29
هکوا روداوسر هدنمرش رلاوهآ نیدگنیرلازوک
مه هچنوم ومرولوب لاهش ناگید زوک روتیا قلخ
هکوا روداشفا هغیلها ناهج گنیفصو ازکه
نیس هاش نودیرف لثم هدیتخت تحلام یا
هکوا روداراد لارب ردنکس ایوگ گنیتمشح
رارقیب راگفا لد هتسخ بیتیا دای گنیکین مان
هکوا رودادیش اگنس ثعاب یتچآ لیت اگنیحدم
Joriy yozuvdagi nashrda mazkur g‘azal tushib qolgan
M
(Dilafgor)liq
1
rasmi jabhangda huvaydodur, uka,
Oshnoliq sha'ningda paydodur, uka.
Oy kabi jununingni raxshoni bu olam ahlig‘a,
Matla'i xurshidi olamdin muzayyodur, uka.
Suhbating bo‘lsa muyassar har kima,
Aylaganda lutfu alfozing muhayyodur uka.
Ey alifqomat, chekib shamshod naxlingni bu kun,
Ko‘rsatib qilg‘il xijil gullarni zebodur, uka.
Bog‘i husnung safhasida
misli rayhondur xatting,
Ko‘zlaringdin ohular sharmanda, rasvodur, uka.
Xalq aytur: Ko‘z degan shahlo bo‘lurmu muncha ham,
Hakazo vasfing jahon ahlig‘a ifshodur, uka.
Ey malohat taxtida misli Faridun shohsen,
Hashmating go‘yo Sikandar birla Dorodur, uka.
Nomi neking yod etib xasta dilafgori beqaror,
Madhinga til ochti boisi sanga shaydodur, uka.
T
Shu o‘rinda shoir Dilafgorning “Gulshani Dilafgor” to‘plami noshirlari
mashaqqatli va xayrli ishni amalga oshirganliklarini ta'kidlash xohlardik.
Mumtoz
adabiyotimiz an'analarining davomchilaridan biri bo‘lmish Dilafgor adabiy merosi
haqidagi to‘liq ma'lumotni ana shu to‘plamdan olish mumkin. Lekin nima
bo‘lganda ham ana shu to‘plam va shoir toshbosma devonini qiyosiy o‘rganish
natijalari joriy yozuvdagi nashrda ayrim kamchiliklar borligini ko‘rsatmoqda.
Masalan, shoirning:
Dilafgorliq rasmi jabhangda huvaydodur, uka,
Oshnoliq sha'ningda paydodur, uka -
deb boshlanadigan g‘azali, joriy yozuvdagi nashrdan umuman tushib qolgan.
Kuzatishlarimizdan ayon bo‘lishicha, “Gulshani Dilafgor”ning toshbosma
1
Мазкур байтда, негадир, “Дилафгорлиқ” сўзи “лиқ” сўзи билан бошланган.
30
nusxasida shoirning mazkur she'riga o‘xshash yana bir g‘azal mavjud. Mazkur
she'r:
Diydam uzra maqdamingiz naqshi po bo‘lsun, ukam,
Ko‘zlarimg‘a xoki poying surmaso bo‘lsun, ukam -
matla'li g‘azaldir. Nashrga tayyorlovchilar bu ikki she'rni bir-biridan adashtirganlar
yoki bu holga takror yozilgan she'r sifatida qaragan bo‘lsalar kerak.
Nimagadir,
ushbu she'r joriy yozuvdagi to‘plamga kirmay qolgan. Noshirlar to‘plamdagi
she'rlarni tabdil qilishda bir xil prinsipga tayanganidan bunday nuqsonlar yuzaga
kelgan bo‘lishi mumkin. Jumladan, Yakovlev nashrida:
G‘aribmen, benavoman, g‘am bila qadim duto, yo Rab,
Junun dashtida yotgan muztarib holim tabo, yo Rab, -
bayti bilan boshlangan she'r bo‘lsa, joriy yozuvdagi nashrda esa, Payg‘ambarimiz
(s.a.v.) vasf qilingan :
Zihi shohi arab, mohi ajam, ul sayyidi barno,
Xudo Qur'onda aydi vasfinga “Yosin” ilan “Toho”, -
baytlari bilan boshlangan na't-g‘azalni joylashtirilgan. Va, albatta, toshbosma nashr
bilan joriy yozuvdagi nashrdagi she'rlar ketma-ketlikda joylatirilmaganligi
natijasida yuqorida qayd qilingan “Dilafgorliq rasmi jabhangda huvaydodur,
uka...” g‘azali keyingi nashrga kirmay qolgan.
“Sir emas, buyuk o‘tmishga ega bo‘lgan millatimiz XIX asrga kelib tanazzul
jarayonini boshdan kechirdi.
Furqat Toshkentda yashar ekan, rus maktab-maorif
tizimini ko‘rib hayratlandi. O‘zimizniki bilan taqqoslab, taraqqiyotdan nechog‘lik
orqada qolganligimizni angladi. Taraqqiy etgan millatlar darajasiga ko‘tarish
zarurligini tushunib yetdi. Telefon, telegraf, gazeta, vistavka, elektr energiyasi kabi
o‘sha payt uchun yangilik hisoblangan hodisalarning millat hayotiga kirib kelishini
xohladi. “Jahon basti kushodi” – jahondagi barcha mushkulotlarni yechish yo‘li
ilm-ma'rifatda deb bildi. Shunga ko‘ra, ayrim tadqiqotlarda aytilganidek, chor
Rossiyasining mustamlaka siyosatini emas, rus xalqining o‘sha
paytdagi
yuksalishga yuz tutgan madaniyatini targ‘ib etdi. U Rossiyaning ilm-fan, sanoat
31
sohalarida erishgan yutuqlariga havaslandi. Shunday madaniy daraja,
shunday
yuksalish bizda ham bo‘lishini orzu qiladi”
1
.
Furqat orzu qilgan taraqqiyot mahsullari sirasiga telegraf, telefon,
fotografiyalar bilan birga purjinali kolyaska (brichka) ham kirar, mazkur purjinali
kolyaskada sayr qilish mahalliy aholiga ham bir olam zavqu shavq bag‘ishlagani
sir emas. Taraqqiyparvar shoir Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat mazkur
tamaddun samaralarining yurt hayotida jiddiy o‘zgarishlar yasashini bilgan edi.
Furqat g‘azaliga muxammas bog‘lagan shoir Dilafgor ham quyidagi g‘azalida o‘z
salafi g‘oyalarini davom ettirib, bog‘u rog‘larga bahor nafasi to‘lganda purjinali
kolyaskada sayr qilishni ixtiyor etgan bo‘lsa ne ajab:
Naylayki, qildi bizni husniga
mahvu shaydo,
Bir ko‘rmasam jamolin yo‘qtur qaror aslo,
Bo‘ldi bahor sabza, xushrang ko‘hu sahro,
Shul orzu ikovlon qilsak ekan tamosho,
Purjinalik kilosga (kolyaskaga) birga tushub shirillab.
Ushbu bandning joriy yozuvdagi variantida
Dostları ilə paylaş: