O'rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari. Hozirgi paytda O'rta Osiyo hududida mezolit davriga oid ikki yuzdan ortiq yodgorliklar aniqlanib, ular madaniy qatlamga ega makonlar va terma moddiy manbalarga ega manzillardan iborat. Ular gor, ochiq joy makonlar va mavsumiy manzillardan iborat bo'lib, pasttekisliklardan tortib baland tog tizmalariga qadar bo'lgan hududlarda keng tarqalgan. Ularning davriy sanasi nisbatan yaxshi o'rganilgan Yaqin Sharq hududi yodgorliklariga solishtirish va radiokarbon usulidagi tekshirishlar asosida mil avv. XII-VII\VI ming yilliklar doirasida sanaladi. Bu erda mezolit davriga oid barcha turdagi yodgorliklarda ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan arxeolog olimlar ularni madaniyatlar, madaniyat majmualari (komplekslar) va variantlarga ajratib o'rganishga harakat qilishgan. Arxeolog olima G.F.Korobkova Kaspiy dengizining sharqiy hududlaridagi mezolit davriga oid arxeologik yodgorliklarini tosh qurollariga ishlov berishning turli usullariga asoslanib, Balxanbo'yi va Zarzi alomatlariga ega bo'lgan Sharqiy Kaspiybo'yi guruhlarini ajratib ko'rsatadi. Shuningdek, olima Markaziy Fargona hududi yodgorliklarini ham ikki guruhga: tekislik (Fargona) va gor-makon (Obishir) variantlari yoki madaniy majmualariga ajratgan. Gor-makon variantini Obishir varianti nomi bilan ilk bosqichiga, tekislikdagi yodgorliklarni esa Fargona varianti nomi bilan rivojlangan bosqichiga ajratgan. Akademik O'.I.Islomov esa ularni umumiy Obishir madaniyati, nomi bilan yuritish kerakligini taklif etadi. Shuningdek, arxeolog olim Qo'shilish va Machay gor makonlarida amalga oshirgan arxeologik tadqiqotlari natijalariga asoslanib, Toshkent va Surxondaryo hududlarini ham alohida arxeologik majmualar sifatida qayd etadi.
Janubiy Tojikiston hududlarida joylashgan mezolit davri arxeologik yodgorliklarida uzoq yillar tadqiqot ishlarini olib borgan arxeologik olim V.A.Ranov tekislikda Vaxsh, Pomir togi hududida Markansuv madaniyatlari tarqalganligi togrisidagi fikrni ilgari suradi. Tekislikdagi yodgorliklar toshga ishlov berish usullariga ko'ra to'rtta (1-4) madaniy majmua, togdagi yodgorliklar Markasuv va Istiq majmualariga ajratilgan.
Bulardan tashqari Markaziy Qizilqumda Varobeva tomonidan Lavlakon, Samarqand vohasida M.Jo'raqulov tomonidan mezolitning so'nggi bosqichiga oid Sazagon madaniyatlarining faoliyat yuritganligi togrisidagi fikrlar ilgari surilgan.
Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O'rta Osiyoning mezolit davriga oid ayrim yodgorliklarini alohida madaniyatlar, madaniy komplekslar va variantlarga ajratish hamda ularning davrni belgilashda qollanilgan sanalar masalasiga G.F.Korobkova tanqidiy yondashadi. Olimaning fikrlariga ko'ra birinchidan, stratigrafik jihatdan o'rganilgan yodgorliklar soni kamchilikni tashkil etishi va arxeologik qazishma ishlari olib borilgan yodgorliklarning ko'pchiligida radiokarbon tekshirishlarining amalga oshirilmaganligi ular mezolit davri bosqichlari va sanasi bilan bogliq masalalarni toliq hal etish imkoniyatini bermasligi togrisidagi fikrni ilgari suradi.