6.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, tarkibi va ko‘rsatkichlari
6.2.1. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi, harakati va ahamiyati
6.2.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tarkibi
6.2.3. Aylanma fondlar (mablag‘lar)ning ko‘rsatkichlari
6.2.1. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tushunchasi,
harakati va ahamiyati
Savdoning aylanma fondlari deganda, muomaladagi mehnat predmetlari va
ayrim ishlatilish muddati 1 yilgacha bo‘lgan mehnat qurollari qiymatining puldagi
ifodasi tushuniladi. Aylanma fondlarga ayrim kassadagi va hisob raqamlaridagi
moliyaviy munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘lar ham kiritiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida chet el nazariyasi va amaliyoti iqtisodiyotga
kirib kelayotgan davrda, xalqaro buxgalteriya hisob standartlari va milliy hisobot
tizimini amaliyotda qo‘llanilishi munosabati bilan «Aylanma fondlar» «Aylanma
www.sies.uz
Page 118 of 356
119
mablag‘lar» termenlari o‘rniga «Aylanma kapital» yoki «Aylanma aktivlar» kirib
keldi. Yuqorida keltirilgan tushunchalar mazmunan bir xil bo‘lib, faqat boshqacha
termenlar bilan atalmoqda. Shu sababli bizlar bundan buyon ushbu kategoriyani
mazmunidan kelib chiqib, «Aylanma mablag‘lar» termenini ishlatishni maqsadga
muvofiq deb topdik.
Aylanma mablag‘lar o‘z qiymat mazmuniga binoan, muomala jarayoniga
zarur bo‘lgan mehnat predmetlari, ishlatilish muddati bir yilgacha bo‘lgan mehnat
qurollarini sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul ta’minotidir.
Aylanma mablag‘lar natural-jismoniy ko‘rinishi nuqtai nazaridan joriy
moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlaydigan va bir yilgacha bo‘lgan davrida
iste’mol qilinadigan moddiy boyliklarni o‘zida mujassamlashtiradi.
Aylanma mablag‘larning manbalari bo‘lib korxonaning o‘z mablag‘lari,
qarzga olingan mablag‘lar va jalb etilgan mablag‘lar hisoblanadi.
Korxonani tashkil topishda aylanma mablag‘lar uning tasischilari mablag‘i
hisobidan shakllanadi (ustav fondi), keyinchalik uni to‘ldirish korxona foydasi, jalb
qilingan mablag‘lar (passivlar) hisobidan to‘ldiriladi.
Aylanma mablag‘lar asosiy fondlardan farqli bo‘lib, ular muomala jarayoni
bir siklida to‘la iste’mol qilinadi va o‘z qiymatini tovarlar va savdo xizmatlari
qiymatiga to‘la o‘tkazadi.
Aylanma mablag‘larni likvidlik darajasi juda yuqori, ayrim tarkiblarini
likvidligi qariyb «1»ga teng bo‘ladi.
Savdo jarayonida aylanma mablag‘lar bir turdan ikkinchi turga aylanib
turishi mumkin.
Aylanma mablag‘lar doimiy harakatda bo‘ladi. Ular savdo jarayonining bir
siklida takror ishlab chiqariladi.
Ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilardan tovarni sotib olishda savdoning
aylanma mablag‘lari ishlab chiqaruvchilar yoki vositachilarning aylanma
mablag‘iga aylanadi, savdoga ular tovar shaklida muomalaga kirib keladi. Ushbu
jarayonda ishlab chiqarishni takrorlanishini tezlashtirishga vosita bo‘lib xizmat
qiladi, savdo uchun uning asosiy funksiyasini bajarilishini ta’minlaydi, ya’ni ishlab
www.sies.uz
Page 119 of 356
120
chiqarishdan tovarlarni iste’molchiga yetkazish va oldi-sotdi jarayoni davom
ettirishni ta’minlaydi. Ushbular bilan bir qatorda iste’molchilarni talabini
qondirishga yo‘l ochib beradi.
Ikkinchi jarayonda aylanma mablag‘lar tovar shaklidan pulga aylanadi,
bunda tovarlar muomala jarayonidan iste’mol jarayoniga o‘tadi, pul esa yana
muomala jarayonini takrorlash uchun harakatga o‘tadi. Bu pullar yangi mehnat
predmetlarini sotib olishga yo‘naltiriladi va jarayon takrorlanadi.
Ushbu jarayonda aylanma mablag‘lar bir tomondan muomala jarayonini
tezlashtiradi va ikkinchi tomondan iste’molchilar talabini qondiradi.
Aylanma mablag‘larni takrorlanish tezligidan savdo korxonalarining
raqobatbardoshligi, ularni samaradorligi darajasi bog‘liqdir. Shu sababli aylanma
mablag‘larni takrorlanishini tezlashtirish katta ahamiyatga egadir.
Aylanma mablag‘larni miqdoriga har xil omillar ta’sir qiladi. Ularning biri
aylanma mablag‘larni takrorlanishini tezlashtirsa, ikkinchisi sekinlashtirishi
mumkin.
Umuman aylanma mablag‘larga ta’sir qiluvchi omilalrni uch xil guruhga
ajratish mumkin: umumiqtisodiy, tashkiliy va texnik-texnologik omillarga.
Umumiqtisodiy omillarga, tovar aylanishi va uni tarkibini (assortiment
tarkibini) o‘zgarishi, ishlab chiqarish, tovar va boshqa moddiy ne’matlar bilan
ta’minlovchilarni dislokatsiyasi, ya’ni hududiy joylanishi, savdo xizmatchilarini va
savdoga xizmat ko‘rsatuvchi tarmoqlar ishchilarini mehnat unumdorligi darajasi
kabilarni kiritish mumkin.
Tashkiliy omillarga savdo shaxobchalarini hajmi, ixtisoslashish, savdoni
yangi progressiv usullarini qo‘llash, boshqarishni takomillashtirish, savdo-
vositachilik bo‘g‘inlarini qisqartirish kabilar kiradi.
Texnik-texnologik omillar ilmiy-texnik progressni joriy qilish bilan bog‘liq
bo‘lib, ularga savdoga yangi jihozlarni, texnologik jarayonlari joriy qilish, savdoga
xizmat qiluvchi tarmoqlarni texnik-texnologik taraqqiyoti (aloqa, transport,
komunal xo‘jaligi kabilar) kiradi.
Ushbu omillardan ayrimlari aylanma mablag‘larni miqdorini oshirishga olib
www.sies.uz
Page 120 of 356
121
keladi. Bularga savdo xizmatini sifatini yuqorilash bilan bog‘liq tadbirlar savdo
shoxobchalarini kengaytirish, yangisini qurish, tovar aylanishi tarkibida
(assortimentida) aylanma mablag‘larni takrorlanish jarayonini susaytirishga olib
keladigan tovarlar hissasini ortishi kabilar kiradi.
Aylanma mablag‘larni kamaytirishga olib keladigan omillarga moddiy va
moliyaviy resurslarni tejamli ishlatilishiga qarashli tadbirlar, tovar zahiralarini
aylanish tezligini oshirish, tovar aylanishi tarkibida aylanma mablag‘larni
takrorlanish jarayonini tezlashtirishga olib keladigan tovarlar hissasini ko‘payishi
kabilar kiradi.
Yuqoridagi omillarni ob’ektiv va sub’ektiv omillarga ham ajratish mumkin.
Ob’ektiv omilalr savdo korxonasi va uni ta’minlovchilarni xo‘jalik yuritish tartibi,
savdo korxonalari faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan omillar kiradi.
Sub’ektiv omillari boshqaruv apparat xodimlari va savdo xizmatchilarni
kasbiy mahorati, ishlash prinsiplari, savdoni to‘g‘ri ratsional tashkil qilish borasida
qabul qilingan qarorlarni joriy qilinishini va h.k. kiradi. Sub’ektiv omillar inson
omili bilan bog‘liqdir.
O‘tgan mavzuda savdoni resurslari ,uni asosiy fondlari to‘g‘risida
suxbatlashgan edik. Resurslar ,jumladan asosiy fondlar, aylanma mablag‘lar hamda
moliyaviy resurslar to‘g‘risida fikr yuritilganda ushbu resurslarni bir-biri bilan
tig‘iz bog‘liqligi, xo‘jalik faoilyati jarayonida ularni bir shakldan ikkinchi shaklga
o‘zgarishi, ya’ni natural-moddiy shakldan qiymat, pul shakliga va teskarisi,
qiymat, pul shaklidan natural-moddiy shaklga o‘tganda asosiy fondlar,
amartizatsiyasi shaklida moliyaviy resurslar kapital mablag‘ shaklidan asosiy
fondlarga aylanishini kuzatamiz.
Xuddi shunday o‘zgarishlar aylanma mablag‘lar va moliyaviy resurslar
o‘rtasida ham ro‘y beradi. Masalan: tovarlar sotilish jarayonida debitor qarzga
aylanishi, tovarlar oldi-sotdi jarayonida yuridik va jismoniy shaxslarni qarzdor
bo‘lib qolishi, ushbu jarayonda savdo korxonalarini kreditor bo‘lib qolishi, ya’ni
ishlab chiqaruvchi yoki boshqa ta’minotchilardan qarzdor bo‘lib qolishi kabilar.
Tovarlarga qo‘yilgan ustamalarni sotilishi natijasida savdo korxonalarini daromadi,
www.sies.uz
Page 121 of 356
122
foydasini shakllanishi.
Ushbu jarayonga iqtisodiyotga taalluqli adabiyotlarda e’tibor berilmaydi va
bu jarayon yoritilmagan. Lekin bunday o‘zaro bog‘liqliklarni o‘rganish
resurslaridan samarali foydalanish uchun tadbirlar ishlab chiqishda, samaradorlik
ko‘rsatkichlarini aniqlash yoki tanlashda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
6.2.2. Aylanma fondlar (mablag‘lar) tarkibi
Aylanma mablag‘lar tarkibini nazariy va amaliy ahamiyati nuqtai nazardan
natural-moddiy shakllari va qiymat ko‘rsatkichi sifatida tasniflash zarur.
Savdo korxonalarining aylanma mablag‘lari natural-moddiy shakllari
bo‘yicha quyidagi tarkiblardan (elementlardan) iborat bo‘ladi:
1.
Tovar zaxiralari (chakana savdo shoxobchalarida, ulgurji savdo omborlarida,
yo‘lda, ommaviy ovqatlanish korxonalarida).
2.
Xom ashyo va tayyor mahsulotlar (ommaviy ovqatlanish korxonalarida).
3.
Taralar, yoqilg‘i, qodoqlash materiallari.
4.
Xo‘jalik ehtiyojiga ishlatiladigan materiallar (kassa cheklari, kompyuter
kraskalari kabi).
5.
Arzon inventarlar va ishlatilish muddati bir yilgacha bo‘lgan tez eskiradigan
mehnat qurollari.
6.
Sanitariya va maxsus kiyim-kechaklar.
Aylanma mablag‘lar qiymati bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi.
1.
Tovar zahiralari summasi. Aylanma mablag‘ tarkibida tovar zahiralarini
summasi 60-70 % tashkil qiladi.
2.
Materiallar zaxirasi va arzon inventarlar va ishlatish muddati bir yilgacha, tez
eskiradigan mehnat qurollari summasi.
3.
Debitorlik qarzlari. Savdo korxonalariga qarzdor bo‘lgan yuridik va jismoniy
shaxslarni tovarlar va boshqa narsalar bo‘yicha qarzlari summasi.
4.
Pul aktivlari. Savdo korxonalarining kassasidagi, bankdagi hisob va valyuta
raqamlaridagi pul va boshqalar sifatidagi mablag‘lari.
www.sies.uz
Page 122 of 356
123
5.
Є
isqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar. Savdo korxonalarini har xil
qimmatbaho qog‘ozlarga qo‘yilgan mablag‘lari, bankdagi depozit hisob
raqamidagi pullari. Ularni ishlatilish muddati bir yilgacha, shu sababli ular
iqtisodiy mazmuni jihatidan foyda (daromad) olish maqsadida qisqa muddat
ichida bo‘sh pul mablag‘laridan foydalanishni ifoda qiladi.
6.
Aylanma mablag‘larni boshqa turlari. Bularga kelgusi davr qilingan harajatlar
kiradi. Ushbu harajatlar kelgusi asosiy faoliyatga doir bo‘lib, lekin hisobot
davrida amalga oshiriladi. Ularga masalan: oldindan to‘langan ijara haqlari;
oldindan to‘langan boshqa tarmoqlarning xizmat haqlari; boshqa oldindan
bo‘nak (avans) sifatidagi to‘lovlar kiradi.
Ushbu harajatlar hisobot yilida amalga oshirilgan bilan kelgusi davrning
muomala (davr) harajatlarida o‘z aksini topadi.
Aylanma
mablag‘lar
ularni
rejalashtirilishi
nuqtai
nazardan
normalashtiriladigan aylanma mablag‘lar va normalashtirilmaydigan aylanma
mablag‘larga bo‘linadi.
Miqdori real aniqlanishi normalar va normativlar orqali mumkin bo‘lgan
aylanma mablag‘lar normalashtiriladigan aylanma mablag‘lar tarkibiga kiradi.
Normalashtirilishi
mumkin
bo‘lgan
aylanma
mablag‘lar
tarkibiga
quyidagilarni kiritish zarur:
•
tovar zahiralari (chakana savdoda, ulgurji omborlarda, ommaviy ovqatlanish
shoxobchalarida, yo‘ldagi);
•
kassadagi va yo‘ldagi pul mablag‘lari;
•
tovarlar bilar turgan va bo‘sh taralar;
•
kelgusi davr uchun qilinadigan harajatalr;
•
moddiy-texnik ta’minot materiallari, yoqilg‘i, qadoqlash va xo‘jalik ehtiyoji
uchun zarur bo‘lgan materiallar;
•
belgilangan muddatda banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob hujjatlari
topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi;
•
ommviy ovqatlanish shaxobchalaridagi (korxonalaridagi) xom ashyolar.
Miqdorini rejalashtirilishi qiyin yoki mumkin bo‘lmagan aylanma
www.sies.uz
Page 123 of 356
124
mablag‘lar tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
•
bankdagi hisob raqamida saqlanayotgan pul aktivlari;
•
belgilangan muddatdan keyin banklarga inkassa qilish uchun hisob-kitob
hujjatlari topshirilmagan savdo korxonalariga yuborilgan tovarlar summasi;
•
har xil debitorlar;
•
saqlash uchun moddiy javobgarlikka olingan tovarlar summasi (aksep qilish
inkor qilingan holdagi);
•
qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar.
6.2.3. Aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichlari
Aylanma mablag‘lar ko‘rsatkichlarini quyidagi guruhlarga taqsimlab
o‘rganishni tavsiya qilamiz.
1.
Aylanma mablag‘lar holatini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichlar, bular absolyut
miqdorlarda (natural va qiymat o‘lchov birliklarida) va o‘rtacha qiymat
ko‘rsatkichida hisobotga olinadi.
2.
Aylanma mablag‘larni o‘zgarish tendensiyalari (dinamikasi) ko‘rsatkichlari.
3.
Aylanma mablag‘lar tarkibini anglatuvchi ko‘rsatkichlar.
4.
Aylanma mablag‘lar bilan korxonani ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari.
5.
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari.
Dostları ilə paylaş: |