Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

Takrorlash uchun savollar. 
1. Moddiy borliq nima, ular qanday turlarga bo‘linadi? 
2. Insoniyat hayotda qanday muammolarga duch keladi? 
3. Fan nima? 
4. Iqtisodiyot so‘zining mazmunini yoritib bering? 
5. Iqtisodiyot fanlari tizimiga qanday fanlar kiradi? 
6. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining ob’ekti nima? 
7. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining predmeti? 
8. Ichki savdo iqtisodiyoti fani qanday usularni ishlatadi? 
www.sies.uz
Page 20 of 356 


 2 - bob. Bozor iqtisodiyoti shakllantirish sharoitida savdo. 
 
2.1.Tovar ayriboshlashning mohiyati. 
2.1.1. Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash. 
2.1.2. Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari, bozor tushunchasi, funksiyalari va 
elementlari. 
2.1.3. Bozorning turlari.
2.1.4. Bozor sub’ektlari. 
 
 
2.1.1. Takror ishlab chiqarish jarayonida ayriboshlash. 
 
Insoniyat taraqqiyotini negizini ijtimoiy mehnat taqsimoti belgilaydi. Ijtimoiy 
mehnat taqsimoti insonning yashash ehtiyojidan kelib chiqadi. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida tovar ishlab chiqarish bilan bir qatorda 
tovar ayriboshlash vujudga kelgan. Tovar ishlab chiqarish insoniyatni taraqqiyot 
tarixi bilan chambarchas bog‘liq. 
Tovar ayriboshlashni ob’ekti ishlab chiqarish uchun va insonlar ehtiyojini 
qondirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boylik bo‘lib hisoblanadi. Mahsulotlarni 
ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazish moddiy va iqtisodiy mazmunga 
asoslanganligi sababli tovar almashuvi jarayoni 2 xil shartga javob berishi shart: 
birinchidan, insonni qandaydir ehtiyojini qondira bilishi (sifat nuqtai 
nazaridan shaklan va mazmunan har xil bo‘lishi mumkin); 
ikkinchidan, almashuv ob’ekti boshqa ob’ektga ekvivalent bo‘lishi, ya’ni 
iqtisodiy nuqtai nazardan, teng bo‘lishi kerak. 
Mana shu xususiyatlar natijasida xo‘jalik mahsulotlari bir – biri bilan 
solishtiriladi. Ushbu mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyoj qondiriladi. Ular kerakligi 
(zarurligi) natijasida boshqa mahsulotlar bilan ayriboshlanadi, ularni solishtirish 
www.sies.uz
Page 21 of 356 


imkoniyati vujudga keladi, «T-T» shaklida. 
І
ar qanday mahsulot insonga zarur bo‘lganligi sababli ishlab chiqariladi.
Iste’mol kuchiga ega bo‘lishi kerak. Shu sababli boshqa mahsulot bilan 
almashtirilishi mumkin bo‘ladi. 
Ushbulardan kelib chiqib, tovar – mehnat mahsuloti bo‘lib, o‘z ehtiyoji 
uchun emas, sotish uchun ishlab chiqarilgan, insoniyatni biron bir ehtiyojini 
qondiradigan mahsulotdir. U iste’mol qiymatiga va qiymatga ega bo‘ladi. 
Boshlang‘ich davrda oddiy tovar ayriboshlash (T-T) amalda ishlatilgan. 
Ijtimoiy mehnat taqsimotini rivojlanishi natijasida faqat ayriboshlash, ya’ni sotish 
uchun ishlab chiqarish shakllanib, tovar ayriboshlash uchun umumiy bo‘lgan 
ekvivalent – pul vujudga kelgan. Pulni vujudga kelishi natijasida oddiy tovar 
ayriboshlash (T-T) tovar – pul muomalasiga (T- P -T) aylanadi va tovar – pul
muomalasi vujudga kelgan. 
Tovar – pul muomalasi, bu ishlab chiqaruvchilar orasidagi va ishlab 
chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o‘rtasidagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatdir. 
Taraqqiyot natijasida ayriboshlash doimiy ijtimoiy jarayonga aylangan (T –P 
– T; P – T – P…). 
Oddiy tovar ayriboshlashda (T-T) oldi – sotdi jarayoni ajralmas bo‘lgan, 
keyinchalik pul vujudga kelishi bilan bu jarayon zamon va makonda ajraldi, ya’ni 
bu jarayon T – P; P –T; P –T – P; T – P – T; P –P kabilarga bo‘linadi.
Tovar ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish – iste’mol jarayonidan takror 
ishlab chiqarish jarayoniga aylanib, ishlab chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va 
iste’mol fazalari vujudga kelgan. 
Shunday qilib, ayriboshlash jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin.
Takror ishlab chiqarish jarayoni esa quyidagicha ifodalanadi: 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin