Ayollar shimini tikish



Yüklə 64,77 Kb.
tarix18.10.2022
ölçüsü64,77 Kb.
#65372
Ayollar shimini tikish


Ayollar shimini tikish
Shim hozirgi paytda ayollar kiyimining keng urf bo‘lgan turi hisob- lanadi. Shim modellari juda xilma-xil. Shimning bichimi, shakllari va bezaklari zamonaviy moda yo‘nalishiga qarab o‘zgarib turadi. Hozirgi paytda shim tikish uchun an’anaviy gazlamalar bilan bir qatorda jin- si, chiyduxoba, tabiiy va sun’iy shoyi gazlamalar ham ishlatilmoqda. Shim taqilmasi old bo‘lagida yoki yon chokida ishlanishi mumkin, belbog‘i ulama yoki yaxlit bichilgan, pocha qismi manjetli yoki man- jetsiz bo‘lishi mumkin. Shimlarda turli xildagi qirqma, qoplama, yon choklarda yoki old va orqa bo‘laklarda joylashgan cho‘ntaklar tikiladi. Belbog‘ning ustki va ostki qavati avra gazlamadan, shuningdek, teskari tomoniga korsaj tasma yoki astarlik gazlama qo‘yib tikilishi mumkin. Shimning old bo‘laklari vazifasi va gazlamasiga qarab astarli yoki astar- siz bo‘lishi mumkin. Ayollarning hozirgi modadagi shimlari gavdaga har xil darajada yopishib turadigan, to‘g‘ri va pastga qarab kengaygan, kengayishi bo‘ksadan, sondan yoki tizzadan boshlangan, uzunligi tizza- gacha, boldirgacha tushadigan yoki uzun, tizzadan pasti alohida bichil- gan, old va orqa bo‘laklari koketkali bo‘lishi mumkin. Shimlarda bezak sifatida rangli baxyaqatorlar, shakldor cho‘ntaklar, kesimlar, kashta va applikatsiyalar, turli furnitura, biser va toshlardan foydalanilmoqda.
Model tavsifi (-rasm). Bo‘ksaga yopishib turadigan, ulama belbog‘li shim «molniya» taqilmasi chap tomondagi yon chokida joylashgan, belbog‘ qirqma petla va tugma bilan takilgan bo‘ladi. old va orqa bo‘laklarning yuqori qismi vitachkali, shim pochasi manjetsiz, bukma chok bilan ishlangan. shimni jun, yarim jun va lavsanli gazla­malardan, shuningdek, qalin iр gazlamalardan tikish mumkin.
Andazani gazlamaga joylashtirish va bichish (-rasm). shimni bichish uchun gazlama uzunasiga ikki buklab to‘shaladi. Gaz­lama enli bo‘lsa old va orqa bo‘laklarning andazalari yonma-yon qo‘yiladi, agar gazlama ensiz bo‘lsa, uzunasiga ketma-ket joylashtirila­di, bunda andazalarda belgilangan o‘rta chiziqlar gazlamaning bo‘y iрi yo‘nalishiga mos tushishi kerak. Andazalar gazlama eniga joylashmasa, orqa bo‘lak odim qirqimining yuqori qismiga uloq tushirish mumkin.
Andazalarning konturlari bo‘yicha kerakli chok haqlari qo‘yib, bo‘rlab chiqiladi va de- tallar bichib olinadi. Bichilayotgan paytda bel- gilangan joylarga nazorat belgilari - kertimlar berib ketiladi.
Bichiq detallari: old bo‘lak - 2 dona, orqa bo‘lak - 2 dona, belbog‘ (ikki qismdan iborat) -

  1. d ona.








Ishlov berish ketma-ketligi. Shimning old va orqa bo‘laklarining o‘rta chiziqlari, vitachkalari, nazorat belgilari detallarning ikkin­chi bo‘laklariga salqi qaviqlar yordamida ko‘chiriladi. Shimning orqa bo‘lagida uloq bo‘lsa, uni asosiy detalga ulashdan oldin qir- qimlarini maxsus mashinada yo‘rmab chiqiladi. Keyin uloqlarni orqa bo‘laklarning o‘ng tomoniga o‘ngini qaratib qo‘yib, 1,0 santimetr keng­likda chok solib, ulab tikiladi, choklar yorib dazmollanadi. Shimning vitachkalari, yon va odim choklari va o‘rta choklari qo‘lda vaqtincha biriktirib olib, gavdaga kiydirib ko‘riladi, nuqsonlari bo‘lsa, tuzatishlar kiritiladi, choklarni biriktirib turgan vaqtinchalik qaviqlar so‘kib tashla­nadi. Shim old va orqa bo‘laklaridagi vitachkalarni tikishda, vitachkani belgilangan o‘rta chizig‘i bo‘yicha bukib, yuqori qirqimidagi nazorat belgilar to‘g‘ri keltiriladi, vitachkaning yon tomoni bo‘yicha, yuqori qirqimidan boshlab, chokni tobora yo‘qota borib, baxyaqator yurgizila­di, baxyaqator boshlanishi va oxiri puxtalab qo‘yiladi.
Shundan so‘ng shim bo‘laklarini namlab-isitib ishlov berishga kirishiladi. Namlab-isitib ishlov berish shim tikishdagi ma’suliyatli ja- rayon hisoblanadi, chunki tayyor shimning sifati shunga bog‘liq. Nam­lab-isitib ishlov berish vitachkalarni dazmollashdan boshlanadi (- rasm). Old bo‘laklarning tizzadan pastroq qismida botiq chiziq hosil qi­lish uchun, ikkila old bo‘lak o‘ng tomonlari ichkariga qaratib qo‘yiladi, qirqimlari tekislanadi, pastki qirqimini chap tomonga, yon qirqimini esa ishlovchiga qaratib qo‘yiladi. Yon qirqimini namlab, bo‘laklarning pastki qismini chap qo‘l bilan asta-sekin odim qirqimi tomonga sura



b orib, o‘ng qo‘lda dazmolni yon qirqim bo‘ylab yon tomonga qaratib pastlatib borib harakatlantiriladi. Tizza chizig‘idan pochagacha bo‘lgan oraliqda hosil bo‘lgan salqilik kirishtirib dazmollanadi. Shim old bo‘lagining odim qirqimi ham xuddi shunday usulda cho‘zib dazmol­lanadi. Keyin old bo‘laklarining ostki tomonini ustiga ag‘darib, shim- ning ikkinchi bo‘lagi tomonidan namlab-isitib ishlov berish takrorla- nadi. Shim pochasidan boshlab yuqori tomonga tizza chizig‘igacha yon va odim qirqimlari to‘g‘ri keladigan qilib, tizza chizig‘idan boshlangan bukilgan joyi esa yuqoridagi vitachkaga to‘g‘ri keladigan qilib, shim bo‘laklari uzunasiga buklanadi. Shim old bo‘lagi bukilgan joyining tizza chizig‘idan pastki qismi yana bir marta kirishtirib dazmollanadi.
Shim orqa bo‘laklarining o‘ng tomonlarini bir-biriga qaratib qo‘yib, qirqimlari tekislanadi. Detallarning yon qirqimini ishlovchiga qaratib, pastki qirqimini o‘ngiga qaratib qo‘yiladi. Tizza chizig‘idan pochagacha yon qirqim kirishtirib dazmollanadi, keyin orqa bo‘laklar odim qirqimini ishlovchiga, pochasini esa o‘ngga qaratib aylantirib, odim qirqimi ham, yon qirqimi ham kirishtirib dazmollanadi. Orqa bo‘lakka namlab-isitib ishlov berishni davom ettirib, odim qirqimi tizza chizig‘idan boshlab yuqori to­moni va o‘rta qirqimlari namlanib cho‘zib dazmollanadi. Dazmol tizza chizig‘idan boshlab yuqoriga odim qirqimi bo‘ylab yuritiladi, ayni vaqtda odim qirqimlarining yuqori qismini ishlovchidan nari tomonga qirqimlar to‘g‘ri chiziq tashkil etadigan qilib surib turiladi. Shim bo‘laklari hola- tini o‘zgartirmasdan turib, eng botiq joylardagi o‘rta qirqimlar cho‘ziladi. Keyin bo‘laklarni aylantirib olib, namlab-isitib ishlov berish boshqa de­tal tomondan takrorlanadi. Hosil qilingan shaklni barqaror qilish uchun orqa bo‘laklarni, ularning yon va odim qirqimlari tizza chizig‘idan pocha- sigacha bir-biriga to‘g‘ri keladigan va ishlovchiga qarab turadigan qilib, uzunasiga yuqori qirqimlarini chapga, odim qirqimlarini yuqoriga qaratib buklanadi. Pastki qirqimlari tekislanadi. Shundan keyin bukish chizig‘ini o‘rta qirqim yuqori qismiga tomon yo‘naltirib, bel chizig‘iga 5,0-7,0 santimetr yetkazilmaydi. Tizza chizig‘idan pastroq oraliqda bukilgan joy cho‘ziladi hamda odim va yon qirqimlari kirishtirib dazmollanadi.
Shimning yon qirqimlarini biriktirayotganda old va orqa bo‘laklar o‘ngi tomoni ichkariga qaratib qo‘yiladi, qirqimlari va nazorat belgilari to‘g‘ri keltiriladi va qo‘lda ko‘klab tikib olinadi. Old bo‘lak bo‘ylab

  1. 0 santimetr kenglikda mashinada chok solib biriktirib tikiladi va chok yorib dazmollanadi. Odim qirqimlarini biriktirib tikishdan avval nazorat belgilari aniqlab olinadi. Buning uchun old va orqa bo‘laklar o‘ng to­monini ichkariga qaratib, nazorat belgilari bilan qirqimlarini bir-biriga to‘g‘rilab qo‘yiladi va ko‘klov qaviqlari bilan qo‘lda biriktirib olinadi. Old bo‘laklar bo‘ylab 1,0 santimetr kenglikdagi chok bilan biriktirib tikiladi va yorib dazmollanadi.

Old qirqimlar va o‘rta qirqimlar biriktirib ko‘klab olinadi. Bu­ning uchun shimning chap va o‘ng bo‘laklarining yuqori qirqimidagi bo‘rlangan chiziqlar, orqa bo‘laklardagi uloqlarning ulama choklari, old bo‘laklarning odim choklari va yuqori choklari bir-biriga to‘g‘ri keltiriladi. Detallarni to‘g‘ri sirma qaviq bilan biriktirib ko‘klab, uchlari puxtalab qo‘yiladi. O‘rta qirqimlar old qirqimlar bilan bitta baxyaqator yuritib biriktirib tikiladi. O‘rta chok pishiq va cho‘ziluvchan bo‘lishi kerak - buning uchun biriktirib tikayotganda cho‘zib turiladi, pishiq chiqishi uchun esa ikkita baxyaqator yuritib (ularni bir-birining ustiga tushirib) tikiladi. Biriktirma chok yorib dazmollanadi. Shim detallari- ni biriktirib olgandan keyin taqilma ishlov beriladi. Shimdagi taqilma chap yon chokning yuqorisida yoki old qirqim chizig‘ida bo‘ladi. Yon chokdagi taqilma turli xildagi «molniya» taqilmali bo‘lishi mumkin. «Molniya» taqilma yon chokdagi belgilangan joyga avval qo‘lda, keyin esa mashinada maxsus tepki yordamida biriktirib tikiladi. Shimning yuqori qirqimiga ham yubkadagi singari belbog‘ bilan ishlov beriladi. Kamartutgichlar bo‘lsa, ularning pastki uchi belbog‘ni ulash jarayonida pishiqlanadi. Kamartutgichlarni shimning yuqori qirqimiga perpen- dikular, o‘ngi tomonini ichkariga qaratib: old bo‘laklarda vitachkalar tepasiga, orqa bo‘laklarda esa yon choklar yoniga va bitta kamartut- gichni shim o‘rta chokiga o‘tqaziladi. Kamartutgichlarning yuqori uchi belbog‘ning yuqori qirqimiga puxtalanadi. Modelga ko‘ra shim pochasi manjetsiz qilib ishlov berilgan. Shim pochasini belgilangan bukish haqi bo‘yicha teskarisiga bukib, sirma qaviqlar yordamida qo‘lda ko‘klab olinadi va yashirin qaviqqator yuritib, qo‘lda tikib qo‘yiladi.
Shimni uzil-kesil pardozlash belbog‘ petlalarini yo‘rmalashdan boshlanadi. Shim bo‘r izlaridan va vaqtinchalik qaviqlar iplaridan to- zalanadi. Namlangan dazmollatta qo‘yib, shim o‘ngidan yaxshilab dazmollanadi va 30-40 daqiqa davomida osilgan holatda quritiladi.
Yüklə 64,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin