Ibragimova mubinaxon



Yüklə 24,02 Kb.
tarix26.02.2023
ölçüsü24,02 Kb.
#85714
bts 1.



QO’QON UNIVERSITETI

2 – KURS BOSHLANG’ICH TA’LIM
SIRTQI YO’NALISHI TALABASI
IBRAGIMOVA MUBINAXON

Boshlang’ich sinflarda uzbek tilini o’qitish metodikasi I
Fanidan

1-Mustaqil ish

Mavzu: Fonetika orfografiya orfoepiya va leksikalogiya bo’limlari yuzasidan matinni tahlil qilish.
Kirish:
Men tanlagan mavzuning dolzarbligi shundaki mustaqilligimizning ilk yillaridan boshlab t a'lim tizimi bugungi kunga kelib ozmi ko'pmi yutuqlarga erishmoqda. Ammo lekin globallashuv davrida jahonda ilm, fan, texnika va texnalogiyalar shiddat bilan rivojlanayotganini also ko'zdan qochirib bo'lmaydi. Ta'limda tizimini muntazam isloh etish o'qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish bugungi kunning eng dolzarb muamolaridan bo'lib qolaveradi. Ma'lumki ,yoshlarni shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishida o'quv-biluv jarayoni alohida o'rin tutadi.
Ta'lim - tarbiyaning davr talabiga mavjud - sharoitiga mosligi qonuniyati o'quvchi shaxsining modelidan, kelib chiqadi. Har bir fanni o'qitishda sinfdan tashqari ta'lim - tarbiya ishlari maqsadi o'quvchi shaxsini rivojlantirishga qaratiladi. Ta'lim tarbiya mazmuni metodlari,vositalari ham to'la ma'noda o'quvchi shaxsi imkoniyatlariga asosan belgilanadi. Bunda ta'lim-tarbiya maqsad, metod va vositalari o'zaro bog'liqligi qonuniyatga asoslanadi.
Asosiy qisim
Bugungi kunda zamonaviy ilm-fan yutuqlarini inobatga olgan xolda. O'quv dasturlari darsliklar va o'quv qo'llanmalari, o'qitish uslublarini yanada takomillashtirish kerak deb o'ylayman. Ta'limning barcha bosqichlarida zamonaviy texnalogiyalarning o'rni katta deb o'ylayman. Bugungi kunda tilga bo'lgan e'tibor kuchaymoqda shuni inobatga olgan xolda o'qitishning birinchi bosqichlaridanoq xorijiy tillarni o'rganishni kengaytirishimiz lozim. Marifatparvar olimimiz Abdulla Avloniy bundan yuz yillar avval aytgan “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo falokat masalasidir” degan iboralari ayni kunda ham o’z qimmatini yo’qotgan emas. Menimcha ta’lim muassasalarida o’qitiladigan barcha fanlardan tashqari o’quv mashg’ulotlarini ko’proq tashkil etish kerak. Ular asosida ta’lim oluvchilarning intelektual qobilyatlarini ham rivojlantirish kerak. Pedagogik va axborot texnalogiyalariga alohida e’tibor berishimiz lozim. Chunki xalqning savodxonligi mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil O'zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo'lishiga alohida e’tibor berilmoqda. Prezidentimiz I.A.Karimov kelajak avlodning savodxon, yuksak ma’naviyat egasi bo'lib yetishishlari uchun g'amxo'rlik qilmoqdalar. Misol uchun, l-sinfga qadam qo'ygan bolalarga barcha o'quv qurollarining sovg'a qilinishi, 2008-yilning „Yoshlar yili" deb atalib, shu nomli dasturning amalga oshirilishi.
Kelgusida ham rivojlangan mamlakatlar tajribalari chuqur o‘rganib, mamlakatimizga xos xususiyatlar, qadriyatlar, sharoitlar inobatga olingan holda kadrlar tayyorlash tizimini tubdan modernizatsiya qilishimiz kerak deb o’ylayman. Hozir oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan malaka oshirish, chet el professorlarini O‘zbekistonga olib kelib ma’ruza o‘qitish, bakalavr va magistr dasturlarini rivojlangan mamlakatlardagi o‘quv dasturlariga yaqinlashtirish ishlari olib borilsa va ularning darsliklari, o‘quv standartlari tajriba sifatida qo‘llanilsa bu albatta, yaxshi tashabbus va shu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirishimiz uchun turtki bo’ladi.
Xulosa
Men shu xulosaga keldimki ta’lim sifatini oshirishdagi mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etishda maqsad va vazifalarni aniq belgilash kerak. Buning uchun jaxonda tan olingan tajribalardan foydalanib axborot texnalogiyalarni pedagogik texnalogiyalar bilan uyg’unlashgan xolda qo’llash bo’lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi deb o’ylayman.
Yüklə 24,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin