Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə20/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Joytun madaniyati (mil.avv. VII-VI ming yillik birinchi yarmi) Janubiy Turkmanistonda neolit davriga ko'plab manzilgohlar aniqlangan bo'lib, ulardan dastlab o'rganilgani va mashhuri Joytun (ikkinchi nomi Chaqmoqlidepa) manzilgohi hisoblanadi. Ashgabat shahridan 30 km. shimolda qum barhanlarida joylashgan Joytun keyinchalik Janubiy Turkmanistonning butun neolit davri ishlab chiharuvchi xojalik shaklidagi madaniyati bilan fanga kiritildi. Manzilgoh o'tgan asning 30-yillarida ashgabadlik arxeolog A.A.Marushenko tamonidan aniqlangan. Yodgorlikda amalga oshirilgan tadqiqotlarning keyingi bosqichi ikkinchi jahon urushidan so'ng tashkil etilgan Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi (JTAKE) faoliyati bilan bogliq bo'lib, 50-yillarda B.A.Kuftin tomonidan qisman qazishma ishlari olib borilgan. 1955-1963 yillarda V.M.Masson rahbarligida amalga oshirilgan qazishmalar davomida yodgorlik toliq o'rganiladi. Turkmanistonning janubida Kopetdag tizmalari yonbagrida shakllangan bu madaniyat Eronning shimoli-sharqiy hududlariga ham tarqalgan. Joytun madaniyati taraqqiyoti ilk, rivojlangan va so'nggi bosqichlardan iborat.
Joytun ilk bosqichiga oid manzilgoh 5,5 metr balandlikdagi tepalikdan iborat, 2,5 metr qalinlikda 5 ta madaniy qatlam aniqlangan. Manzilgohda kvadrat shaklidagi 30 ta uylar o'rganilgan. Uylar hajmi 60-70 sm. Hajmdagi gishtlar va paxsadan barpo qilingan. Xom gisht va paxsaga samon qoshilgan. Uylarning sathi va devorlari loysuvoq qilingan va oxra bilan bo'yalgan. Betartib qurilgan uylar yagona rejaga asoslangan: kichkina xona, o'rtasida ochoq joylashgan, xona atrofida xojalik xonalari va kichkina hovli mavjud. Uylarning hajmi 13-39 kv.m. ni tashkil etadi. Arxeolog olim V.M.Massoning taxminlariga ko'ra ularning har birida 5-6 nafar a'zolardan tashkil topgan oila istigomat qilgan. Hovlida joylashgan o'ralarda galla saqlangan.
Topilmalar tosh va suyakdan yasalgan qurollar, sopol buyumlari va taqinchoq va boshqalardan iborat. Toshdan oroq qadamalari, kamon oqlari, boltalar, yorguchoq suyakdan igna, pardozlagich yasalgan. Sopol buyumlar qolda tasmasimon shaklda dagal, silliq tagli qilib ishlangan. Idishlarning bir qismining yuqorisi obdon silliqlangan. Ayrim sopollarga naqshlar solingan. Naqshlar jigar va kashtan rangli boyoqlar tolqinsimon va qavssimon shakllardan iborat bo'lib, idishlarni pishirish jarayonida turli belgilar paydo bo'lgan. Rangsiz sopol buyumlar: pastki qismi qirra xumchalar va kosalar. Shuningdek, loydan hayvon va odam tasvirlaridan iborat haykalchalar ham yasalgan. Ulardan biri shahmat donasini eslatadi. Haykalchalar pishirilmagan ularning birontasining bosh qismi saqlanmagan. Ko'rinishdan bu qurbonlik keltirishga taqlid bo'lishi mumkin. Tosh va suyaklardan munchoqlar yasalgan, shuningdek chiganoqlardan ham munchoq sifatida foydalanganlar. Tosh munchoqlar odam, hayvon va togri to'rtburchak shaklida yasalgan.
Joytun xo'jaligining asosini dehqonchilik, chorvachilik, baliqcilik yordamida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish tashkil etgan. Dehqonchilik liman usulida bo'lib, bugdoy va arpa etishtirilgan. Dehqonchilikda ketmonchadan foydalanilgan. Don xumcha va xojalik oralarida saqlangan. Ko'rinishdan boshoqli o'simliklar donidan non pishirilmagan, maydalab bo'tqa sifatida iste'mol qilishgan. Joytun madaniyatining ilk davrlarida go'sht mahsulotlari etishtirishning asosini tashkil etuvchi ovchilikning mavqei baland bo'lgan. Qoy va echki xonakilashtirilgan. Chorvachilik yaylov (qaydama) shaklida bo'lib o'rganilgan qoton va molxonalarning o'rni fikrimizni toliq tasdiqlaydi. Ovchilikda jayron, yovvoyi chochqa, tulki ovlashgan. Asosiy ov qurollari oq-yoy, shuningdek, palohmondan ham foydalanilgan.
Joytun madaniyatining ikkinchi bosqichiga oid Qadimtepa manzilgohida 1000 metr kv. joy ochib o'rganilgan. Umumiy hovlida togri burchakli uylarida ochoqlar o'rin olgan va xojalik xonalari joylashgan. Uy devorlari paxsadan barpo qilinib, xonalar sathlari ohaklangan, ayrimlari qollarda ganch suvoq qilingan.
Joytun madaniyatining rivojlangan bosqichiga oid qadimtepa yodgorligida olib borilgan qazishma ishlari davomida paxsadan qurilgan togri to'rtburchak uylar va xojalik maqsadlarida foydalanilgan yordamchi xonalarning o'rni ochib o'rganilgan. Uylarning har birida xojalik maqsadida foydalanilgan ochoq bo'lgan. Uylari ichki tomondan sathi ganch bilan suvoq qilinib, sirti ohaklangan va unda qizil oxra izlari ham uchraydi.
Joytun madaniyatining so'nggi bosqichiga oid Chagiltepa manzilgohi (mil.avv. V ming yillikka oid) arxeologik jihatdan yaxshi o'rganilgan. Yodgorlikning 13 ta madaniy qatlamlari 6,5 metrni tashkil etadi. Manzilgohda 12 ta uyning o'rni ochib o'rganilgan. Imoratlar to'rtburchak gishtlardan barpo qilinib, uylarda kvadrat va to'rtburcha ochoqlar o'rin olgan. Uylarning sathi loysuvoq qilinib, ayrimlari bo'yalgan, ba'zan bo'yra to'shalgan. Umumiy hovlida xojalik xonalari va o'ralar ajralib turadi. Manzilgohning markaziy qismida nisbatan kattaroq o'lchamdagi imoratning o'rni aniqlangan. Uy qurilishi hiyla murakkab. Uy ichida joylashgan ochoq qarshisidagi devorda oqsuvoq ustiga qora va qizil boyoqlarda geometrik bezaklar, qoplon va boshqa bir o'tlovchi hayvon va darah tasvirlari chizilgan. Unda uy-ro'zgor buyumlari uchramaydi, aksincha, ko'plab loydan yasalgan antropomorf va zoomorf haykalchalari, kam sonli ayol haykalchalari topilgan. Tadqiqotchi olimlarning hisobariga ko'ra imorat manzilgohda yashagan barcha a'zolarni sigdirishi mumkin ekan. Bu imorat shubhasiz qadimgi dehqon jamoasining ibodatxonasi bo'lgan. Unda shuningdek, echki tasviridagi haykalchalar, tosh va suyak, chiganoqlar, xususan, hind okeanida uchraydiganlaridan ishlangan munchoq ham topilgan.
Chagiltepaning mehnat qurollari turli shakldagi paloxmon uchun mo'ljallangan yadrolar, turli geometrik shaklli tosh qurollaridan iborat. Ular oroq qadamalari, kamon oqi uchlari, boltalar suyakdan ishlangan igna, pardozlagichlardan iborat.
Joytun madaniyatining tosh qurollari Kaspiy bo'yi manzilgohlaridagi so'nggi mezolit davri tosh qurollari bilan aynan oxshash. Shu va boshqa jihatlarga ko'ra Joytun madaniyati mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi o'zlashtiruvchi xojalik shaklidagi qabilalarning otroqlashuvining natijasi, degan xulosani keltirib chiharadi.
Sopol buyumlari qolda (tasmasimon shaklda) dagal, silliq tagli qilib ishlangan. Idishlarning yuqori qismi obdon pardozlangan (ba'zilari silliqlanmagan). Ular naqshli va naqshsiz guruhlarga bo'linadi. Naqshlari jigar va kashtan rangli boyoqlarda chizilgan va pishirish jarayonida doglar hosil qilgan.
Topilgan zeb-ziynat buyumlari tosh va suyaklardan yasalgan munchoqlar va turli taqinchoqlardan iborat. Ayrim hollarda chiganoqlardan ham munchoq sifatida foydalanishgan. Toshdan yasalgan munchoqlar odam, hayvon va togri to'rtburchak shakliga ega. Bular tumor sifatida taqilgan bo'lishi mumkin.
Toshdan yasalgan qurollar pichoq, oroq, randa va yorguchoqlardan iborat. Naqshli sopol buyumlar an'anaviy bezaklar saqlanishi bilan birgalikda ular mazmunan boyiydi. Ular turli chiziqlar, daraxt va o'simlik tasvirlaridan iborat.
Qayd etilgan yodgorliklardan tashqari Bomi, Togaloqtepa, Monjuqlitepa, Chopontepa, Pomajtepa va boshqalar ham Joytun madaniyatining turli bosqichlariga oid qishloqlarni tashkil etgan.
Umuman olganda ishlab chiharuvchi xojalikga asoslangan Joytun madaniyati shakllanishining ilk bosqichlaridan, dehqonchilik va chorvachilik paydo bo'lgan bo'lsada, o'zlashtiruvchi xojalik shakllarining mavqei baland bo'lgan. Keyingi bosqichlarda dehqonchilik va chorvachilikning ahamiyati ortib, iqtisodning muhim tarmogini tashkil etgan.
Uy sharoitida mehnat qurollari tayyorlash, teriga ishlov berish va charmdan buyumlar tayyorlash, yogochga ishlov berish, sopol buyumlar tayyorlash, taqinchoqlar yasash joytunliklarning kundalik mashgulotlaridan biri sanalgan. Jamoa a'zolari ona urugiga asoslangan juft oilalardan tashkil topib, ular umumjamoa ishlarini ya'ni, erga ishlov berish, hosilni yigishtirish, ovchilikni tashkillashtirish, jaoatchilik qurilish ishlarini bajarishda yoki tashqi havf paydo bo'lgan kezlarda yagona jamoaga birlashganlar.
Shunday qilib taxminan mil.avv. VII ming yillikning oxirlariga kelib Turkmanistonning janubida Kopetdog tizmalari yonbagrida qadimgi dehqonchi-lik madaniyati ochoqlaridan biri Joytun madaniyati vujudga keladi. Bu madaniyat Eronning shimoli-sharqiy hududlariga ham yoyilgan.
Jebel madaniyati Turkmaniston Respublikasining janubiy-garbida Sharqiy Kaspiybo'yi va Balxanbo'yi hududlarida mezolit davri o'zlashtiruvchi xojalik shaklidagi madaniyatning davomida chorvachilikga asoslangan Jebel madaniyati vujudga keladi. Bu madaniyat nisbatan yaxshi o'rganilgan Jebel yodgorligi nomi bilan yuritiladi. Bu erdagi mezolit davriga oid Jebel, Damdamchashma 1,2, Qaylu, Defichiganoq va boshqa shu turdagi yodgorliklarning yuqori madaniy qatlamlari neolit davriga oid. Bu madaniyat mil.avv. VII-IV ming yilliklar bilan sanalib gorlarda hayot bronza davriga qadar saqlanib qoladi. Tosh qurollariga ishlov berish texnikasi yuqori cho'qqisiga chiqadi. Tekis tomonlarga ega prizma nukleuslari va mikrolitlar xos. Shuningdek, yorguchoqlar ham topib o'rganilgan. qoy va echkiga tegishli suyak topilmalarining aksariyati xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli. Ular xojalikning asosini chorvachilik shakli tashkil etgan. Yodgorliklardan yassi tagli sopol buyumlarlarning bo'laklari topilgan. Bu madaniyat vakillari joytunliklar bilan bir davrda yashagan va ularning chaqmoqtoshdan yasalgan mehnat qurollarida oxshashliklar mavjud. Joytun va Jebel ko'rinishdan bitta madaniyatning ikki tarmogi bo'lib, Joytunda xojalikning asosini dehqonchilik, Jebelda esa chorvachilik tashkil etgan. Jebelliklar hayotida o'zlashtiruvchi xojalik shakllari o'z ahamiyatini yoqotmagan. Yodgorliklarning neolit davriga oid madaniy qatlamlaridan yavvoy hayvon suyaklaridan tashqari chuchuk suvda yashovchi baliqlarning ko'plab suyaklari uchraydi. Ma'lumki, bu davr O'rta Osiyo hududida namgarchilik miqdori yuqori bo'lgan davr bo'lib, Qoraqumning janubi-garbiy etaklarida sersuv ko'llarga boy bo'lgan. Demak, aholi chorvachilik bilan birgalikda baliqcilik oziq-ovqat manbaining ikkinchi tarmogi bo'lgan. Namgarchilik miqdori yuqori bo'lgan joyning florasi boy bo'lishi, tabiiy. Bunday holatda terib-termachilik xojalik shaklli o'z ahamiyatini saqlab qoladi.
Kaltaminor madaniyati majmuasi (mil.avv.VII ming yillik oxiri-III ming yilliklar) dastlab 1939 yili S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi oqimidagi qadimiy Oqchadaryo o'zani hududi Jonbos-4 yodgorligini o'rganish bilan mazkur madaniyat aniqlangan. Keyinchalik quyi Amudaryoning kengroq hududlari, xususan, so'l soxilidagi O'zboy o'zani, Sariqamish, shimoli-sharqiy Orolbo'yi hududlarda A.V.Vinogradov, Mamedovlar amalga oshirgan arxeologik tadqiqot ishlari natijasida mazkur madaniyatga oid ko'plab yodgorliklar o'rganiladi. Shuningdek, Zarafshonning quyi oqimidagi qadimiy o'zanlari va uning ichkarisida Lavlakon hududlarida ham neolit davriga oid o'zlashtiruvchi xojalik shakllari bilan kun kechirishgan jamoa a'zolariga tegishla arxeologik yodgorliklar aniqlangan. To'da yashovchi hayvonlar - jayron, qulon, saygoq va qushlar to'dasiga ov qilish hamda baliqcilik kabi ixtisoslashgan o'zlashtiruvchi xojalik xususiyatlari va moddiy madaniyatidagi yaqinlik umumiy Kaltaminor madaniyati majmuasidan dalolat beradi.
Bu madaniyatga oid yodgorliklar nisbatan yaxshi o'rganilgan hudud quyi Amudaryoning qadimgi Oqchadaryo o'zanida quyi oqimi hisoblanib, bu erdan 100 dan ortiq neolit davri makonlari aniqlangan va ularning ayrimlarida qazishma ishlari amalga oshirilgan. Yaxshi o'rganilgan yodgorliklardan biri Jonbos IV makonida ikkita madaniy qatlam aniqlangan. Asosiy moddiy topilmalar quyi madaniy qatlamda aniqlangan.
Unda umumiy maydoni 290 m. kv. Hajmli (24 x17) turar joyning o'rni ochib o'rganilgan. Jamoaning chayla shaklidagi ushbu makonining asosini yogochlar tashkil etib, erdagi chuqurcha izlari saqlanib kolgan. Ustunlar orasiga ko'ndalang chuqurchalar tashlanib, ustidan qamish bilan yopilgan. Uning atrofida kuyib kulga aylangan yogoch va kamish qoldiqlari mavjud. Chayla o'rtasida katta markaziy ochoq, uning atrofida esa yuzga yaqin kichik ochoqlarning o'rni mavjud. Bu uy-joy neolit davri urug jamoasi istiqomat qilgan. Markaziy o'chokning tag qismi 50 sm. kuygan. Atrofida xojalik buyumlari uchramaydi. Demak, unda doimiy olov yonib turgan va umumjamoaning diniy e'tigodlari uchun xizmat qilgan. Boshqa ochoqlar atrofida esa sopol parchalari va hayvon suyaklari mavjud.
Zarafshonning quyi oqimi hududlarida neolit davriga oid ko'plab makonlar topib o'rganilgan. Bular ichida Darvozaqir I, II, Kichik Tuzkon, Daraisho'r makonlari ajralib turadi.
Darvozaqir I makoni. Bu makonning yuqori qismi buzilib ketgan, pastki qismidan 3 ta madaniy qatlam ochib o'rganilgan. Bu erdan 81 m. kv. (7x11,6) hajmgi togri to'rtburchak shaklidagi uyning o'rni saqlanib qolgan bo'lib, uning har joy-har joyida chuqurchalar uchraydi. Bu chuqurchalar yogoch ustunlarning o'rni bo'lib ustunlar ustiga yogoch tashlanib qamish bilan yopilgan bo'lgan. Chaylada ochoq izlari topilmagan, lekin madaniy qatlamda kul qoldiqlari uchraydi.
Mehnat qurollari: tosh bolta, qirgich, teshgich, oroq-randa, parma, sopol buyumlarning bo'laklari mavjud.
Darvozaqir II makoni. Mehnat qurollari: tosh qirgichlar, pichoqlar, parraklar, oroq-randalar, nukleuslar, parma, teshgich, oroq qadamalari, yorgichoq, qayroqtosh, tosh boltalardan iborat. Qurollari: nayza uchlari, paykonlar, oq uchlari. Bulardan tashqari tosh munchoqlar va taqinchoqlar ham mavjud. Suyakdan yasalgan qurollar uchramaydi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin