И ш ч и
к у ч и
П
–
Т
--------
И Ч
-
Т
1
-
П
1
м е ³н а т
в о с и т а л а р и
б у
е р д а
:
И Ч
–
и ш л а б
ч и є а р и ш
;
«1» -
я р а т и л г а н
є ў ш и м ч а
ºи й м а т
.
www.sies.uz
Page 23 of 356
2.1.2. Bozor iqtisodiyoti, uning qoidalari, bozor tushunchasi, funksiyalari va
elementlari.
Tovar ayriboshlash jarayoni bozorda amalga oshiriladi. Bozor esa o‘z vaqtida
bozor iqtisodiyotining asosiy sub’ektlaridan biri hisoblanadi. Bozorda ikki xil
kategoriyadagi sub’ekt uchrashadi, biri sotish niyatida bozorga taklif bilan chiqadi,
ikkinchisi sotib olish niyatida bozorga talab bilan chiqadi.
Bozorda sotib oluvchi (talab) va sotuvchi (taklif) o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabat ro‘yobga chiqadi.
Bozor deganda oddiy tilda oldi – sotdi jarayoni amalga oshiriladigan joy
tushuniladi.
«Bozor» desa bizlarni ko‘z oldimizga qaynab
yotgan dehqon yoki chayqov
bozori keladi. Lekin bu tarif haqiqiy bozorni to‘la anglatmaydi.
Ilmiy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ilmiy asarlarda, o‘quv va ommabop
adabiyotlarda bozor to‘g‘risida har xil tushunchalar mavjud.
P. Samuelsonning «Ekonomika» asarida bozorni – «… bozorlar jamiyatni va
savdo ishlab chiqarish faoliyatini bog‘lovchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi»,
deb ta’riflaydi
1
.
F. Kotler bozorni «Mavjud va potensial tovar sotib oluvchilar majmuasi», deb
ta’riflaydi
2
.
K. R. Makkonel va S. L. Bryular bozorni mahsulot va xizmatni sotuvchi va
sotib oluvchilarni qo‘shuvchi mexanizm deb atashadi
3
.
A.S. Usmanov bozorga shunday ta’rif beradi: «Bozor tushunchasi keng
ma’noda – bu tovar ayriboshlash sohasi deb, tovar ayriboshlash bor ekan, bozor ham
mavjud»
4
deydi.
N. Tuxliyevni fikricha, «Bozor tovar ishlab chiqarish qonunlari asosida tashkil
qilingan ayriboshlash, tovar va pul muomalasi munosabatlarining yig‘indisi, ishlab
1
С а м у э л
ь с о н
П
., «
Э к о н о м и к
а
»
Т
., INAO, «
А Л Г О Н
»
В Н И И С И
, 1992,
с
.36.
2
К о т л е р
Ф
. «
О с н о в ы
м
а
р к е т и н г
а
».
М
.,
П р о г р е с с
, 1990
с
. 54
3
М
а
к к о н е л л
К
.
р
.,
Б р ю
С
.
А
.
Э к о н о м и к с
:
п р и н ц и п ы
,
п р о б л е
м ы
и
п о л и т и к
а
.
М
.,
р е с п у б л и к
а
. 1992.
т
.1.
с
.77.
4
У с м о н о в
А
.
С
.
Н
а
у ч н ы е
о с н о в ы
р е г у л и р у е м ы х
р ы н о ч н ы х
о т н о ш е н и й
.
Т
о ш к е н т
: PLSHTLI «
Ў з и н ф о р
а
г п р о м
». 1992.
с
.30.
www.sies.uz
Page 24 of 356
chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi muhim bog‘lovchi bo‘g‘indir
1
»
A. Soliyev va A. Usmonovlar bozorga quyidagicha ta’rif beradi: «bozor o‘ziga
xos ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlar jarayoni bo‘lib, unda tovarlar va xizmatlar
ayriboshlanadi va ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar manfaatlari to‘qnashadi
va bir – biri bilan kelishadi
2
»
«Eng yaxshisi bozorni haridorlar va sotuvchilarga narxlarni ayriboshlashga
imkoniyat beradigan tizimdir, deb ta’riflasak bo‘ladi», deb E. Sariqov va E.
Mamatovlar ta’kidlaydilar
3
.
Bozorga berilgan bunday bir – biridan farqlanadigan tariflarni ko‘plab misolni
keltirish mumkin.
Bozorni ilmiy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan ta’riflarini bozorga ta’rif
berish borasida chet el va respublikamiz olimlari o‘rtasida yagona fikrga
kelmaganligini ta’kidlab o‘tish bilan maqsadimiz terminlarni, ta’riflarni to‘g‘ri
aniqlashni ilmiy va amaliy ahamiyati katta ekanligini ko‘rsatib o‘tishdan iboratdir.
Ilmiy jihatdan bir xil narsaga har xil tushunchalar, tariflar berish ko‘p hollarda
noto‘g‘ri tasavvurga olib kelishi, natijada uni mohiyatini to‘g‘ri ochib
berolmaslikka olib kelishi mumkin.
Amaliy nuqtai nazardan bu hol mutaxassislar o‘rtasida o‘zaro tushunishni
qiyinlashishiga, o‘quv adabiyotlarini yaratishda tushunmovchiliklarga olib kelishi
ehtimoldan holi emas.
Bizning fikrimizcha, bozor tushunchasini birinchidan, uni iqtisodiyotning
xo‘jalik sub’ekti nuqtai nazardan va ikkinchidan nazariy, ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai
nazardan ta’riflash maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bozor – bozor iqtisodiyotining xo‘jalik sub’ekti sifatida, haridor va
sotuvchilar to‘qnash turuvchi va kelishtiruvchi xo‘jalik ob’ektidir (joy, korxona,
firma, birja, savdo, xizmat shaxobchalari va h.k.o.)
Nazariy va ijtimoiy – iqtisodiy nuqtai nazardan bozor tushunchasiga
almashuv jarayonida sodir bo‘ladigan, bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalaridan
1
Т
ў х л и
е в
Н
.
Б о з о р г
а
ў т и ш н и н г
м
а
ш
а
ºº
а
т л и
й ў л и
.
Т
о ш к е н т
: «
Ў з б е к и с т о н
»,1999. 13
б
.
2
С о л и е в
А
.,
У с
м
о н о в
А
.
М
а
р к е т и н г
.,
Т
о ш к е н т
, «
Ў ºи т у в ч и
». 1997.9
б
.
3
С
а
р и ºо в
Э
,
М
а
м
а
т о в
М
. «
И ºт и
с о д и ё т
в
а
б и з н
е
с
»,
Т
о ш к
е
н т
, «
Ш
а
р
º
». 1997. 22
б
.
www.sies.uz
Page 25 of 356
kelib chiqadigan ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqish zarur.
Bizning fikrimizcha, bozor iqtisodiyotining sub’ekti sifatida tovar – pul
muomalasiga bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni namoyon bo‘lishini taminlaydi.
Bozorning mohiyati, barcha xo‘jalik sub’ektlari (bozor sub’ektlari – uy, oila
xo‘jaligi,
ishlab
chiqarish,
davlat),
inson
va
jamiyatdagi
ayriboshlash
munosabatlarining majmuasini anglatadi.
Є
isqa qilib aytganda, bozor – bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalarga
asoslangan ayriboshlash jarayonida haridor va sotuvchi o‘rtasidagi iqtisodiy
munosabatlar tizimidir.
Bozorda–butun jamiyatdagi ko‘p qirrali iqtisodiy munosabatlar, ya’ni ishlab
chiqarish, taqsimot, ayriboshlash va iste’mol jarayonida vujudga keladigan, alohida
prinsiplarga asoslangan munosabatlar namoyon bo‘ladi.
Kengroq ma’noda bozor – bu bozor iqtisodiyoti qonun va qoidalariga
asoslangan ayriboshlash ya’ni, oldi – sotdi jarayonidagi iqtisodiy faoliyatning shakl
va turlari bo‘lib, u ishlab chiqaruvchi, tovar yetkazuvchilarni (taklif vakillari) bir
tomondan va iste’molchilar, haridorlarni (talab vakillari) ikkinchi tomondan birga
to‘qnashtirish va kelishtirish jarayonini ta’minlaydigan bozor iqtisodiyotining
sub’ektidir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, avval bozor iqtisodiyoti tushunchasi, uning
qonunlari va qoidalariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Bozor iqtisodiyoti insoniyat
taraqqiyotidagi iqtisodiy tizimni bir modeli bo‘lib hisoblanadi. Masalan inson
taraqqiyotida kuzatilgan iqtisodiy tizimlarga, natural xo‘jalik (ibtido jamiyati),
feodal tizimi, harbiy tizim, ma’muriy tizim, (sotsializm), bozor iqtisodiyotiga
asoslangan tizimlarni kiritish mumkin.
І
ar qanday iqtisodiy tizim o‘zida shunday mexanizmni namoyonlashtirdiki,
unda tabiiy resurslar, ishchi kuchi, texnologiya, tadbirkorlik va boshqaruv
mahoratlari mujassamlashgan bo‘lishi kerak.
Iqtisodiy tizimni bosh maqsadi moddiy ne’matlar va xizmatlarni ishlab
chiqarish va taqsimlash orqali insoniyat ehtiyojlarini ko‘ra bilish va qondirish
bo‘lib hisoblanadi. Bu vazifani bajarish uchun insoniyat o‘z taraqqiyotida eng
www.sies.uz
Page 26 of 356
samarali iqtisodiy tizim modelini yaratishga intilib kelgan.
І
ozirgi kunda butun jahon tan olgan, eng samarali iqtisodiy tizim modeli – bu
bozor iqtisodiyoti modeli hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti har xil davlatlarda ularning shart – sharoitlaridan kelib
chiqib har xil bo‘lishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotini har xil modellari
mavjud.
Masalan: A
Є
SH, Yaponiya, Shvesiya, Tursiya, Rossiya, O‘zbekiston va h.k.
Bozor iqtisodiyoti – bu tovar – pul muomalasi munosabatlariga va o‘zining
qonun – qoidalariga asoslangan ijtimoiy – iqtisodiy tizim modelidir.
Bozor iqtisodiyoti o‘ziga xos qonun va qoidalarga egadir.
Bozor iqtisodiyotiga ta’luqli iqtisodiy qonunlar to‘g‘risidagi iqtisodchi
olimning fikriga to‘xtalib o‘tamiz.
Rossiya iqtisodchi olimlar jamoasi tomonidan, professor Rayzberk B.A.
raxbarligida chop etilgan «Kurs ekonomiki» darsligida (M. «INFARM», 1997. 74 -
96 betlar) iqtisodiyotni qonuniyatlari (qonunlari) to‘g‘risida fikr yuritilib
quyidagilar bozor iqtisodiyotiga mos qonunlar sifatida keltirgan. Ehtiyojni yuksalib
borishi qonuni; resurslarni chegaralanganligi qoidasi; ishlab chiqarish imkoniyatlari
chegarasi va almashtirilgan harajatlarni ortib borish qonuni (bu yerda
«almashtirilgan»degan so‘z «vmenennix» so‘zini tarjimasi sifatida muallif
tomonidan ishlatilmoqda va bu yerda bir tovarni ishlab chiqarishni ikkinchisi bilan
almashtirishga bog‘liq bo‘lgan harajatlar nazarda tutilmoqda); daromadlarni kamayib
borish qonuni; doiradagi (chegarali) foydalilikni kamayib borishi qonuni;
foydalilikni maksimallashtirish qoidasi (bu yerda «Foydalilik» mahsulot (tovar yoki
xizmat) ni inson ehtiyojini qondira olish salohiyati (qobiliyati) nazarda tutiladi);
talab qonuni; taklif qonuni; pul muomalasi qonuni; Engel qonuni – shaxsiy iste’mol
tarkibini daromadga bog‘liqligi.
A.O‘lmasov va N.To‘xliyevlar «Bozor iqtisodiyoti» lug‘at – ma’lumotnomada
(Toshkent. qomuslar bosh tahririyati. 1991) bozor iqtisodiyoti qonunlariga talab va
taklif qonuni va pul muomalasi qonunini kiritish bilan chegaralangan.
A.O‘lmasov va A.Vahobovlarning «Iqtisodiyot nazariyasi» Oliy o‘quv yurtlari
www.sies.uz
Page 27 of 356
uchun darsligi (Toshkent. «Sharq», 2006) qonunlarini umumiqtisodiy va ayrim
iqtisodiy tizimlarga xos maxsus qonunlarga ajratilib, birinchisiga – mehnat
taqsimoti, jamg‘arish, mehnat unumdorligini oshib borishi, ehtiyojlarning yuksalish
qonunlari, ikkinchi tipiga – talab qonuni, taklif qonuni, me’yoriy naflik qonuni,
raqobat qonunlari keltiriladi. Ikkinchi tipdagi qonunlar bozor iqtisodiyotiga mos
qonunlar deb ta’kidlanadi.
SH. Shodmonov, R. Alimov va T. Jo‘rayevlarning «Iqtisodiyot nazariyasi»
darsligida (Toshkent. «Moliya». 2002, 276.) Iqtisodiy qonunlarni 3 guruxga bo‘lib,
ularga:
Dostları ilə paylaş: |