Yllik ish rejasi. Yil boshida bir marta tuziladi va direktor tomonidan tasdiqlanadiVazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli qaroriga muvofiq, o‘qituvchining yillik ish yuklamasi soatlarining nimalarga, qanday hajmda oyma-oy sarflanishini o‘quv yili boshida vazirlik tomonidan berilgan namuna asosida rejalashtirib olinadi. Rejadagi soatlar asosan darsga tayyorgarlik ko‘rish, daftar tekshirish, sinf jurnalini to‘ldirish, dars kuzatish va o‘quvchilar bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar haftasiga 2 soatdan yil davomida 68 soat) olib borish ko‘zda tutilgan.
Taqvim, mavzu, reja. Yil boshida bir marta tuziladi va direktor tomonidan tasdiqlanadiUshbu reja o‘quvchilarga yil davomida ma’lum bir fan bo‘yicha o‘tiladigan mavzularni oldindan belgilab olish uchun tuziladi. Qolaversa ushbu taqvim mavzu rejasi vazirlik tomonidan berilgan namunaviy taqvim mavzu reja asosida bir o‘quv yili uchun bir marta tuziladi.
Dars konspekti daftari. O‘qituvchi tomonidan taqvim mavzu rejasiga muvofiq darsga kirishdan oldin hafta boshlanishida, haftada bir marta bo‘lishi ham mumkin) o‘tiladigan mavzu yuzasidan o‘qituvchi tomonidan 45 daqiqalik darsni qanday olib borishi, nimalar haqida gapirishi, qanday pedagogik texnologiyalar, o‘yinlardan foydalanishi, nima topshiriqlar berishi qisqa tezis shaklida yoziladi. Bu reja parallel sinflar uchun bir marta yoziladi va maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktori tomonidan vizual ko‘rib chiqilib imzolanadi.
Sinf jurnali. Mazkur hujjat o‘quvchiga Davlat ta’lim standartlariga muvofiq qanday mavzularda dars o‘tilganligini, o‘quvchilar davomatini qayd qilish va o‘quvchilarning o‘tilgan mavzular bo‘yicha bilimlarini baholab borish uchun zarur.
Dars kuzatish daftari. Bu o‘qituvchilarning o‘z hamkasblari bilan o‘zaro dars kuzatishlarini qayd etib borish daftari bo‘lib, darsni kuzatish jarayonida to‘ldiriladi. O‘qituvchi kasbdoshining darsini kuzatish orqali uning yutuqlarini o‘rganadi, o‘zining faoliyatida qo‘llaydi yoki darsning kamchiliklarini hamkasbiga bayon qilish orqali uning bartaraf etilishiga hissa qo‘shadi. Har bir o‘qituvchiga bir haftada atigi bir soat 45 daqiqa) dars kuzatishi belgilangan.