarkibi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalarni) rivojlantirish.
Til va adabiyot fanlari orqali o‘quvchida tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchida fanga oid kompetensiyalar bilan birga tayanch kompetensiyalar shakllantirilishi belgilab berilgan. Til va adabiyot fanlari bloki yo‘nalishidagi fanlar orqali o‘quvchining o‘zlashtirgan bilimlari asosida o‘zini o‘zi mustaqil rivojlantirish, egallangan bilim, ko‘nikma va malakasini turli vaziyatlarda qo‘llay olishga qaratilgan tayanch kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat. Jumladan, kommunikativ kompetensiyalarni shakllantirishda davlat tili hamda xorijiy tillarni o‘zlashtirishda mustaqil, ijodiy fikrlash, yozma va og‘zaki ravon bayon etish malakalarini shakllantirishda ona tili bo‘yicha o‘zlashtirgan bilimlarini muloqot jarayonida qo‘llash malakasini rivojlantirish lozim.
Fanlarni o‘qitishda axborot bilan ishlash kompetensiyasini samarali rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytiruvchi zamonaviy axborot-telekommunikatsiya vositalaridan muntazam foydalanish zarur. Bunda o‘quvchini fanga oid axborotlarni turli manbalardan izlash, tahlil qilish va axborot xavfsizligiga rioya qilgan holda axborot vositalari bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda mobil qurilma telefon, planshet va boshqa gadjet) lardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘z-o‘zini rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirishda umuminsoniy fazilatlarga ega bo‘lish, vatanni sevish, huquqiy, iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish, yangiliklarga intilish va o‘zlashtirgan nazariy bilimlari asosida mustaqil qaror qabul qilish, jamiyatda ro‘y berayotgan progressiv va innovatsion o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish hamda ulardan kundalik hayotda foydalana olishga o‘rgatish zarur.
Ijtimoiy-emotsional va fuqarolik kompetensiyalarini shakllantirishda fuqarolik burchi, ijtimoiy va siyosiy rivojlanish, favqulodda vaziyatlar, ekologik muammolar haqida bilimlarga ega bo‘lish hamda badiiy va san’at asarlarini tushunishdan, ularni asrashda tashkilotchilik xislatlarini rivojlantirishdan iborat.



Yüklə 303,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin