Sharqiy Kaspiybo'yi (mil.avv. X-VIII ming yilliklar) ning mezolit davri yodgorliklari Krasnovodsk yarim oroli, Balxanbo'yi, Qorabo'giz va quyi O'zboy hududlarida tarqalgan. Bu erda Jebel, Kaylu va Damdamchashma I, II kabi stratigrafik jihatdan yaxshi o'rganilgan to'rtta gor-makon va 30 dan ortiq ochiq turdagi joy makonlar ma'lum. Ulardan mashhuri Defichiganoq, Ho'jasuv va Korailmlardir. Ularning quyi qatlamida hayot mezolit davrining ilk bosqichlaridan boshlanib, neolit davrida, ayrimlarida bronza davriga qadar hayot davom etgan. Mazkur hududdagi yodgorliklarning mezolit davriga oid tosh qurollari tahlili va qiyosiy tavsifiga ko'ra Balxanbo'yi (ilk, o'rta va so'nggi bosqichlari) va Sharqiy Kaspiybo'yi (ilk va so'nggi bosqichlari) dan iborat ikki madaniy majmua yoki guruhga ajratilgan. Ularning har ikkalasi uchun tosh kurollari yasashda o'zakdan ko'chirib olingan plastinkasimon uchirindilar xos bo'lib, ikkinchi guruhdagilarida mikrolidlashish (kichiklashish) jarayoni kechadi.
Bu hududda yashagan aholi ovchilik, baliqcilik va termachiliklardan iborat o'zlashtiruvchi xojalik shakllari bilan kun kechirishgan. Qazishma ishlari davomida yovvoyi qoy, echki, qulon va baliq (Damdamchashma II), Qoramol, jayron, mushuk (Jebelning quyi katlami) suyaklari aniqlangan. Termachilikda yovvoyi boshoqli o'simliklar bilan birgalikda dengiz molyuskalarini terishgan. Mikrolit toshlardan kamon o'qining, yirikroqlaridan nayza uchii sifatida foydalanilgan. Mezolit davrining so'nggi bosqichlariga oid madaniy qatlamlarida (Damdamchashma) xonakilashtirilgan ko'y, echkilarga tegishli suyak topilmalari mavjud. Ularning ijtimoiy hayotlarida teri, suyak va yogochlarga ishlov berish, chiganoq va toshlardan taqinchoqlar yasash, ishlov berilgan terilardan kiyim-kechak tikish kabi uy ishlari muhim o'rin tutgan.
Bu erdagi yodgorliklarning mezolit davri so'nggi bosqichlariga oid madaniy qatlamlaridan qoy va echki kabi xonakilashtirilgan hayvon suyaklarining topib o'rganilishi yangi xojalik-ishlab chiqarishning chorvachilik shakliga o'tayotgan-ligidan dalolat beradi. Mezolit davri Sharqiy Kaspiybo'yi madaniyati Turkmanistonning neolit davrida ishlab chiharuvchi xojalik shakliga asoslangan Jebel (chorvachilik) va Joytun (dehqonchilik) madaniyatlarining shakllanishida muhim o'rin tutadi. Bu turdagi madaniyatga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridagi topib o'rganilgan tosh qurollari yasalish usullariga ko'ra Sharqiy Kaspiybo'yidagi yodgorliklarning yuqori qatlami va Janubiy Turkmanistondagi neolit davriga oid yodgorliklarning quyi qatlamlaridan topib o'rganilgan tosh qurollari bilan bir xilligi kuzatilgan. Bu holat ishlab chiharuvchi xojalik shakliga asoslangan neolit davri Jebel va Joytun madaniyatlari Sharqiy Kaspiybo'yi hududi mezolit davri madaniyati negzida shakllangan, degan xulosaga olib kelish uchun ilmiy asos bo'lib xizmat qiladi. Bu esa o'z navbatida O'rta Osiyoga ishlab chiharuvchi xojalik shakllari Old Osiyodan kirib kelgan, degan qarashlarni inkor etuvchi muhim asos bo'lib xizmat qiladi.
Ustyurt (mil.avv. VIII-VI ming yilliklar) Ustyurtda mezolit davriga oid 20 dan ortiq manzilgohlar o'rganilgan. Ular asosan Aydabolquduq va Jayronquduqlar atrofida guruh-guruh holda joylashgan ochiq turdagi doimiy, qisqa muddatli va vaqtincha yoki mavsumiy makonlardan iborat. Yodgorliklarning ma'lum hududda to'p bo'lib joylashishiga ko'ra ustyurtliklar aholisi ovchilari guruhi yoki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan bogliq bo'lgan sodda ichki tuzilmadagi jamoadan iborat bo'lgan. Arxeolog Е.B.Bijanovning ilmiy farazlariga ko'ra Ustyurt manzilgohlari mahalliy sharoitda Sharqiy Kaspiybo'yi va Janubiy Ural hududlarining mezolit davri madaniyatlarning ma'lum ta'sirida shakllangan. Bu erda olib borilgan tadqiqot ishlarini natijasida o'rganilgan topilmalar xususiyatlariga ko'ra quyidagi xronologik guruhlarga ajratilgan: ilk (rivojlangan mezolit) - mil.avv.VIII-VII ming yilliklar va so'nggi (so'nggi mezolit va ilk neolit) mil.avv.VII-VI ming yilliklar. Aholi ovchilik va baliqcilikga asoslangan o'zlashtiruvchi xojalik shakli bilan shugullanishgan. Shuningdek, uy sharoitida suyak va yogochlarga ishlov berish ishlari ham asosiy mashgulotlaridan sanalgan.