7-Laboratoriya ishi aralashtirish yo’li bilan jismlarning solishtirma issiqlik sig’imini aniqlash



Yüklə 46,64 Kb.
səhifə1/2
tarix18.04.2023
ölçüsü46,64 Kb.
#100155
  1   2
l7-laboratoriya


2- semestr uchun mo’ljallangan mavzular

7-Laboratoriya ishi

ARALASHTIRISH YO’LI BILAN JISMLARNING SOLISHTIRMA ISSIQLIK SIG’IMINI ANIQLASH




Ish rejasi:
1. Tajriba qurulmasini tayyorlash.
2. Solishtirma issiqlik sig`imlari aniqlanadigan jismlar to`plamini aniqlash.
3. Jismlar solishtirma issiqlik sig`imlarini aniqlash.
4. Solishtirma issiqlik sig`imni bilishning qishloq xo`jaligida ahamiyatini anglash.
Mashg’ulotning maqsadi: Solishtirma issiqlik sig’imi haqida tuShunchaga ega bo’lish, uni amalda aniqlash.
Kerakli asbob va materiallar: Kolorimetr, tekshiriladigan jismlar, elektron tarozi, termometr, elektroplitka, menzurka.


Ishning qisqacha nazariyasi
Jismning issiqlik holati uning molekulalari xaotik issiqlik harakati jadalligi bilan xarakterlanadi. Bu harakat jadalligi o’zgarganda jismning ichki energiyasi va uning issiqlik holati o’zgaradi. Bundan 200 yil muqaddam M.V. Lomonosov o’zining “Issiqlik va sovuqlikning sababi haqida fikrlar” degan asarida issiqlik materiya ichki harakatidan iborat bo’lib, materiyaning sezilmaydigan zarralari (molekulalari) o’rni o’zgarishidan iborat deb yozgan edi. Issiqlik holatlari turlicha bo’lgan ikkita jism olaylik. Birinchi jismda molekulalarning xaotik harakati ikkinchi jismdagi molekulalarning xaotik harakatidan jadalroq bo’lsin. Bu jismlarni bir-biriga tegizamiz, ya’ni issiqlik kontakti holatiga keltiramiz. Bu holda jismning molekulalari jismlarning tegish chegarasida ikkinchi jism molekulalariga urilib, ular issiqlik harakati jadalligini oshiradi. Natijada jismlarning issiqlik holatlari o’zgaradi: birinchi jismning ichki energiyasi kamayadi, ikkinchi jismning ichki energiyasi esa ortadi. Birinchi jismning ikkinchi jismga issiqlik kontaktida bergan ichki energiyasi miqdori bergan issiqlik miqdori deyiladi. Jismning issiqlik xarakteristikasi sifatida temperatura tuShunchasi kiritilgan: temperatura jism molekulalari xaotik harakati jadalligini miqdoriy ifodalovchi fizik kattalikdir.
Jismda molekulalarning issiqlik harakati qanchalik jadal bo’lsa, uning temperaturasi Shunchalik yuqori bo’ladi. Bizning misolimizda birinchi jismning temperaturasi ikkinchi jism temperaturasidan yuqori edi. Hozir biz ishlaydigan usul issiq va sovuq moddalar o’zaro aralashganda ular o’rtasida issiqlik almashinuviga asoslangandir. Agar qattiq jism massasi M, jismni isitgandan keyingi temperaturasi T bo’lsa, uni kolorimetr ichiga tushirganda quyidagi formula bilan aniqlanuvchi issiqlik miqdorini yutadi.
(3)
bu yerda aralashma temperaturasi harfi bilan belgilangan. Shu issiqlik miqdorini kolorimetr ichidagi suv qabul qilib oladi va mos ravishda quyidagilarni yozish mumkin.
(4)
(5)
bu yerda kolorimetr olgan issiqlik miqdori, suvning qabul qilgan issiqlik miqdori, kolorimetr massasi, suvning massasi, suvning boshlang’ich temperaturasi, C1 va C2 lar kolorimetr va suvning solishtirma issiqlik sig’imlari.
Yuqorida aytilganlarga binoan, issiqlik balansi tenglamasini yozish mumkin:
(6)
(7)
(8)
Bu formuladan tekshiralayotgan qattiq jismning solishtirma issiqlik sig’imi C ni aniqlash mumkin
(9)




Yüklə 46,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin