АйМ
ТА
Кай
З
ТА
а
Кз
=
.
Bu yerda: TA- tovar aylanishi summasi, kvartalga yoki yilga) (chakana,
ulgurji, ommaviy ovqatlanish);
−
−
−
АйМ
- o‘rtacha aylanma mablag‘lar summasi;
З
- o‘rtacha tovar zahiralari summasi.
2. O‘z aylanma mablag‘larini aylanish tezligi koeffitsiyenti (Ko‘.ay.)
у
АйМ
−
−
−
=
ТА
Ку
.
ай
.
Birinchi va ikkinchi banddagi ko‘rsatkichlar aylanma mablag‘larni bir
tomondan biror-bir davrda ishlatilish holatini ko‘rsatadi, ikkinchi tomondan
dinamik qatorda tahlil qilinsa ulardan foydalanish samarasini ham ifoda qiladi.
3. Aylanma mablag‘larni (yoki tovar zahiralarini) rentabelligi (yoki
daromadliligi) (Ray.m) quyidagicha aniqlanadi.
;
)
(
100
.
;
)
(
100
.
З
ёки
АйМ
Д
м
Рай
З
ёки
АйМ
Ф
м
Рай
−
−
−
−
−
−
⋅
=
⋅
=
Tayanch iboralar: aylanma mablag‘lar, aylanma fondlar, aylanma kapital,
www.sies.uz
Page 128 of 356
129
aylanma kapital, aylanma aktivlar, omillar, ko‘rsatkichlar.
Takrorlash uchun savollar.
1.
Aylanma mablag‘lar mazmunini yoritib bering?
2.
Aylanma mablag‘lar asosiy fondlardan qanday farlanadi?
3.
Aylanma mablag‘lar qanday manbalar hisobidan shakllanadi?
4.
o‘jalik faoliyatida ishltilayotgan resurslar qanday tarzda bir shakldan boshqa
shaklga o‘tadi?
5.
Aylanma mablag‘lar natural-moddiy tarkibiga nimalar kiradi?
6.
Aylanma mablag‘lar qiymati bo‘yicha qanday tasniflanadi?
7.
Aylanma mablag‘lari tarkibining qaysi biri normalashtiriladi?
8.
Aylanma mablag‘lar qaysi qismini rejalashtirish qiyin yoki mumkin
bo‘lmaydi?
9.
Aylanma mablag‘lar xolati qanday ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi?
10.
Aylanma mablag‘larni o‘zgarish tendensiyalari
š
anday ko‘rsatkichlar or
š
ali
ani
š
lanadi?
11.
Aylanma mablag‘lar tarkibini
š
anday ko‘rsatkichlar or
š
ali hisoblanadi?
12.
Aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligi
š
anday ani
š
lanadi?
13.
Aylanma mablag‘lardan foydalanish samaradorligi
š
aday ko‘rsatkichlardan
iborat?
6.3. Savdo korxonalarining moliyaviy resurslari
6.3.1. Moliyaviy resurslar mohiyati va ularni savdo korxonalari
samaradorligini oshirishda ahamiyati
www.sies.uz
Page 129 of 356
130
6.3.2. Moliyaviy resurslarning manbalari
6.3.3. Moliyaviy resurslarning ko‘rsatkichlari
6.3.1. Moliyaviy resurslar mohiyati va ularni savdo korxonalari samaradorligini
oshirishda ahamiyati
Moliyaviy resurslar jamiyat xo‘jalik mexanizmida insonning qon
tomirlari tizimi kabi, faol xizmat qiladi. Iqtisodiyotning qaysi jabhasini tahlil
qilmang, moliya masalalariga duch kelamiz.
Moliya – bu pul tizimi bo‘lib, naqd pullar, pulga aylanishi mumkin bo‘lgan
chet el valyutalari, banklardagi naqd pulsiz mablag‘lar, qimmatbaho qog‘ozlar
majmuasidir.
Davlat, korxona, uy xo‘jaligi (oila xo‘jaligi) o‘rtasidagi pul aloqalari
moliyaviy munosabatlarni tashkil qiladi. Lekin, moliya bu pulni o‘zi emas, u pul
orqali faoliyat natijalarini, daromad va foydani taqsimlash va qayta taqsimlash
bilan bog‘liq aloqalardir.
har bir davlatni o‘ziga xos moliyaviy tizimi mavjud. o‘zbekiston
Respublikasining moliyaviy tizimi quyidagilardan tashkil topadi:
•
davlat moliyasi. Bunga davlat byudjeti, mahalliy byudjet, qoaqalpog‘iston
Respublikasi byudjeti, kredit tizimi, soliq xizmati, davlat sug‘urtalash tizimi,
nafaqa jamg‘armasi;
•
xo‘jalik sub’ektlari moliyasi – korxonalar, tijorat banklari, birja tizimi, tijorat
kreditlash va sug‘urtalash tizimi;
•
jismoniy shaxslar moliyasi, ya’ni aholining shaxsiy mablag‘lari.
Xo‘jalik
mexanizmini
yuritish
harakati
moliya-kredit
vositalari
(tayanchlari), moliyaviy resurslarni o‘zgarishiga ko‘pdan bog‘liq.
Pul, moliya va moliyaviy resurslar kabi iqtisodiy kategoriyalarni farqlash
zarur.
Pul-moliyani shakllanishi va harakatini moddiy asosini tashkil qiladi.
Pul-moliyaviy resurslar, moliya va xo‘jalik faoliyatni oxirgi natijalarini
www.sies.uz
Page 130 of 356
131
o‘lchaydi (daromad, harajatlar, aylanma mablag‘lar, maxsus pul fondalri va
boshqalar).
Savdoning moliyasi – bu pul daromadlar va pul vositalari fondlarini
shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishi bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy (konkret
holda pul) munosabatlaridir.
Moliyani mavjudligi tovar muomalasi bilan chambarchas bog‘liq, chunki
tovar muomalasi bir tomondan tovarlar massasini siljishi bilan parallel pul
massasini siljishi bilan amalga oshadi.
Tovar massasi pul massasiga teng, ekvivalent bo‘lishi kerak.
Savdo korxonalari tovar ayriboshlashni amalga oshirish jarayonida
tovarlarni sotib olgan qiymatini (ulgurji baho bilan) muomala va boshqa
harajatlarini qoplaydi va foyda oladi.
Daromadni shakllanishida, ishlatilishida real pul vositalari aylanadi,
korxonalarni pul fondlari shakllanadi (mehnat haqi fondi, kapital qo‘yish
jamg‘armasi, davlat byudjetiga to‘lovlar, rezervlar va boshqa maxsus fondlar).
Pul munosabatlarida
– davlatning moliya-kredit tizimi bilan to‘lovlar orqali;
- bank munosabatlari bilan kredit olish va qaytarish orqali;
- savdo korxonalari o‘zaro va ularni iqtisodiyotni boshqa tarmoqlari bilan
aloqalari, tovar-pul munosabatalri, ya’ni tovar oldi-sotdi, xizmat va boshqa
shartnomaviy munosabatlar orqali;
- ishchi-xodimlar bilan hisob-kitoblar (ish haqi, moddiy rag‘batlantirish va
boshqa pul munosabatlari) orqali savdo korxonalarining moliyaviy faoliyati o‘z
aksini topadi.
Shunday qilib, moliya butun pul munosabatlarini barcha jabhalarini qamrab
olmaydi.
Moliya tushunchasiga tovar sotish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlari
kirmaydi. Bu munosabatlar natijasida faqat aholiga sotilgan tovarlardan savdo
korxonalariga qoladigan daromadlar moliyaviy resurslarga kiradi.
Shunday qilib, pul munosabatlari moliya tushunchasidan kengroq.
www.sies.uz
Page 131 of 356
132
Moliyaning mohiyati uning bajaradigan funksiyalari orqali namoyon bo‘ladi.
Moliyaning funksiyalari quyidagilardan iborat:
•
takror ishlab chiqarish – kapitalni takror aylanishini ta’minlash, moddiy va pul
resurslarini muvofiqligini ta’minlash;
•
tezkor (operatv) – savdo korxonalarini pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlarini
aniqlash, ta’minlash, ishlatilishini tartibga solish;
•
taqsimot – pul mablag‘larini maqsadli yo‘naltirish, taqsimlash;
•
nazorat – pul mablag‘larini shakllanishi, taqsimlanishi va ishlatilishini norma,
normativlar, qonun-qoidalarga mos kelishini to‘xtovsiz tekshirib borish.
Moliyaviy resurslarning manbalari
Moliyaviy munosabatlarning moddiy ifodasi moliyaviy resurslarda o‘z
ifodasini topadi. Xo‘jalik sub’ektlarining moliyaviy resurslari – bu ular ixtiyoridagi
pul va unga tenglashtiriladigan daromadlar va tushumlardir. Ular xo‘jalik
sub’ektlarini byudjet, banklar, sug‘urta va boshqalar oldidagi majburiyatlarini
bajarish uchun ishlatiladi. Moliyaviy resurslar yuqoridagilar bilan bir qatorda
faoliyatni kengaytirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish uchun ham manba
bo‘lib hisoblanadi.
Moliyaviy resurslarni shakllantiruvchi manbasi sifatida xo‘jalik sub’ektlarini
o‘z (xususiy) va har xil boshqa jalb qilingan mablag‘lar hisoblanadi.
Umumiy ko‘rinishda xo‘jalik sub’ektlarini (tarmoqlar, sohalar mulk
shaklidan qat’iy nazar) moliyaviy resurslarning manbalari sifatida quyidagi
6.3.2.1-chizmada keltirilganlarni hisoblash mumkin.
Moliyaviy resurslar iqtisodiy yo‘naltirilishi nuqtai nazaridan quyidagicha
tasniflanadi:
1.
Asosiy faoliyani ta’minlovchi.
2.
Asosiy fondlarni takror ishlab chiqarishini ta’minlovchi.
3.
Aylanma mablag‘larni shakllanishini ta’minlovchi.
4.
Kadrlar tayyorlash tadbirlarini ta’minlovchi.
www.sies.uz
Page 132 of 356
133
5.
Ishchi-xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni ta’minlovchi.
6.
Ijtimoiy-maishiy va boshqa ehtiyojlarni qondirishni ta’minlovchi.
7. Moliyaviy ehtiyot zahiralashga.
www.sies.uz
Page 133 of 356
|