Sarazm madaniyati



Yüklə 38,34 Kb.
səhifə1/2
tarix13.12.2023
ölçüsü38,34 Kb.
#175320
  1   2
Sarazm madaniyati


Mavzu : Sarazm madaniyati.
Sarazm madaniyati - Sarazm madaniyati Zarafshon daryosining yuqori oqimida shu nomdagi manzilgoh nomi bilan mashhur bo’lgan eneolit va bronza davrlariga oid madaniyat.
Uning asosida keyinchalik Sarazm qishlogʻi tarkib topgan. U Zarafshon daryosining togʻlar orasidan keng vodiyga chiqish joyida, Oyimkoʻl yonida joylashgan. Sugʻdshunos olim V.A.Livshitsning fikriga koʻra, "Sarazm" atamasi sugʻdcha "sarizamin", yaʼni "yerning boshlanishi", "vohaning boshlanishi" demakdir. Yodgorlik yassi tepachalar koʻrinishida, 100 gektarga yaqin joyni egallagan. Unda 1976 - yilda Abdulla Isoqov tomonidan tadqiqot ishlari olib boriladi. Arxeologik tadqiqot natijalariga qaraganda, Sarazm Zarafshon vodiysining eng qadimiy bobo dehqonlari maskani boʻlib, bu joyda hayot eneolitning rivojlangan bosqichidan to ilk jez davriga qadar (yaqin 1,5 ming yil) davom etgan.
Sarazmda 7 yil davomida arxeologik qazish ishlari olib borildi va 10 nuqtada qadimiy qishloq hayotining davomiyligini oʻrganish uchun shurflar qazildi. Natijada yodgorlikda 4 ta tarixiy bosqich aniqlandi. Qazishma natijalariga ko’ra manzilgohda hayot ketma - ket to’rt bosqichda davom etgan. Ulardan dastlabki ikki bosqichi eneolit davriga tegishli bo’lsa, keyingi ikki bosqichi bronza davrlari bilan sanalanadi. Shunga ko’ra radiokarbon tekshirish tahlili natijalari asosida Sarazm I - mil.av. 3900 - 3300, Sarazm II - mil.av. 3300 - 3000, Sarazm III - mil.av. 3000 - 1300, Sarazm IV esa mil.av.1300-1800 yilliklar bilan sanalangan. Mazkur o’lkada eneolit davrining ilk bosqichlariga oid o’troq dehqonchilik manzilgohlari aniqlanmagan.

Sarazm I bosqichiga oid madaniy qatlamlardan topilgan sapol idishlari Janubiy Turkmanistonning Geoksur vohasidagi Anov II bosqichiga oid sapollari bilan aynan bir xil. Qo’lda yasalgan sapol idishlarining sirtiga qizil va qora rangdagi bo’yoqlarda geometrik naqshlar berilgan. Shuningdek, misdan yasalgan qurollar topilgan. Bu qatlamdan jamoa a’zolarining ko’p xonali uylarning o’rni ochib aniqlangan. Ikki, uch xonadan iborat kichik oilalarga mo’ljallangan uylar ham mavjud. Oshxona va xo’jalik maqsadlarida foydalangan xonalar ularning tarkibida bo’lgan. Yashash xonalarida aylana shakldagi o’choqlar joylashgan. Bu turdagi o’choqlar Janubiy Turkmanistondagi Geoksur vohasi yodgorliklarning Anov II bosqichiga oid qatlamlarida ham keng tarqalgan edi. Imoratlar guvala va paxsadan barpo qilingan. Uy - joy imoratlarining atrofi yupqa devor bilan o’rab olingan. Umuman, Sarazm yodgorligidan topib o’rganilgan moddiy topilmalarning guvohlik berishiga Zarafshon vohasi qadimgi dehqon jamoalari rivojlangan eneolit davrining boshlarida janubdan kelgan aholi tamonidan degan xulosaga kelish mumkin. Chunki Turkmaniston hududida madan zahiralari uchramaydi. Qadimgi jamoa hayotida madanlarning ahamiyati yuqori bo’lgan. Shuning uchun Sarazm yodgorligi janubdan o’troq dehqonchilikni o’zlashtirgan aholi tomonidan asos solingan. Bundan tashqari moddiy topilmalarida Eron, Afg’oniston va Kaltaminor madaniyatlariga o’xshashlik mavjud. Bu eneolit davri qabilalari o’rtasida doimiy madaniy - iqtisodiy aloqalar bo’lganligidan dalolat beradi. Yuqori Zarafshon daryosi bo’yida joylashgan Sarazm (Sarazm I, II) so’ngi mis - tosh davriga oid bo’lib, moddiy topilmalar uni alohida guruhlarga ajratish imkonini bermaydi. Zarafshon vohasidagi Sarazm I dan topib o’rganilgan sapol idishlari Anov II bosqichi bilan qiyoslanib, mil. av. IV ming yillikning oxirlari bilan sanalangan. Lekin, keyingi yillarda amalga oshirilgan radiokabon tekshiruvlari natijalariga ko’ra ushbu madaniy qatlamning mutloq sanasi mil. av. 3900 - 3300 yilliklarga tegishli ekanligini ko’rsatgan. Shunga ko’ra Janubiy Turkmanistonda eneolit davrining quyi sanasi kamida V ming yillikning o’rtalaridan (Anov I bosqichi) shakllana boshlagan, degan fikrni ilgari surish mumkin.

Yüklə 38,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin