Ishni bajarish tartibi 1. Elektroplitka tokka ulanib, unga suv solingan idish qo’yiladi. Bo’sh kolorimetr massasi ( ) tarozida tortilib aniqlanadi.
2. Menzurka yoki o’lchov stakani bilan m2=100 gr suv o’lchab olinadi va kolorimetr ichiga solinadi.
3. Termometr yordamida kolorimetr ichidagi sovuq suv temperaturasi o’lchanadi.
4. Tekshirish kerak bo’lgan qattiq jism massasi tarozida o’lchanib, elektroplitka ustidagi issiq suvga solinadi.
5. Stakandagi suv qaynaganda uning temperaturasi (T) (bu temperatura jism temperaturasiga teng bo’ladi) o’lchab olinadi va bu qattiq jism tezda kolorimetrga tushiriladi va aralashtiriladi. Shundan keyin aralashma temperaturasi o’lchab olinadi.
6. Olingan qiymatlar (9) formulaga qo’yilib, qattiq jismning solishtirma issiqlik sig’imi (c) aniqlanadi.
7. Tajriba yuqorida aytilganidek kolorimetr ichiga 125,150 gr suv solingan holda takrorlanadi.
8. Qolgan qattiq jismlarning solishtirma issiqlik sig’imlari ham Shu usulda aniqlanadi va olingan natijalar jadvalga yoziladi.
9. Har bir qattiq jism uchun issiqlik sig’imining o’rtacha qiymati aniqlanadi.
Sinov savollari 1. Temperatura nima va u qanday o’lchanadi?
2. Issiqlik miqdori deb nimaga aytiladi va uning o’lchov birliklari nimaga teng?
3. Issiqlik sig’imi va solishtirma issiqlik sig’imi deb nimaga aytiladi?
4. Issiqlik tenglamasining fizik mohiyati nimadan iborat?
5. Termodinamika qonunlarini tushuntiring?
6. Ishni bajarish tartibini tushuntiring.