Superpozitsiya - bir qancha ishlarning samaradorlik natijalari.
Sima - Yer po’sti tagidagi qatlam.
Sial - Yer po’stining ustki qatlami.
Sintetik evolyutsiya nazariyasi (SEN) - ko’payishning moslashgan o’zgarishini chaqiruvchi sabab va omillarni eksperimental o’rganilishi va ularning genetik natijalarining darajasini umumlashtirish, ekologiya, matematik modellashtirish va boshqa fanlar sintetik evolyutsiyaning nazariyasini (SEN), ya’ni zamonaviy darvinizmni namoyon etadi.
Sotsium - jamiyatga ta’sir etish, o’rganishlar, tadqiqotlarni xatarli qilib qo’yish tushuniladi.
Stress - o’ta hayajonlanish, odam vujudi (organizm) ning izdan chiqish tezligini tariflovchi tushuncha.
Salomatlik - individual psixosomatik (ruhiy) holat bo’lib, insonning asosiy hayot ehtiyojlarini oqilona qondira olish qobiliyati orqali ifodalanadi.
Salomatlik - to’la jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jihatdan ravnaq topish holati hisoblanib, xastalik hamda jismoniy nuqsonlardan holi bo’lmaydi.
Sog’lom turmush tarzi - ko’pgina ichki va tashqi omillarning, ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlarning hosilasi.
Sinergetika - jоnsiz tabiatda yangi tuzilmalarning shakllanishi va yashashiga dоirligi tushuniladi.
Sхоlastika (sхоlastik) - o’rta asr falsafasida ustun bo’lgan, cherkоv va din aqidalarini quruq safsata, fоrmal mulоhazalar bilan asоslashga uringan оqim. Hayotdan va amaliyotdan ajralgan.
Tabiat - keng ma’noda-butun borliq, xilma-xil shakl va ko’rinishdagi olam. Materiya, koinot tushunchalarini ham qamrab oladi. Tabiatning umumiy tushunchalari falsafiy va fan metodologiyasi doirasida ishlab chiqilib, tabiiy fanlar yutuqlariga tayangan holda, tabiatning asosiy tavsifini ochib beradi.
Tabiat - tabiatshunoslik va tabiat hodisalari, uning asosiy qonuniyatlarini to’g’ri tushuntirish inson turmushini yanada yaxshilash va materialistik dunyoqarashni shakllantirishga yordam beradi. Bunda, tabiat haqida dastlabki tasavvur beriladi, ob’ektiv оlamning rang-barang ko’rinishi va xodisalari tushuntiriladi.