Nazorat savollari: Aloqa-munosabat shaklining vazifalariga nimalar kiradi?
O‘zbek tilida qo‘shimchalar necha guruhga bo‘linadi va ular qaysilar?
Maktabda egalik shakllari ustida qilinadigan ishlar haqidagi fikr yuriting.
Kelishik shakllarini o‘rganishda qanday topshiriq turlaridan foydalanish ahamiyatli?
“Bog`lama” mavzusini o‘rganishda o‘qituvchi qanday ijodiy-amaliy topshiriqlar turidan foydalansa bo‘ladi?
“Kesimning tuslanishi” mavzusini o‘tishda nimalarga e`tibor berish kerak?
Mayl shakllari ustida ishlashda xabar mayli, buyruq-istak mayli, shart maylida berilgan gap to‘plamlarini o‘zaro qiyoslash natijasida nimalarga erishish mumkin?
Zamon shakllari qo‘shimchalarining imlosi talaffuzi ustida ishlashda qanday ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish ma`qul?
Kesimlik so‘zlari ustida qanday ishlanadi?
So‘z-gaplar ustida bajariladigan ijodiy-amaliy topshiriqlar haqida fikr yuriting.
5. SO‘Z YASASH USULLARINI O‘QITISH ORQALI O‘QUVCHILARNING SO‘Z BOYLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI
So‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalishi ustida ishlashning ahamiyati va bu jarayondagi vazifalar So‘zning leksik ma’nosini aniqlash maqsadida uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o‘zining nazariy asosiga ega. Morfema — so‘zning eng kichik, bo‘linmaydigan ma’noli qismi. Morfema ikki turga bo‘linadi: 1. O‘zak morfema — so‘zda albatta qatnashadigan va leksik ma’no anglatadigan morfema. 2. Affiksal morfema - mustaqil holda leksik m a’no anglatmay, so‘zning leksik va grammatik m a’nolari shakllanishi uchun xizmat qiladigan morfema. Masalan, gullami, gulla so‘zlaridagi gul — o‘zak morfema, -lar, -ni, -la affiksal morfemadir. AfTikslar (qo‘shim chalar) ikki turga bo‘linadi: 1. So‘z yasovchi qo‘shimchalar. Ular so‘zning leksik m a’nosini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Masalan, bog‘bon, paxtakor, gulzor, ishchi so‘zlaridagi -bon, -kor, -zor, -chi so‘z yasovchi affikslardir. 2. Shakl yasovchi qo‘shimchalar. Bu qo‘shimchalar so‘zlarni grammatik jihatdan shakllantirib, turli grammatik ma’nolarni ifodalaydi. Masalan, maktablarimizni so‘zida -lar, -imiz, -ni shakl yasovchi qo‘shim chalar bo‘lib, -lar ko‘plik m a’nosini, -imiz egalikning I shaxs ko‘plik m a’nosini, -ni tushum kelishigi ma’nosini ifodalaydi. Morfemalarning qo‘shilishi bir-biriga ta’sir qiladi, bundan tashqari, ko‘pgina o‘zak va so‘z yasovchi qo‘shim chalar ko‘p m a’noli. Shunga qaramay, ko‘p so‘zlarning leksik ma’nosini uning morfemik tarkibiga qarab aniqlash qiyin, bu maqsadda so‘zni morfemalarga ajratishdan foydalanishga to‘g'ri keladi. O‘quvchilar so‘zning morfemik tarkibini va so‘z yasalishini o‘rganishlariga qarab, so‘zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. Ular yasama so‘zlam ing leksik ma’nosini so‘zlarning semantik o‘xshashligiga qarab bilib oladilar. So‘zlarning morfemik tarkibi ustida ishlashning ahamiyati va shunga mos ravishda o‘qituvchining vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. So‘zning morfemik tarkibi ustida ishlash bilan o‘quvchilar so‘zning leksik ma’nosini aniqlashning asosiy usullaridan birini bilib oladilar. Bunda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilar so‘zlarning leksik ma’nosi va morfemik tarkibi bir-biriga bog'liqligini bilib olishi uchun eng qulay sharoit yaratish, shu asosda ularning lug‘atiga aniqlik kiritishga maqsadga muvofiq rahbarlik qilish hisoblanadi. 2. So‘z yasalishi haqidagi elem entar bilim ham o‘quvchilarning tilimizning yangi so‘zlar bilan boyishining asosiy manbasini tushunishlari uchun muhimdir. Yangi so‘z tilda mavjud bo‘lgan morfemalardan, ma’lum usul va modellar asosida vujudga keladi (yasaladi). So‘z yasalishini kuzatish o‘quvchilarda so‘zga faol munosabatni shakllantirishga ijobiy ta’sir etadi, tilning rivojlanish qonuniyatlarini tushunishga olib keladi. 3. So‘z yasalishi asoslari bilan tanishish o‘quvchilar lug'atini atrof-muhit haqidagi bilimlar bilan boyitishga imkon beradi. Predmet, jarayon, voqea-hodisalar haqidagi tushunchalar so‘z bilan ifodalanadi. So‘zlar o‘rtasidagi ma’no va tuzilish jihatidan bog'lanishni belgilash o‘zaro m unosabatda bo‘lgan tushunchalar o‘rtasidagi bog'lanishga tayanadi (masalan, traktor va traktorchi so‘zlari o‘zaro munosabatda bo‘lgan tushunchalar, shu tufayli m a’no va tuzilishiga ko‘ra bog'langan). O‘quvchilar so‘zlam ing m a’no va tuzilishiga ko‘ra o‘zaro munosabatini haqiqatan bilsalar, atrof-muhitda mavjud bo‘lgan predmetlar, jarayonlar, voqealar o‘rtasidagi bog'lanishni chuqur tasavvur etadilar, biladilar. 4. So‘zda morfemaning ahamiyatini anglash, shuningdek, qo‘- shimchalarning semantik ma’nosini bilish o‘quvchilarda nutqning aniq shakllanishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarning so‘zning leksik m a’nosini tushunibgina qolmay, kontekstda aniq qo‘shimchali so‘zlardan ongli foydalanishlarini ham o‘rgatish hisoblanadi. 5. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish imloviy malakalarni shakllantirishda ham katta ahamiyatga ega. Fonetik tamoyil yangi o‘zbek imlosining yetakchi tamoyili bo‘lib, bunga binoan so‘zlar va ularning tarkibiy qismi (o‘zak va qo‘shim chalar) ko‘proq talaffuziga muvofiq yoziladi. O‘zak va qo‘shim chalarni to‘g'ri yozish malakasini nazariy asosda shakllantirish fonetik, so‘z yasalishiga oid grammatik bilimlarni maqsadga muvofiq tatbiq etishni talab qiladi. Shuning uchun so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning muhim vazifalaridan biri o‘zak va qo‘shimchalarni to‘g'ri yozish malakasini shakllantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar asosini yaratish hisoblanadi. 6. So‘zning morfemik tarkibini o‘rganish o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini o‘stirishda, xususan, til birligi sifatida so‘zni ongli bilib olish uchun zarur bo‘lgan maxsus aqliy ko‘nikmalarni shakllantirishda ham ahamiyatli. O‘qituvchining vazifasi ta’lim jarayonida bilimni o‘zlashtirish bilan o‘quvchilarda aqliy faoliyatni o‘stiradigan, analiz, taqqoslash ko‘nikm alarini shakllantiradigan sharoit yaratish hisoblanadi.
Avvalo, til materialini o‘rganish tizimi nimaligini aniqlab olish zarur. Til materialini o‘rganish tizimi deganda aniq, ilmiy asoslangan izchillikdagi va o‘zaro bog'lanishdagi bilimlar yig'indisini o‘zlashtirishni ta’minlaydigan maqsadga qaratilgan jarayon, shuningdek, shu asosda amaliy ko‘nikm alarni shakllantirish tushuniladi. So‘zning morfemik tarkibiga tatbiq qilganda, tizim so‘z yasalishiga oid va grammatik bilimlarni o‘zlashtirish: a) dastur materialini o‘rganish tizimida so‘zning morfemik tarkibini o‘rganishning o‘rni bilan; 2) „o‘zak", “o‘zakdosh so‘z", „so‘z yasovchi qo‘shim cha", „shakl yasovchi qo‘shimcha" tushunchalari ustida ishlashdagi izchillik bilan; 3) so‘zning morfemik tarkibi va so 'z yasalishining o‘zaro bir-biriga ta ’sir qilishi bilan; 4) morfemalarni to‘g'ri yozish malakasini shakllantirish ustida ishlash bilan bog'liqligini belgilab beradi. So‘z tarkibi to‘rt bosqichda o‘rganiladi: Birinchi bosqich - so‘z yasalishini o‘rganishga tayyorgarlik bosqichi. Bu bosqichning vazifasi — o‘quvchilarni bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’no va tuzilishiga ko‘ra bog'lanishini tushunishga tayyorlash. Bunday vazifaning qo‘yilishiga sabab, birinchidan, so‘zning m a’no va tuzilishi jihatidan bog'lanishini tushunish, o‘zining lingvistik mohiyatiga ko‘ra, bir xil o‘zakli so‘zlarni va so‘z yasalishini o‘zlashtirishga asos hisoblanadi. Haqiqatan ham, yasalgan va yasashga asos bo‘lgan so‘zlar bir-biri bilan ma’no va tuzilishi jihatidan bog'lanadi: ish ~ ishchi, g'alla — g'allakor. Ikkinchidan, o‘quvchilar bir xil o‘zakli so‘zlarni va morfemalarni o‘rganishda qiyinchiliklarga duch keladilar: ular bir xil o‘zakli so‘zlarning ma’nolaridagi umumiylikni tushunishda qiynaladilar, chunki ularda mavhum tafakkur hali yetarli rivojlanmagan bo‘ladi; o‘zak, so‘z yasovchi va shakl yasovchi qo‘shimchalarning vazifalarini o‘zlashtirishda ularga bir xil o‘zakli so‘zlam ing m a’no va tuzilishi jihatidan o‘xshashligi va farqini aniqlash anchagina qiyinlik qiladi. Shuning uchun so‘zning morfemik tarkibini maxsus o‘rganishdan oldin uning ma’no va tarkibiga ko‘ra yaqinligi kuzatiladi.
So‘z yasash yangi ma'noli so‘z hosil qilish demakdir. So‘z yasalishi lug'aviy ma'noning ozgarishi asosida vujudga kelib, yasama so‘z ko‘pincha bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chadi. Shu ma'noda so‘z yasash hodisasi so‘zning grammatik jihatidan o‘zgartiradigan hodisadir. Masalan, gul so‘zi ot turkumiga xosligi uchun otga xos ko‘plik qo‘shimchasini olib turlanadi: gullar, gullarning, gullarga kabi. Bu so‘zga fe'l yasovchi -la qo‘shimchasi qo‘shilganda hosil bo‘lgan so‘z ko‘plik va kelishik qo‘shimchalami olmaydi, turlanmaydi, balki tuslanadi. Bu holatda so‘z grammatik jihatdan o‘zgarib, bir kategoriyadan boshqa kategoriyaga o‘tadi.
Bir turkumdan boshqa turkumga o‘tganda so‘zlarda hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar kategorial o‘zgarishlar deyiladi. Masalan, tasodifan so‘zining o‘zagi (tasodif) ot, unga yasovchi -an qo‘shimchasi qo‘shilganda so‘z boshqa kategoriyaga ko‘chdi, ya'ni kategoriya o‘zgaradi. Uzumzor so‘zidagi yasovchi -zor qo‘shimchasi otdan ot yasagan. Bunda kategoriya o‘zgarmagan.
So‘z yasalishi bilan bog'liq ravishda so‘zning lug'aviy va grammatik ma'nolari ham o‘zgarishi murnkin. So‘z yasalish til uchun ijobiy hodisadir. U tilni lug'aviy jihatdan boyituvchi manbalardan biridir.
So‘z yasash tildagi boshqa sohalar bilan xususan lug'at va grammatika bilan uzviy bog'liq. Chunonchi, yasama so‘z avval tilda mavjud bo‘lgan lug'aviy vositalardan hosil bo‘ladi. Masalan, tilda kitob, chiroy so‘zlari mavjudligi uchun shu so‘zlar asosida kitobxon, chiroyli kabi so‘zlar yasalgan. So‘z yasalishi asosida so‘z ma'nosi o‘zgaradi, yangi ma'noli so‘z hosil bo‘ladi. Bu holat so‘z yasalishi bilan leksikologiya orasida uzviy bog'liqlik mavjudligini ko‘rsatadi. Ma'lumki, so‘z yasalishidar ko‘pincha qo‘shimchalar ishtirok etadi, yangi yasama bir turkumdan boshqa turkumga ko‘chadi. Bu holat so‘z yasalishining grammatika bilan ham bog'liqligini ko‘rsatadi.
So‘z yasalishi natijasida so‘zning shakli o‘zgaradi. Yangi ma'no bilan birgalikda yangi shakl vujudga keladi. So‘z yasalishi paytida hosil bo‘ladigan shakl bilan so‘z o‘zgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar orqali vujudga keladigan shakl orasida o‘xshashlik bor. Shuning uchun so‘z yasalishi ham shu turdagi boshqa hodisalar singari morfologiyaning tekshirish obyektidir.
Tilda so‘z yasash vositalari va usullari xilma-xil. O‘zbek tilida so‘z yasalishining asosiy ikki usuli mavjud.
1.Morfologik (affiksatsiya) usuli.
2.Sintaktik (kompozitsiya) usuli.
O‘zak va negizga so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish bilan yangi so‘z yasash morfologik usul bilan so‘z yasash deyiladi. So‘z yasalishida qo‘shimchalar ishtirok etganligi uchun bu usul affiksatsiya usuli hisoblanadi. So‘z yasovclii qo‘shimchalar o‘zak: gulli, gulla, ishla, paxtakor, shuningdek, negizga: bilimli, qo‘shiladi.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar asosan o‘zak va negizdan keyin qo‘shiladi. O‘zakdan oldin qo‘shiluvchi -old yasamalar o‘zbek tili uchun xos emas. Biroq sifat turkumiga mansub bir qator so‘zlaming yasalishida old qo‘shimchalar ishtirok etadi. Masalan, badavlat, serhosil, nohaq kabi. Morfologik usulda so‘z yasalishdagi muhim shartlardan biri so‘z bilan yangi yasama orasida bog'liqlik bo‘lishdir. Masalan, oshpaz, gulzor so‘zlaridagi o‘zak va yasovchi qo‘shimchalar orqali hosil bo‘lgan qismlar: osh-oshpaz, gul-gulzor ma'no jihatidan bir-biriga bog'liqdir.
Morfologik usul bilan so‘z yasalishining shakllari ham rang-barang. Masalan, paxtakor so‘zida o‘zak+qo‘shimcha. serdaromad so‘zida qo‘shimcha. +o‘zak, bil-im-li so‘zida o‘zak+negiz+qo‘-shimcha, nohaqlik so‘zida qo‘shim-cha+o‘zak+qo‘shimcha shakllari mavjud.
Morfologik usul bilan so‘z yasalishi ot. sifat, fe'l va ravish turkumlari uchun xos.