Sarazm II bosqichida manzilgoh keng o’zlashtiriladi. Qazishmalar natijasida 8 ta aholi mahalladan tashkil topgan 36 ta uy - joy xonalarining o’rni ochib o’rganilgan. Yashash, xo’jalik va diniy e’tiqod maqsadlarida foydalanilgan xonalardan iborat alohida oilaga tegishli xonadonlar hovli va kosalar orqali o’zaro ajralib turgan. Qurilishda paxsa, guvala, ayrim hollarda to’g’ri burchakli xom g’ishtlardan foydalanilgan. Devorlarning sirti samonsuvoq qilingan. Ba’zi xonalarda diniy maqsadlarda foydalanilgan aylana shakldagi o’soqlar joylashgan. Qazish jarayonida xona devorlarining sirtiga tasvirlar berilganligi aniqlangan. Qo’lda yasalib, sirtiga qizil va qora rang bo’yoqlarda naqshlangan berilgan sapol idishlar tayyorlash an’anasi davom etadi. Ikki tamonlama pardoz qilingan sarg’ish rangli tag ustida berilgan naqshli sapol idishlar bilan birgalikda naqshsizlari ham keng tarqaladi. Shuningdek, tag qismi usli qilib, o’rtasida siziqlar bo’ylab romb shakllari tasviri tushirilgan sapol idishlari ham ajralib turadi. Tadqiqotchi olimlarning xulosalariga ko’ra bu turdagi sapol idishlari Kaltaminor madaniyatining bosqichiga xos bo’lgan. Toshdan xo’jalik maqsadlarida foydalanilgan anjomlar: to’qimachilik dastgohi toshi, kelitosh va boshqalar aniqlangan. Bu bosqichda misdan yasalgan anjomlar soni ko’payadi.
O’rta Osiyoning boshqa hududlarida eneolit ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlariga ko’ra neolit davri shaklida rivojlanish davom etgan o’tkir uchli yoki dumaloq taglik sopol idishlar yasash an’anasi saqlanib qoladi. Sopol idishlar to’lqinsimon, to’g’ri chiziqlar bilan keyinchalik uchburchak va romb shakllaridagi naqshlar bilan bezatilgan.
Sarazm IIIdavrida ijtimoiy harakterdagi monumentalbinolar paydo boʻladi. Ular urugʻ jamoalarining maʼmuriy bino va ibodatxonalaridan iborat edi. Bu davrda patriarxal oila hovli joylari kengayadi , bu hovlilar maydonida kulolchilik xumdonlari va metallni eritish ustaxonalari paydo bo’ladi. Kulolchilikda ichi va sirtiga sayqal berilgan sopollar keskin kamayadi. Ularning oʻrnini mahalliy anʼanaviy shakldagi naqshlar egallaydi. Mahalliy naqshlar bilan ibodatxonalarning devorlarini bezash odati vujudga keladi. Bu bosqichda mahalliy xomashyo bazasida metall eritish va metalldan turli xil qurollar yasash kuchayadi. Shunday qilib, qadimiy sarazmliklar ijtimoiy va iqtisodiy hayotida tub oʻzgarishlar yuz beradi.