Ilk eneolit. Bu davr uchun uchta arxeologik kompleks xos bo'lib, ulardan dastlabkisi hisoblangan Anov 1A Joytun madaniyatining so'nggi bosqichlarida garbidan bir guruh otroq dehqon jamoasining mahalliy hududga kelib joylashishi natijasida paydo bo'lgan. Joytun madaniyatining vorisi sanalgan Nomozgoh 1 majmuasini Anov 1A ning 3-4 metrdan iborat madaniy qatlamlar qoplab olgan.
Bu davr arxeologik yodgorliklari hududiy jihatdan moddiy madaniyati ayrim alomatlari, xususan, sopollarining sirtiga solingan naqshlarining turlariga ko'ra sezilarli darajada farq qiluvi garbiy va sharqiy guruhlari ajratib ko'rsatilgan. Garbiy guruhdagi sopollarining sirti qizil tag ustiga toq va qora rangdagi naqshlar solingan bo'lsa, sharqiy guruh sopollari sirtiga esa, shu rangdagi naqshlar qizgish sariq yoki yorqin tag ustiga solingan ekan. Sopol idishlari mayda qum qoshilgan loydan yasalib, sirtiga angob surtilgan va bir tekis pishirilgan. Sopol buyumlar sirti ayrim hollarda pardoz qilingan.
Nomozgoh 1 bosqichi yodgorliklari esa garbiy markaziy va sharqiy guruhlarga bo'linadi. Yodgorliklarning madaniy qatlamlari yodgorliklarda 3 metr (Geoksur), 5 metr (Oltindepa) dan iborat.
Ilk eneolitning (Anov 1A) birinchi bosqichida aholi uy-joylari neolit davri Joytun imoratlari qurilish an'anasining davomida ayrim qo'shimchalar bilan boyitilgan tartibsiz joylashgan imoratlardan iborat bo'lgan. Bu bosqichga oid uy-joy imroatlarining o'rni Monjuqlidepa yodgorligida yaxshi o'rganilgan. Manzilgohning o'rtasidan kesib o'tgan markaziy ko'cha bo'ylab uy-joy imoratlari tartibsiz joylashgan. Imoratlar togri to'rt burchak gishtlardan barpo etilgan bo'lib, asosiy qismini yashash xonalari tashkil etadi. Yashash uchun mo'ljallangan uylarning bir tomonida xojalik ochogi joylashgan.
Manzilgohning keyingi (Anov 1A) qurilish davridan ko'p xonali uy-joy imoratlari barpo etila boshlaydi. Imoratlar odatda uy-joy va xojalik maqsadlarida foydalanilgan xonalardan tashkil topgan. Ayrim yashash xonalarining devorlari ichki tomondan qora va qizil boyoqlarida solingan geometrik naqshlar aniqlangan.
Ilk eneolit (Anov 1A) davrida misdan keng foydalanila boshlanadi. Misdan yasalgan buyumlardan sanchqi bigizlar koproq uchraydi. Ikki tomonlama tigga ega bo'lgan pichoq nusxasi muhim o'rin tutadi. Keyingi (Anov 1A) bosqichida esa misdan yasalgan nayza uchi paydo bo'ladi. Loydan yasalgan zoomorf va antropomorf, xususan ayollar haykalchalari, terrakotik urchuqboshlar ko'plab uchraydi. Hayvon tasvirli haykalchalar va o'ynash uchun mo'ljallanganin soqqalari neolit davri an'analari davomi sifatida bosqichning ilk davrlari uchun xos bo'lgan.
Tosh qurollaridan ko'pincha qadama sifatida ishlatilgan geometrik shaklidagi chaqmoqtoshli mikrolitlar tashkil etadi. Shuningdek, toshlardan narsalarni, xususan, boshoq donlarini tuyish, ezish va yanchish uchun yorguchoq, keli tosh, motiga uchi va bosh qurollar sifatida foydalanilgan.
Anov 1B yoki NMZ 1 bosqichida otroq dehqon jamoalari yangi erlarni o'zlashtirishib, otroq dehqonchilik hududi kengayib boradi. Ushbu bosqichning oxirlaridan boshlab aholi Geoksur vohasi tomon siljib borib manzilgohlariga asos solishadi. Bu davr uchun birinchi turdagi kichik manzilgohlar faoliyat yuritib, ular maydonining kengayib borishi bilan bosqichning oxirlarida ikkinchi guruhdagilari shakllanadi. Mazkur davrga oid taxminan 30 dan ortiq arxeologik yodgorliklar qayd qilingan.
Aholi yashash uy-joy imoratlarining xonalari soni ko'payib boradi. Ular kichik oilaga tegishli bir xonali uylardan tortib, katta patriarhal oila yashaydigan ko'p xonali uy-joy majmualaridan iborat.
Sopollari loyiga samon aralashtirilib, qalin qilib yasalgan buyumlardan iborat. Ular qizil yoki ko'kimtir oqish taglik ustiga qoramtir-jigar rangda berilgan geometrik shaklli monoxrom naqshlardan iborat. Buyumlar tuvaksimon chuqur tovoq, shokosa, kosa va kichik kosa yoki piyollardan iborat.