Buyruq-istak mayli qo‘shimchalari ustida ishlash. Bu yo‘nalishda nutqlar o‘rniga –ay, -gan, -sin, -aylik, -ing, qo‘shimchalarini qo‘yish, berilgan buyruq-istak maylidagi fe`llarni tuslash singari topshiriqlardan foydalaniladi.
Buyruq-istak maylidagi fe`llarning gap mazmuniga ta`siri ustida ishlash. Bu xabar maylidagi kesimlarning shaxs-son, zamon qo‘shimchalarini buyruq-istak maylidagi qo‘shimchalari (mas.,-ay, -gin, -sin, -aylik, -ingiz, -lar) bilan almashtirish, qo‘shimcha, o‘zgarishi bilan gap mazmunida bo‘ladigan sharhlash, gaplarni o‘zaro qiyoslab ma’no qarqini tushuntirish singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Buyruq –istak maylidagi fe`llar haqidagi umumlashma hosil qilish. Bajarilgan ijodiy-amaliy topshiriqlar o‘quvchilarni “so‘zlovchining bayon etayotgan fikrini buyruq, tilak, istak, sifatida ifodalashi buyruq, tilak, istak sifatida ifodalashi buyruq-istak mayli sanaladi” degan xulosaga keladi hamda bu kesimlarning imlosi talaffuzi ma’nosini bilib olish imkoniyatini yaratadi. “Buyruq-istak mayli” mavzusi o‘rganilgandan so‘ng buyruq matni ustida ishlash foydalidir. “Shart mayli” mavzusi o‘rganishda avvalo o‘quvchilar e`tibori bu mayl qo‘shimchalariga qaratiladi. Ular nuqtalar o‘rniga –sa, -san, -sang, -sangiz, -salar, -san qo‘shimchalaridan mosini qo‘yib ro‘yxatini davom ettirish singari ijodiy-amaliy topshiriqlar orqali shart maylidagi kesimlarni hosil qiluvchi qo‘shimchalarni bilib oladilar. Ikkinchi bosqichda o‘quvchilar e`tibori bu qo‘shimchalarning gap ma’nosiga ta`siriga qaratiladi. Shart maylini hosil qiluvchi har bir qo‘shimchaning gap ma’nosiga qanday ta`sir etayotgani bu gaplarni o‘zaro qiyoslash orqali aniqlanadi. Shart maylidagi fe`llarni birlik va ko‘plik, shaxs, soni bilan tuslayotganda o‘qituvchi ko‘proq o‘quvchilar e`tiborini qanday holatda qaysi qo‘shimchaning qo‘yilishiga, qo‘shimchaning gap ma’nosiga ta`siriga, ularning imlosiga qaratadi.
Mazkur mavzuni o‘rganishda berilgan gaplarda shart maylidagi fe`l-kesimning boshqa gap ifodalangan harakat va holatning shartini yoki paytini ifodalab kelishiga ko‘ra ikki guruhga ajratish, kesimi shart maylli fe`l bilan ifodalangan gaplarga agar bog`lovchisini qo‘shib qurish qanday ma’no ifodalanganda shart maylli fe`l agar bog`lovchisi bilan bemalol bog`lana olishi xususida xulosa chiqarish, qo‘shma gaplar tarkibida qo‘llanilgan shart maylli gaplarni va sodda gaplar tarkibida ishlatilgan shart maylli gaplarni alohida-alohida ko‘chirish singari –ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi.
“Xabar mayli” mavzusini o‘rganishda kesimi ot-kesimi va fe`l-kesim bilan ifodalangan gaplarda ish-harakat yoki holat qaysi zamonda kelganligini aniqlash, kesim tarkibida zamon ma’nosini ifodalovchi qo‘shimchalarni yoki shakllarni topish, kesimi o‘tgan zamon bilan ifodalangan hikoyalarni hozirgi va kelasi zamonga aylantirib yozish (va aksincha) singari topshiriqlardan foydalanish mumkin.
Fe`llarda xabar mayli zamon shakllarining qo‘shimchalari va tuslanishi jadval orqali berish ma`qul. O‘quvchilarni har bir zamon shaklini hosil qiluvchi qo‘shimchalar bilan tanishtirish ularning nutqiy faoliyatini rivojlantirish uchun o‘ta muhimdir.
Zamon shakllari qo‘shimchalari imlosi va talaffuzi ustida ish olib borilar ekan, -di, qo‘shimchali o‘tgan zamon fe`li shakli hosil qilish, uni shaxs va sonda tuslash, berilgan fe`llardan hozirgi va kelasi zamonning bo‘lishsiz shakli hosil qilish singari ijodiy-amaliy topshiriqlar bajariladi.
O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda zamon shakllarining qo‘shimchalari ustida ishlash muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar -di, -b, -ib, -gan, -ardi, -gandi, (-gan edi) qo‘shimchalari kesimlarning ma’nosi ustida ishlaydilar (mas., Men ovqat pishirdim, shishiribman, pishirganman, pishirgan edim), ularning ma’no nozikligini sharhlaydilar.
O‘quvchilar so‘zlarining aloqa-munosabat shakllari ustida ish olib borar ekanlar, ot-kesimlarda ham zamon shakllari bilan ham tanishadilar. Ma`lumki, ot-kesimlarda ham zamon shakli mavjud bo‘lib, ularning o‘tgan va kelasi zamonlari bog`lama vositasida hosil bo‘ladi. Masalan: Opam shifokor gapidagi kesim hozirgi zamonni ifodalasa “Opam shifokor edi”, “Opam shifokor bo‘ladi” gaplardagi “Shifokor edi”, o‘tgan zamon va “Shifokor bo‘ladi”, kesimlari esa kelasi zamonni ifodalaydi.
Keyingi bosqichda “Akam tikuvchi”, “Rasm-chiroyli” tipidagi gaplarni boshqa bo‘laklar bilan kengaytirib kesimning zamonini aniqlash, berilgan qoliplar asosida gaplar tuzib, (Otam –muhandis” va “Otam –muhandis edi”)singari gap juftlarini o‘zaro qiyoslab ma’noviy farqini topish kabi ijodiy-amaliy ishlar bilan shug`ullanadilar. Bu singari ishlar 8-9-sinflarda “Sintaksis, ohang va tinish belgilari” bo‘limini o‘rganish uchun mustahkam poydevordir. “Kesimlik so‘zlari” mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi shart, kerak, zarur, joiz, so‘zlarining vazifasi ustida ishlash, -niki qo‘shimchasining ma’nosi va imlosi ustida ishlash orqali o‘quvchilarni zaruriy bilimlar bilan qurollantiradi.
Xullas, so‘zlarning aloqa-munosabat shakllari (egalik qo‘shimchalari, kelishik qo‘shimchalari, kelishik shakllari, bog`lama, kesimning tuslanishi, mayl shakllari) morfologiyadan ko‘ra ko‘proq “Sintaksis” bo‘limiga aloqadordir. Shuning uchun mazkur bo‘lim 7-sinfda “Sintaksis”ni boshlashdan oldin o‘raganiladi va bu bo‘limni o‘rganish uchun moddiy zamin hozirlaydi.