Ibora va tasviriy ifodalar ustida ishlash metodikasi


SO‘Z TARKIBI: ASOS VA QO‘SHIMCHALAR, QO‘SHIMCHALARNING TURLARINI O‘QITISH METODIKASI



Yüklə 303,13 Kb.
səhifə15/93
tarix31.01.2023
ölçüsü303,13 Kb.
#81886
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
1-Mavzu ma\'ruza

4. SO‘Z TARKIBI: ASOS VA QO‘SHIMCHALAR, QO‘SHIMCHALARNING TURLARINI O‘QITISH METODIKASI
Ma’lumki, o‘zbek tilidagi qo‘shimchalar uch turli bo‘lib, birinchisi so‘zning lug`aviy ma’nosini tamoman o‘zgartiradigan qo‘shimchalar (so‘z yasovchi qo‘shimchalar), ikkinchisi, so‘zning lug`aviy ma’nosini qisman o‘zgaradigan qo‘shimchalar. (so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar) va uchinchi, so‘zning lug`aviy ma’nosiga ta`sir etmaydigan qo‘shimchalar (forma yasovchi qo‘shimchalardir. Birinchi va ikkinchi turdagi qo‘shimchalar 6-sinfda “So‘zning lug`aviy shakllari va ma’no guruhlari” bo‘limida o‘rganiladi. Uchinchi guruh qo‘shimchalar esa 7-sinfda “So‘zning aloqa-munosabat shakllari” bo‘limiga taalluqli bo‘lib, ularga egalik, kelishik, shaxs-son va zamon qo‘shimchalari kiradi.
“Ona tili” o‘quv fanidan yangi dasturning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda egalik, kelishik qo‘shimchalari faqat otlar va otlarni almashtirishga xizmat qiladigan olmoshlar bilan birikadi, degan g`ayriilmiy talqin chiqarib tashlandi.
Mazkur bo‘lim o‘z ichiga aloqa-munosabat shakllari haqida ummuiy ma`lumot berishni, aloqa-munosabat shakllarining vazifalari bilan tanishtirishni, egalik shakllari, kesimlik shakllari, kelishik shakllari ustida ishlashni, bog`lama, kesimning tuslanishi, fe`l mayllari (buyruq-istak mayli, xabar mayli), zamon shakllari qo‘shimchalarning imlosi va talaffuzi, zamon shakllarining ma’nolari, ot-kesimlik so‘zlari xususida zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar berishni ko‘zda tutadi. Bu materiallarni o‘rganishga dastur talabiga ko‘ra 30 soat vaqt ajratilgan.
Mazkur bo‘limni o‘rganishga 5-6- sinflarda o‘rganilganlarni takrorlash va yangi bo‘limni o‘rganishga zamin hozirlash bilan boshlanadi. O‘quvchilar berilgan matnni o‘qib, mustaqil so‘zlarni ma’noviy turlarga (fe`llar, otlar, sifatlar, ravishlar, olmoshlar, taqlidlar) ajratadilar; ot, sifat, sonlarga xos lug`aviy shakl qo‘shimchalarini aniqlaydilar, tavsiya etilgan qoliplar asosida gaplar tuzib, gap bo‘laklarining qaysi so‘z turkumi va uning qanday lug`aviy shakl bilan ifodalanganligini tushuntiradilar. Shundan so‘ng takrorlash yangi bilim berish bilan alanadi. Aloqa-munosabat shakllari qo‘shimchalari bilan birikish xususiyatiga ko‘ra so‘zlar uch katta guruhga: 1) ot; 2) sof fe`l; 3) o‘zgarmas so‘zlarga ajratiladi; ularning har biri haqida qisqacha ma`lumot beradi va amaliy topshiriqlar bajariladi.
“Aloqa-munosabat shakllarining vazifalari” mavzusi o‘rganilar ekan, berilgan gaplarda –ga, -da, -dan, qo‘shimchalarini uchun, bilan, sari, sababli, tomon, uzra, orqali ko‘makchilaridan mosi bilan almashtirish (mas., Olamda bor bo‘lsin tinchilik-Olam uzra bor bo‘lsin tinchlik), -ga, -dan, -da qo‘shimchalarining vazifasi haqida xulosa chiqarish, im, -si, -ning, -ni, -ga, -ga, -da, -dan qo‘shimchali so‘zlar ustida ishlash orqali ularning vazifasi va ma’nosini aniqlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi. Bu ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarish ularga aloqa-munosabat shakllarining qo‘shimchalari haqida umumiy xulosa chiqarish imkoniyatini beradi.
So‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalar so‘z birikmalarida so‘zlarni bir-biriga bog`lashga, shuningdek, gap bo‘laklarini shakllantirishga xizmat qiladi.
Aloqa-munosabat shakllari (qo‘shimchalari) guruhiga:

    1. egalik qo‘shimchalari;

    2. kelishik qo‘shimchalari;

    3. kelishik qo‘shimchalari kiradi;

O‘quvchilarni egalik qo‘shimchalari bilan tanishtirish maqsadida ularga –im, -miz, -ing, -si, -ngiz, -ingiz, -lari kabi qo‘shimchalari bilan kelgan so‘zlar berib, bu qo‘shimchalarning ma’nosini sharhlash, ularni tobe so‘z bilan kengaytirish va so‘z birikmalari hosil qilish, unli va undosh bilan tugagan ishlarni (ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh, taqlidlar) tuslash singari topshiriqlardan foydalaniladi.
“Kelishik shakllari” mavzusini o‘rganishda berilgan gaplardan –ning, -ni, -ga, -da, -dan qo‘shimchalari bilan kelgan so‘zlarni ajratish, nutqlar o‘rniga tushirilgan kelishiklar bilan turlash, bu so‘zlar ishtirokida gaplar qo‘rish singari topshiriqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir. Bu o‘rinda, eng muhimi, otlar, olmoshlar, harakat nomlari, sifatdoshlar, taqlidlarning kelishik qo‘shimchalarini qabul qilishga alohida e`tibor qaratish lozim.
O‘quvchilarni kesimlik shakllari bilan tanishtirishda o‘qituvchi ma`lum bir matnni o‘qitib, fe`l kesimli va ot kesimli gaplarni ikki guruhgat ajratib ro‘yxat qilish, bu kesimlarni bo‘lishli va bo‘lishsiz shakllarini topish, zamonini aniqlash singari topshiriqlardan foydlanish mumkin.
“Bog`lama” mavzusini o‘rganish fe`l-kesimli va ot-kesimli gaplarda bo‘lishli-bo‘lishsizlik, zamon, shaxs-son ma’nolarini ifodalovchi qo‘shimchalar ustida ishlash bilan boshlanadi. Shundan so‘ng ot-kesimli gaplar ustida ish olib boriladi. O‘quvchilar ot-kesimli gaplar tarkibidagi edi, bo‘ladi, bo‘lmaydi, emas kabi so‘zlarning vazifasini tushuntiradilar hamda gap juftlarini o‘qib, bog`lamali va bohlamasiz gaplar orasida ma’no farqini aniqlaydilar.
Mazkur mavzuni o‘rganishda o‘qituvchi o‘quvchilar e`tiborini nafaqat fe`l-kesimi gaplarda, balki ot-kesimli gaplarda ham zamon kategoryasi mavjudligiga qaratishi lozim. Bu muhim vazifa gaplarda ot-kesimini emoq fe`li yordamida o‘tgan zamonga, bo‘lmoq fe`li yordamida kelasi zamonga aylantirish; emoq va bo‘lmoq bog`lamasi bilan kelgan ot-kesimli gaplar orasidagi ma’no farqini tushuntirish, bog`lamali gaplar tuzib, kesimning zamonini aniqlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi. Tilga olingan ijodiy-amaliy ishlar kesimi edi va bo‘ldi bog`lamalari bilan ifodalangan gaplarga bo‘lmoq bog`lamasi bir holatdan ikkinchi holatga o‘tish harakatini ifodalashini bilib olish imkoniyatini yaratadi.
Dars o‘tgan zamonda berilgan ot-kesimli matnlarni kelasi zamonda ifodalash, savollar asosida ot-kesimli matnlar yaratish singari ijodiy zamonda ifodalash, savollar asosida ot-kesimli yaratish singari ijodiy-amaliy ishlarni bajarish bilan yakunlanadi.
“Kesimning tuslanishi” mavzusini o‘rganishda berilgan gaplarda ajratib ko‘rsatilgan kesim tarkibidagi gap egasining shaxsi va soniga ishora etuvchi ko‘shimchalarni aniqlash, gap egasini tiklab o‘qish yoki qo‘shishdan so‘ng “shaxs-son qo‘shimchalari” tushunchasiga ta`rif berish mumkin. Chunki kesimdagi shaxs-son qo‘shimchasi eganing qanday shaklda kelishiga ishora qilib turadi.
“Kesim tarkibida gap egasining shaxs va soniga ishora qiluvchi qo‘shimchalar “shaxs-son qo‘shimchalaridir”, -degan xulosaga keladilar. Shundan so‘ng ular bir qator ijodiy-amaliy topshiriqlarni bajarishga o‘tadilar. Chunonchi, berilgan matnni o‘qib, shaxs-son qo‘shimchalarini qo‘yish, gapdagi birinchi shaxs birlikda kelgan olmoshlarni ikkinchi, uchinchi shaxs birilk va birinchi, ikkinchi, uchinchi shasx ko‘plikda ifodalash singari ishlar jumlasidandir. Darsning oxirida o‘quvchilar kesim gapning egasi bilan shaxs va sonda moslashishini, shuning uchun eganing shaxs va soni o‘zgarsa, kesim tarkibidagi shaxs-son qo‘shimchalari ham o‘zgarishini; kesimning shaxs-son qo‘shimchalari bilan o‘zgarishi kesimning tuslanishi ekanligini bilib oladilar hamda “otlarning turlanishi” va “kesimning tuslanishi” hodisalari orasida qanday o‘xshashlik va farq borligi xususida xulosa chiqaradilar.
Fe`l-kesimli gaplarning mayl shakllari ham aloqa-munosabat shakli sanaladi. O‘quvchilar xabar mayli, buyruq-istak mayli, shart maylida berilgan gap to‘plamlarini o‘zaro qiyoslab, ular orasidagi farqlarni va bu farqlar nima bilan bog`liq ekanligini aniqlash; berilgan gaplarni:

    1. ma`lum xabarni ifodalovchi gaplar;

    2. so‘rovchining buyruq va istagini ifodalovchi gaplar;

    3. shart ma’nosini ifodalovchi gaplar kabi guruhlarga ajratish, bu guruhlarni mustaqil davom ettirish, mustaqil ravishda “mayl” tushunchasiga ta`rif berish, o‘zbek tilida uch xil mayl borligi (xabar, buyruq-istak, shart mayllari), bo‘lishli va bo‘lishsizlik, zamon, shaxs-son shakllari va ma’nolari kesimlik uchun zaruriy tarkibiy qismlar ekanligi, shuning uchun istagan gapdagi kesim tarkibida, albatta, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, mayl, zamon, shaxs-son ma’nolari bog`ligi bilib oladilar. Shundan so‘ng buyruq-istak mayli, shart mayli va xabar mayli alohida-alohida mavzu sifatida o‘rganiladi.

“Buyruq-istak mayli” mavzusini o‘rganishda uch yo‘nalishda ish olib boriladi:


  1. Yüklə 303,13 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin