Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi



Yüklə 0,59 Mb.
səhifə10/60
tarix06.04.2023
ölçüsü0,59 Mb.
#94228
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60
Ibragimov r. Z. Markaziy osiyo arxeologiyasi (4)

Obirahmat gor-makoni. O'rta Osiyodagi paleolit davrining noyob gor-makonlaridan biri sanaladigan Obirahmat Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani hududida Toshkent shahridan 100 km. Sharqda Tyanshan tog tizmasining janubi-garbiy qismida joylashgan bo'lib, gor makon A.R.Muhammadjonov tomonidan (1962) aniqlanib, M.M.Gerasimov va H.K.Nasriddinovlar tomonidan dastlabki qazishma amalga oshiriladi va R.H.Suleymanov (1964-1965) davom ettirgan. 1998 yildan O'zRFA Arxeologiya instituti va Rossiya FA Sibir bo'limi Arxeologiya va etnografiya institutlari hamkorligida ilmiy tekshirish ishlari qayta tashkil etiladi.
Amalga oshirilgan qazishma ishlarining natijalariga ko'ra gor-makon 10 m. qalinlikdagi 21 ta madaniy qatlamlar aniqlangan. R.H.Suleymanov olib borgan arxeologik tadqiqotlari natijasida makondan aniqlangan tosh qurollarining ishlanish texnikasiga bo'lgan o'z davri yondashuvlariga asoslangan olimi yodgorlikni muste davri bilan belgilagan. Keyingi qazishma ishlari natijasida toshga ishlov berish texnikasi xususiyatlarini asoslangan tadqiqotchilar yodgorlikni mustening keyingi va so'nggi paleolit davrining ilk bosqichlari bilan belgilashmoqdalar.
Yodgorlikda amalga oshirilgan bir nechta kalibrli mutloq tekshirishlari orasida uran toriy va radiokarbon usuli natijalarining ahamiyati katta sanaladi. Yodgorlikning yuqori madaniy qatlami mil.avv. 42000+-1400 ming yillik bilan sanalangan. Boshqa turdagi mutloq tekshiruvlar esa, yanada qadimiyroq sanani (95 000 va 125 000 yillar) ko'rsatgan. Gor makon qalin madaniy qatlami unda ibtidoiy kishilar uzoq muddat istiqomat qilganliklaridan dalolat beradi.
Gordan topilgan suyaklarning yarmidan ko'progini yovvoyi echkilarga tegishli. Shuningdek, tog echkisi (kiyik), bugu, qo'y, cho'chqa suyaklari ham mavjud. Bu yerda yashagan kishilar asosan tog echkisiga ov qilishgan. Topib o'rganilgan tosh kurollarining aksariyatini kremniylashgan toshdan yasalgan prizmasimon, ya'ni protoprizma texnikaga asoslangan turli qurollardan iborat. qurollar hududdagi kremniylashgan mahalliy tosh zahiralariga ishlov berish imkoniyatlariga mos holda ko'chirib olingan uchrindilar nisbatan ancha qalin bo'lib, ularning ba'zilariga qayta ikkinchi marta ishlov berilgan. Asrimiz boshlarida A.P.Drevyanko rahbarligidagi ekspedisiya hodimlari tomonidan arxeologik qazishmalarida zamonaviy qiyofadagi qadimgi odamlarga tegishli suyak qoldiqlarini topib o'rganishga muvoffaq bo'lishgan.
Muste davrining bunday turdagi makonlaridan Tojikiston Respublikasi Vaxsh tog tizmalarining janubi-garbiy qismida joylashgan Ogzikichik gori muhim yodgorliklar sirasiga kiradi. gordagi madaniy qatlam 1 m. ni tashkil etadi. Bu erdan qayroq toshdan ishlangan qurollar: plastinkalar, o'tkir uchli qurollar, parakchalar va qurol sifatida ishlatilgan uchrindilar, pichoq, qirish, kesish, teshish maqsadlarida foydalanilgan tosh parchalari qazib olingan. Bu qurollarning aksariyati retushlangan.
Ochiq turdagi makonlar sirasiga Vaxsh vohasida joylashgan Qorabura va Oqjar yodgorliklari tegishli. Qorabura joy-makonidan juda ko'p tosh parchalari va Mehnat qurollari topilgan bo'lib, ularning yarmi qurol yasash maqsadida o'zakdan ko'chirib olingan mayda bo'laklardan iborat. Ular nukleuslar, uchrindi, uchli paykonlar. Nukleuslarning asosiy qismini bir tomonli gardishsimonlilar va kamchilik qismini esa ikki tomonli gardishsimonlari va protoprizma shaklga ega bo'lganlari tashkil etadi. Tosh qurollar orasida ayniqsa, chopper va choppinglar ham ko'p uchraydi.
Qirgizistonning muste davriga oid makonlari ham nisbatan yaxshi o'rganilgan. Bu erdagi Tossor va Georgiy do'ngligi kabi yodgorliklari muste davrining mashhur makonlari sanaladi. Tossor tosh qurollari muste davrining so'nggi bosqichi va so'nggi paleolitning ilk bosqichlariga oid. Georgiy do'ngligi mehnat qurollari yuqori pleystosenning boshlanish davriga oid. Janubiy Qirgizistondagi Isfara daryosi vodiysidagi Ho'jagayir degan joydan ham muste davriga oid manzilgoh topilgan. U yerdan toshdan yasalgan-parrakchalar, qirgichlar, pichoqsimon qurollar, nukleuslar, sixchalar topilgan.
So'nggi paleolit. So'nggi paleolit davrida muzlikning oxirgi (vyurm yoki valday) bosqichga togri keladi. Bu davr davomida ibtidoiy jamoa a'zolari yangi yerlarni o'zlashtira borib yer yuzining barcha hududlariga (Amerika va Avstraliya) tarqalib bo'ladi. Eng muhim yangilik insoniyat qiyofasidagi o'zgarishlarning sodir bo'lishi edi. Zamonaviy qiyofadagi odamlar-xoma sapiens sapiens, ya'ni kramanyon turidagi odamlarning shakllanishi bilan antropogonez jarayoni nihoyasiga etadi. Kishilik jamiyati taraqqiyotidagi bunday muhim o'zgarish ularning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidagi dastlabki tub burilish davrining boshlanishi hisoblanardi.
Ongli odamning paydo bo'lishi jamiyat hayotining barcha sohalarida muhim o'zgarish va yangiliklarning sodir bo'lishi bilan davom etadi. Moddiy madaniyat o'zgarishlaridan toshga ishlov berishning prizma texnikasi paydo bo'ladi. Prizma shaklli nukleuslardan yupqa va uzunroq tosh bo'laklarini (plastinka) ko'chirib olish qulay bo'lib, ilgargiga tosh qurollarga nisbatan tigi o'tkir va ixcham tosh qurollarini yasash imkoniyatini yaratadi. Prizmasimon nukleuslardan sindirib olingan tosh bo'laklari ko'pincha ikkilamchi ishlov berish-retushlashga zarurat qolmaydi.
Ibtidoiy kishilarning sun'iy uy-joylarni qurish amaliyotini o'zlashtirishi natijasida ularning yashash sharoitlari yaxshilanib bordi. Ibtidoiy kishilar faqat tog va tog oldi hududlarida yashab qolmasdan keng vodiylar bo'ylab tarqala boshladi.
Ongli inson tafakkurining takomillashib borishi bilan tabiat sirlarini anglashga bo'lgan harakat amaliy tajribalarining ortib borishiga sabab bo'ladi. Inson ongidan tashqaridagi kuchlar togrisida tasavvurlar paydo bo'lishi bilan ibtidoiy diniy qarashlar shakllanib bordi. Bunday qarashlar bir jihatdan ibtidoiy tasviriy san'atning vujudga kelishiga ham turtki bo'ldi.
So'nggi paleolit muste davriga nisbatan yaxshi o'rganilmagan, mavjud joy-makonlar soni ham kamchilikni tashkil etadi. Bu davr kishilari faqat gorlardagina yashamasdan, vodiylar va daryo bo'ylariga ham tushib kelib kun kechira boshlaydilar. Shuning uchun bu davrga oid makonlar tabiat hodisalari oqibati va keyinchalik yerlarning o'zlashtirilishi natijasida ularning madaniy qatlamlar yo'qolib, hozirgi paytda saqlanib qolmagan. O'rta Osiyoda so'nggi paleolit davri mil.avv. 40/35-12 ming yilliklar doirasida sanalanadi. O'rta Osiyoning barcha hududlarida joylashgan arxeologik yodgorliklarda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqot natijalariga asoslangan olimlar butun mintaqaning butun davrga oid arxeologik majmuasini bosqichlarga ajratishga harakat qilishgan. Masalan, arxeolog olim V.A.Ranov so'nggi paleolit davrining quyidagi to'rtta variantini ajratib ko'rsatadi: Qorakamar, Ho'jagor, Samarqand, Ko'lbuloq.
Toshkent vohasida so'nggi paleolit davriga oid Ko'lbuloq joy-makoni va Obirahmat gor makonlari tegishli bo'lib, ularning har ikkisi o'zidan oldingi muste davrining davomida rivojlanib, moddiy madaniyat xususiyatlarini saqlab qoladi. Ko'lbuloq joy-makonining yuqoridagi uchta madaniy qatlami so'nggi paleolit davriga oid bo'lib, tosh qurollari ishlanish usuliga ko'ra muste davridagidan farq qilmaydi.
Samarqand makoni. Samarqand manzilgohi shahar markazida Siyobcha soyining o'ng soxilida joylashgan. Makonning madaniy qatlami joylarda 3-4 va 3-7 metrdan iborat. Makondan 75 mingga yaqin tosh qurollar topilgan. qurollarning ko'pchiligi chaqmoqtosh, diorit, amfibolit kabi tosh jinslaridan yasalgan. Tosh qurollar uchun xom-ashyo 7-8 km. shimolda joylashgan Cho'pon ota, degan joydan olib kelingan bo'lishi mumkin. Toshdan yasalgan Mehnat qurollari qirgich, keskich, sihchalar, pichoqlar, gardishsimon nukleuslar, uchrindilar, ushatgichlar, boltalar va yupqa parrakchalardan iborat. Bular orasida hayvon terilariga ishlov berish uchun mo'ljallangan qirgichlar, teshgichlar va suyakdan yasalgan mehnat qurollari ham ajralib turadi. Ayniqsa, topilmalar orasida 16 sm. tosh bolta, tesha vazifasini bajaruvchi toshdan yasalgan qurol diqqatga sazovor. Bunday topilma boshqa manzilgohlardan uchramaydi. Makonda ibtidoiy odamlar yashagan chaylalarning izlari ham uchraydi. Chaylaning umumiy maydoni 100 metr kvadratni tashkil etadi. M.J.Jo'raqulov Samarqand makonini so'nggi paleolit davrining o'rta bosqichiga oidligini ta'kidlaydi. Lekin, tadqiqotchi arxeolog N.Hushvaqtov tosh qurollarini shakllariga asosan so'nggi paleolitning oxirlariga qadar yoshartirish taklifini bildiradi. Makondan topilgan odam suyaklari 25 yoshlardagi zamonaviy qiyofaga ega bo'lgan ayol jinsiga tegishli elka suyak, pastki jagining 9 ta tishi va boshqa tishlaridan iborat. Keyinchalik birinchi topilmaga o'xshash 35 yoshlardagi erkak yoki ayol jinsiga tegishli bo'lgan 10 ta tishi saqlangan pastki jag topilgan.
Qorakamar varianti Shimoliy Afgonistonning shu nomdagi yodgorligi asosida belgilangan. Turkmanistondagi Krasnovodsk yarim orolida joylashgan Yangaja II ustaxona-makoni Qorakamar variantiga mos keladigan yodgorlik hisoblanadi. Bu makondan nukleuslar, uchrindilar, parrak va parrakchalar, teshgich, keskich va boshqa tosh qurollari topib o'rganilgan. Ular orasida nukleussimon qirgichlarning ahamiyati yuqori bo'lib, ularga oxshash qurollar Falastinning so'nggi paleolit davriga oid yodgorliklarining quyi qatlamidan ham topib o'rganilgan.
Tojikistondagi Ho'jagor makonidan esa oq, qora va ko'k rangdagi chaqmotoshlardan yasalgan mehnat qurollari majmuasi topib o'rganilgan. Bu tosh qurollar nukleus, qadama, plastinka va boshqalardan iborat. Bulardan tashqari mahsus Mehnat qurollari: parmalagich, teshgichlar ham topib o'rganilgan.
Tojikiston Pomir tog tizmasidan Darvoza togining garbiy qismidagi daryo vohasida ko'p qatlamli Shugnou joy-makoni joylashgan. Bu makonda to'rtta madaniy qatlam aniqlangan. Makonning umumiy maydoni 500 metr kvadrat bo'lib, madaniy qatlamlar nisbatan kichrayib boradi. Birinchi va ikkinchi madaniy qatlamlarda olovdan kuygan tuproq izlari aniqlangan. Uchinchi madaniy qatlamdan esa ibtidoiy jamoa kishilarining ish joyi o'rni aniqlangan. To'rtinchi madaniy qatlamda yashash joylari bo'lmagan. Olov qoldiqlari makonda odamlar uzoq yashamaganliklaridan dalolat beradi. Mehnat qurollariga ko'ra manzilgoh bu erda yashagan ovchi qabilalarining mavsumiy manzili bo'lganligidan guvohlik beradi. Shugnoudan topilgan barcha tosh qurollarni uch (1-madaniy qatlam, II-madaniy qatlam, III-madaniy qatlam) guruhga bo'lish mumkin. Birinchi madaniy qatlamdan ko'p sonli plastinka, nukleus-qirgichlar topilgan. Mehnat qurollari bir xilda: keskich, plastinka, retushli parrakchalar va boshqalar.
Ikkinchi madaniy qatlamda plastinkalar kopchlikni, nukleuslar esa kamchilikni tashkil etadi. Ammo, qirgichlar, ushatgichlar, keskichlar soni ko'payadi. III va IV- madaniy qatlamida esa kam sonli plastinka va nukleuslar topilgan. Bu esa pastki ikki madaniy qatlamning yoshi o'rta paleolit davriga oid ekanligidan dalolat beradi.
Asrimiz boshlarida O'zMU arxeologiya kafedrasi R.H.Suleymanov rahbarligida Kolorado universiteti (AQSH) antropologiya departamenti xodimlari bilan hamkorlikda Qashqadaryo vohasi hududida tadqiqot ishlarini olib borib, Oyoqchisoyning yuqori qismida Angillak gor-makonida qazishma ishlarini olib bordi. Qazishma davomida tosh qurollari, paleozoologik va paleoantropologik topilmalar aniqlangan. Tosh qurollari kvars va qayroqtoshlardan iborat. Bu yerdan odam oyogining kaftidan iborat bir nushadagi suyak topilgan. Radiokarbon tekshirish natijalariga ko'ra gor-makon madaniy qatlami mil.avv. 42-26 ming yillikga tegishli bo'lgan.
O'rta Osiyoning bu davrga oid manzilgohlarida oldingi davrga nisbatan hayvon suyaklari qoldiqlari ko'plab uchraydi. O'rta Osiyoning so'nggi paleolit davriga oid ko'pgina makonlarda hayvon suyaklari ko'proq uchraydi. Masalan, Shugnou makonidagi ochoqlar yonida ot, ho'kiz yoki bizon, qoy echkilarning suyaklari topib o'rganilgan. Samarqand manzilgohida ham hayvon suyaklari ko'plab uchraydi. Bu yerdagi suyaklarning ko'pchilligini ot, so'nggi paleolit davri eshagi, ibtidoiy turlarniki tashkil etsa, tuya, Buxoro bugusi, kam sonli cho'l qoyi, jayron, toshbaqa, bo'ri va qushlarning suyaklari aniqlangan. Bu hududda cho'l, to'qay, tog va tog oldi hududlarga mansub hayvonlar ko'p bo'lgan. Ko'lbuloqdan topib o'rganilgan suyaklar bugu, ot, sirtlon, yovvoyi qoylarga tegishli.
Umuman olganda yer sharida yashovchi aholi turli tabiiy sharoitdan kelib chiqib, mahalliy sharoitga moslashgan hayvonlarni ov qilish va terib termachilik bilan kun kechirishgan. O'rta Osiyo hududidagi makonlardan topib o'rganilgan yavvoyi hayvon suyaklari ularning turi xilma-xilligidan dalolat berib, ibtidoiy kishilar hayotida ovchilikning ahamiyati yuqori bo'lganligidan dalolat beradi.

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin