Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə16/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Machay gor makoni (mil.avv. VII-VI ming yilliklar) Surxondaryo viloyati Boysun togining janubiy-garbida shu nomdagi qishloqda Turkandaryo (Sherabod daryoning yuqori oqimi) ning o'ng soxilila joylashgan. Yodgorlikda 1930 va 1950 yillarda G.V.Parfiyenov, M.V.Vorones, A.P.Okladnikovlar o'rgangan. 1970-1971 yillarda esa O'.Islomov qazish ishlarini davom ettirgan. Yodgorlikda ikkita madaniy qatlamlar aniqlangan.
Undandan tosh va suyakdan yasalgan mehnat qurollari, hayvon va odam suyaklari topib o'rganilgan. Toshdan yasalgan qurollar nukleuslar, pichoqlar, kesgichlar, geometrik shakldagi (trapesiya, sigment) mikrolit qurollar, nayza o'qi uchlar va boshqalardan iborat.
Odam suyaklari yodgorlikning ikkinchi madaniy qatlamidan topib o'rganilgan. Odam suyaklarining biri erkak, ikkinchisi ayol va qolgan ikkitasi esa yosh bolalarga tegishli bo'lib, suyaklar antropolog olimlar V.Ya.Zezenkova va T.K.Xodjayovlarning xulosalariga ko'ra evropioid irqining Sharqiy O'rta er guruhiga xos uzunbosh kishilar vakillariga tegishli bo'lgan.
Yodgorlikdan topib o'rganilgan hayvon suyaklarining ko'pchillikni sibir echkisi, osiyo mufloni, kichik tuyoqli hayvonlarniki tashkil etadi. Shuningdek, kam sonli xonakilashtirilgan hayvonlarga tegishli suyaklar ham uchraydi. Ulardan qoy tegishlilari ko'pchillikni tashkil etadi, shuningdek chochqa, it va qora molga tegishli kamsonli topilmalar ham mavjud. Machay gorida yashagan ibtidoiy odamlarning asosiy mashguloti mahalliy tog sharoitida yashovchi hayvonlarga ov qilishdan iborat bo'lgan. Termachilik esa machayliklar xojaligining ikkinchi tarmogi hisoblangan. Machayliklar ko'rinishdan yovvoyi hayvonlarni qolga o'rgata boshlab, dastlabki chorvachilik ho'jaliga asos sola boshlaganliklaridan dalolat beradi.
Janubiy Tojikiston. Vaxsh, Kofirnigon, Panj vodiylari, hatto Pomir togining baland hududlariga qadar tarqalgan. Bu erdagi mezolit davriga oid 30 ga yaqin yodgorliklar mil.avv. XI-VIII ming yilliklar doirasida chegaralanib, alohida guruhlar va majmualarni tashkil etadi. Asosiy yodgorliklaridan Tutqovul III, Chilichorchashma, Daraisho'r, Quyibulyon, Obikiyik, Oshxona, Alichur va boshqalar. Janubiy Tojikistonning togoldi hududi aholisi asosan termachilik, ovchilik va baliqcilik bilan kun kechirishgan. Janubiy Tojikistonning mezolit davri madaniyatlari va majmualari xojaligi, moddiy madaniyati, xususan, tosh qurollariga ko'ra umumiy va o'ziga xos jihatlariga ega.
Vaxsh, Kofirnigon va Panj vodiylarida mezoliti. Bu erda mezolit davriga oid 20 ta yodgorlik ochilgan va tadqiq qilingan. Kopchlik joy-makonlarning madaniy qatlamlari buzilib ketgan. Bu hududda mezolit rivojlanishi ikki yo'nalishda borgan: togoldi va tekislikda. Turli davrlarga va madaniyatlarga bo'linadigan to'rtta yodgorliklar majmuasi ajralib turadi. Bu mintaqada mezolit davri mil.avv. XI-VIII ming yilliklar bilan sanalangan.
Birinchi majmua: Tutqovul 3, Chilchorchashma va boshqa yodgorliklardan iborat guruh shartli ravishda Tutqovul madaniyati nomi bilan atalib, mil.avv. XI/X-VIII ming yilliklar doirasida sanalanadi.
Ikkinchi majmua: Daraisho'r, Tutqovulning ikkinchi madaniy qatlami mil.avv. VIII-VII m. yilliklar bilan sanaladi. Vaxsh daryosining o'rta oqimi hududi mezolit davri Vaxsh madaniyatiga oid, deb taxmin qilinadi. Bu madaniyat an'anasi keyinchalik Tojikistonning togli hududi ibtidoiy kishilarining neolit davri Hisor madaniyati paydo bo'lishida muhim o'rin egallaydi.
Uchinchi majmua: Quyi Bulyon va Obi Kiyik (obi kiyik majmuasi). Bu makonlar uchun faqat chaqmoqtoshdan yasalgan mikrolitlar va plastinkasimon qurollar xos bo'lib, mil.avv. VIII-VII ming yillikla bilan sanalanadi.
Tortinchi majmua: Shugnau makonining 0 gorizonti (Shugnou majmuasi) mil.avv. X ming yilliklar (XI ming yilliklar ham bo'lishi mumkin) bu makonning paydo bo'lishi togridan-togri o'zining yuqori paleolit davri bilan boglangan.
Bu hududdagi madaniyat sohiblari ham o'zlashtiruvchi xojalikning ovchilik, baliqcilik va termachilik shakllari bilan kun kechirishgan. Ovchilik va baliqcilikda nayza, oq va yoydan foydalanganlar. Hayvonlardan qoy va echkilarning suyaklari topilgan. Ovchi va baliqchilar vaqtinchalik yashash uchun chaylalardan foydalanganlar yoki ochiq havoda yashashgan. Tojikistonning mezolit davri makonlarida bir vaqtda yoyilgan shimoliy Afgoniston, Falastin, Suriya va Old Osiyoning boshqa hududlaridagi manzilgohlar bilan o'xshash belgilari seziladi. Bu esa Yaqin Sharq qabilalari bilan uzoq genetik yaqinlikdan darak berishi mumkin.
Sharqiy Pomir mezoliti. Bu mezolit davri yodgorliklari Markansuv madaniyati (Alichur va Oshxona makoni) va Issiq madaniyati yoki aniqrogi Issiq majmuasidan (Issiq gor-makoni) iborat. Pomirda mezolit davri mil.avv. VII ming yilliklarga togri keladi. Markansuv madaniyati Pomirdan tashqarida shakllangan. Uning kelib chiqish ildizi aniqlanmagan bo'lsada, tosh qurollariga ishlov berish xususiyatlari mahalliy tabiiy sharoitga bogliqligi seziladi.
Oshxona makonida bir davrga oid uchta madaniy qatlam aniqlangan. Yirik dagal ishlangan mehnat qurollari va kichik nafis mehnat qurollari ajralib turadi. Bu erda silliq toshdan yasalgan ikkita ochoq joylashgan bo'lib, uning atrofida yashash maydonchasi aniqlangan. Bu yashash maydonchasi engil turdagi chaylasimon uylarning qoldiqi bo'lishi mumkin.
Issiq gor-makonining madaniy qatlami bir yarim metr. U erdan kichik va o'rta hajmdagi toshlardan aylana qilib terilgan ochoq topilgan.
Markansuv makoni mavsumiy foydalaniladigan joy bo'lib, undan ov o'lja izlab chiqqan vaqtda yashash uchun foydalanilgan bo'lsa kerak. Markasuvliklar ovchilik bilan birgalikda terimchilik bilan kun kechirishgan.
O'rta Osiyodagi mezolit davri madaniyatlari va majmualari o'ziga xosligi va turli xiligi bilan ajralib turadi. O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlarining shakllanishida avvalambor so'nggi paleolit davri mahalliy madaniyat an'analarining davom etishdan bo'lsada, tosh asrining yirik madaniy markazi hisoblangan Yaqin Sharq qabilalarining ham sezilarli ta'siri bo'lgan, degan fikrlarni quvvatlaydigan tadqiqotchilar mavjud. Lekin, bu davr sezilarli ta'sir etish quvvatiga ega bo'lgan qabilalar tolqining siljishi haqiqatdan yiroq bo'lishi, tabiiy. Tosh qurollarga ishlov berish usullarining o'xshashligi asoslanib, bunday xulosalarga kelish togri emas. Zamonaviy arxeologlar O'rta Osiyo hududida mezolit davrida xojaligi va madaniy xususiyatlari jihatdan o'zaro ajralib turadigan bir qancha qabilalar yashab, ularning izlari aniqlangan yodgorliklarda o'zining aksini topgan.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin