Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi


Ibtidoiy davr tasviriy san'ati



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə11/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Ibtidoiy davr tasviriy san'ati. Tasviriy san'at insoniyat tafakkurining mahsuli bo'lib, u kishilik jamiyatining dastlabki bosqichlaridan shakllanna boshlagan. Aql idrokli odamlarning paydo bo'lishi bilan san'at insoniyat oliy tafakkuri mahsuliga aylanadi. Bu davrga oid chizma-tasvir va haykaltoshlik kabi amaliy san'atining kam sonli namunalari bizgacha etib kelgan. Bunday san'at namunalari o'z davri kishilarining xojalik, ijtimoiy hayoti va goyaviy-dunyoqarash qarashlaridan darak beradi.
Ibtidoiy davr chizma-tasvirlarning dastlabki namunalarini bundan sal kam 150 yil ilgari (1879 yil) ispaniyalik arxeolog olim M.Sautol Ispaniyadagi Altamir gorida aniqlagan. Undagi tasvirlar gorning shift qismida joylashgan.
1895 yili ibtidoiy kishilar tomonidan chizilgan tasvirlar Fransiyadagi Lya Mut goridan aniqlangan. 1901 yilda esa A.Breyl Fransiyaning Vezer vohasida joylashgan Le Kombarell goridan mamont, bizon, bugi, ot, ayiq tasvirlaridan tashkil topgan taxminan 300 ta tasvirlarni aniqlagan. Tasvirlar orasida qisman odamlarniki ham uchraydi, ularning kopchlik qismi niqob kiygan holda berilgan.
O'sha yilining o'zida mazkur goridan uzoq bo'lmagan Fon de Gom goridan arxeolog Peyroni tomonidan turli hayvonlar tasvirlarini o'rganishga muvoffaq bo'ladi. Tasvirlarning ko'pchiligi ot, keyin mamont va qisman bugilarga tegishli bo'lgan. Tasvirlar oxra va boshqa boyoqlar bilan chizilgan.
Shu yili arxeolog olimlar E.Kartalyak va A.Breyllar Altamir gorini o'rganadilar. Gorning uzunligi 280 metrdan iborat bo'lib, uning shifti va devorlpriga chizilgan 150 hayvon tasvirlari kishi diqqatini o'ziga tortadi. 1959 yili zoolog olim A.V.Ryumin Rossiyaning Ural togida joylashgan Kapova gorida so'nggi paleolit davriga oid tasvirlarni aniqlashga erishadi.
Dastlab 7 ta mamont, 2 ta ot va 2 ta nasorglardan iborat jami 11 ta tasvir aniqlangan bo'lib, ularning barchasi tosh bo'lakchalari bilan chizilgan tasvirlarga qizil bo'yoqlar berib ishlangan. Ular qaysi davrga tegishli, degan savolga tasvirlarning mazmun mohiyati qadimiy ekanligidan dalolat beradi. Gorda tasvirlari keltirilgan hayvonlar allaqachonlar qirilib ketgan. Radikarbon ularning dastlabkilari 30 ming yillik qadimiylikga, so'ngilari esa taxminan 12 ming yil qadimiylikga egaligini ko'rsatgan.
So'nggi paleolit davri tasviriy san'atining boshqa bir turi ayol jinsiga tegishli haykalchalardan iborat. Ular odatda yolongoch yoki kam hollarda kiyim-boshi bilan ishlangan. 12-15 sm.dan iborat bu haykalchalar ohaktosh yoki ohakgil (mergel) kabi yumshoq turlardagi toshlardan va qisman hayvon suyaklaridan yasalgan.
Paleolit davri zuxrosi nomi bilan mashhur bo'lgan bir turli haykalchalar Еvropaning ko'plab davlatlari-Fransiya, Belgiya, Italiya, Germaniya, Avstriya, Chehiya, Ukraina va nisbatan ko'proq Rossiyadagi arxeologik yodgorliklaridan topib o'rganilgan.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin