Ichki savdo iqtisodiyoti uz Дарслик doc



Yüklə 4,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/93
tarix05.12.2023
ölçüsü4,82 Kb.
#174040
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93
4-Ichki-savdo-iqtisodiyoti-1-qism-Darslik.-B.Abdukarimov.T-2007

Ikkinchidan, 
savdo faoliyatida ro‘y berayotgan iqtisodiy jarayonlar va 
hodisalarni doimiy o‘zgarib turishi, unga ko‘pgina omillar ta’sir qilish natijasida 
shakllanadi; 
Uchinchidan 
iqtisodiy kadrlarga qo‘yiladigan talablardan (ularning kasbiy 
maxorati, bilimdonligi, tadbirkorligi, bashorat qila bilishligi va hokazolar) kelib 
chiqadigan omillar. Keltirilgan fazilatlar ichki savdo iqtisodiyoti fanini o‘rganishda 
shakllanib boradi.
Bu omillardan kelib chiqib, ichki savdo iqtisodiyoti fanining asosiy 
vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin. 
Ichki savdo iqtisodiyoti fanining asosiy vazifalari: 
- iqtisodiy hodisalar va jarayonlarni o‘lchov birliklari, ko‘rsatkichlari va 
kriteriyalari (baholash mezonlari) aniqlash usullarini o‘rganish;
- savdo xo‘jalik mexanizmini o‘rganish, baholash, kelajakka bashorat qilish; 
- bo‘lajak iqtisodchi mutaxassislarni savdo korxonalari faoliyatini tahlil qilish, 
rejalashtirish, kelajagini bashorat qilish usullari bilan qurollantirish; 
- barcha turdagi savdo korxonalarining rivojlanish tendensiyalari va 
qonuniyatlarini aniqlash, takliflar berish;
- savdo korxonalarida birlashtirilgan omillardan (yer, kapital, mehnat, 
tadbirkorlik) samarali foydalanish yo‘llarni belgilash. 
1.4. Ichki savdo iqtisodiyoti fanining usullari. 
І
ar qanday ilmiy fan o‘rganadigan predmetdan kelib chiqib, o‘z usullarini 
www.sies.uz
Page 17 of 356 


(metodlarini) yaratgan. Metod grekcha «methodos» so‘zidan olingan bo‘lib, 
to‘g‘ridan to‘g‘ri «Biron narsaga yo‘l topish» ma’nosini bildiradi. o‘zbek tilida 
metod so‘zi usul ma’nosiga to‘g‘ri keladi.
Fan usuli (metodi) deganda tabiat va jamiyatda sodir bo‘layotgan
xodisalar va jarayonlarni bilish, o‘rganish va tadqiq qilish uchun fanda 
qo‘llaniladigan vositalar majmuasi tushuniladi.
Usul – bizning fikrimizcha, jamiyat sirlarini ob’ektiv fikrlash, nazariy 
mushoxada qilish va amaliyotga joriy etish vositalari sifatida qaralishi mumkun. 
Usul, falsafiy ma’noda qaralsa, fan o‘rganadigan predmetni inson fikrida 
nusxalanishi yoki shakllanishini bildirib, ularni o‘rganish quroli sifatida qaraladi. 
 
Ongli ravishda, ilmiy asoslangan fan usularini qo‘llash, har bir fan uchun 
yangiliklar yaratish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
Qadimgi islom dunyosida olimlar tabiat va jamiyatni rivojlanishini, 
tafakkurni takomillashtirishni o‘rganishda «Rivojlanish-shakllanish» nazaryasini
ishlatishgan. Ushbu nazariya asosida fikr yuritishni «Olloh-inson-modda-vaqt-
iqtisodiy ravnaq» usuli ishlatilgan. Shu bilan birga, bilish jarayoninig rivojlanishi 
asosida ilmiy fikr yuritishning umumiy usullari ham yaratilgan. Ular qatoriga 
dealektika, induksiya, deduksiya, analiz va sintez kabilar kiradi. 
Keltirilgan usullarni qisqacha mazmunini yoritib o‘tamiz. 
Bobolarimiz ishlatgan «Rivojlanish - shakllanish» nazariyasi, Ollohning 
yaratuvchanligi, uning birlamchiligini asoslab, keyin inson – modda – vaqt – 
iqtisodiy ravnaqqa qarab rivojlanish amalga oshishini asoslaydigan fikr yuritish 
usulidir. 
Dialektika-grekcha «diaiektike» so‘zidan kelib chiqib, tabiat, jamiyat va 
tafakurning umumiy qonunlarini o‘rganish usuli sifatida vujudga kelgan.
Є
adimiy falsafa tabiatda va jamiyatda butun borliq o‘zgaruvchanligini 
asoslagan, hodisalar, jarayonlarning bir holatdan ikkinchi qarama-qarshi holatga 
o‘tishini isbotlagan. Aristotel dialektikani ehtimol fikrlarni isbotlash to‘g‘risidagi 
fan deb qaragan. Butun borliq, mavjudodni har biri ham bor, ham yo‘q; o‘zi o‘ziga 
teng va teng emas; o‘ziga o‘xshaydi va o‘zidan qarama qarshi holatga o‘tadi. 
www.sies.uz
Page 18 of 356 


Shuning uchun ham borliq to‘la qarama-qarshilikdan iborat, yagona va ko‘p; mangu 
va o‘tuvchan; o‘zgarmas va o‘rgaruvchan; tinch holatda va harakatda; o‘ziga 
o‘xshaydi va o‘zidan qarama – qarshi holatga o‘tadi. Bu jarayonlarni o‘rganish usuli 
sifatida dealektika vujudga kelgan. 
Dialektika – oddiy mushohadadan abstrakt fikrlash, undan amaliyotga o‘tishni 
bildiradi.
Aslida, tarixda dialektika – tortishuv o‘tkazish qobiliyati, ya’ni savol – javob 
orqali tortishuv o‘tkazish qobiliyati hamda narsalar, tushunchalarni shakllar va 
turlarga tasniflash mahorati deb tushunilgan. 
Shunday qilib falsafaning tabiat, jamiyat va tafakkurini o‘rganish usuliga 
dialektika deb tushuniladi.
Iqtisodiy reallik ham butun jamiyatdagi borliqning bir qismidir.
Shuning uchun, iqtisodiy reallikda sodir bo‘layotgan hodisalar va jarayonlarni 
o‘rganishda barcha iqtisodiy fanlar, shu jumladan Ichki savdo iqtisodiyoti fani ham 
dialektika usulidan keng foydalanadi.
Induksiya lotincha «induktio» so‘zidan olingan bo‘lib, xabar olish ma’nosini 
bildiradi. Fikr yuritishning bir turi bo‘lib, tadqiq qilish usulidir. Umuman, 
induksiya tadqiqot qilishda, xulosalarni asoslashda xususiy miqdordan, ayrim 
voqelikdan umumiylikka o‘tish usulidir. Iqtisodiy jarayonlarning tahlil qilishda 
umumiy nazorat bilimga ega bo‘lish uchun uning alohida tomonlari, emperik 
asoslari o‘rganilib, xulosa qilinadi.
Deduksiya lotincha «dedukctio» so‘zidan olinib so‘zma – so‘z «chiqarish» 
ma’nosini bildiradi. Deduksiya ham induksiya kabi fikr yuritishni bir turi va tadqiq 
qilish usuli bo‘lib, induksiya usulining teskarisini anglatadi. Deduksiya usuli 
ishlatilganda umumiylikdan xususiylikka qarab fikr yuritiladi va tadqiqot olib 
boriladi. 
Induksiya va deduksiya mantiqiy fikr yuritishga asoslangan. Iqtisodiy 
tadqiqotlar o‘tkazilishidan ayrim belgilarni tahlil qilib, uning asosida umumiy 
jarayonga baho berish yoki uning teskari hollari yuz berishiga ko‘p to‘qnashamiz. 
Analiz va sintez grekcha «analysis» va «syntesis» so‘zidan olingan bo‘lib 
www.sies.uz
Page 19 of 356 


analiz – bo‘lish va ajratish, sintez – muvofiqlik, munosiblik ma’nosini bildiradi. 
Analiz va sintez tadqiqot usuli bo‘lib, umumiy mazmuni yaxlitlikni alohida tarkibiy 
bo‘limlarga (xususiylikka) ajratish va yaxlitlikni alohida tarkibiy bo‘limlardan 
umumiylikni yaratish jarayoni tushuniladi. Bular ham tadqiqotni mantiqiy 
usullaridandir. Iqtisodiy amaliyotda bu usullardan keng foydalaniladi. Bunga asos 
bo‘lib, «Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Xo‘jalik faoliyatining iqtisodiy tahlili» degan 
fanlarning mavjudligi hisoblanadi. Ichki savdo iqtisodiyoti ilmiy fan sifatida 
yuqorida keltirilgan falsafaning usullaridan va boshqa fanlarda ishlatiladigan ko‘p 
arsenalli usul va uslublarni o‘z predmetini o‘rganishda ishlatadi. Ular qatoriga 
solishtirish, guruxlash, indeks, zanjirli bog‘lash, balansli bog‘lash, grafiklar, 
iqtisodiy matetmatik va boshqalarini kiritish mumkin. Tabiiy yo‘naltirilishi bo‘yicha 
bu usul va uslublar iqtisodiy jarayon va xodisalarni tahlil qilish, ilmiy tadqiqot 
o‘tkazish, prognozlash rejalashtirish qurollari sifatida ishlatiladi. Bir qator alomatlari 
bo‘yicha bu usullar son va sifat tahlili, solishtirish, kuzatish, eksprement o‘tkazish, 
sistemali tahlil, modellashtirish, ekstropolyatsiya, interpolyatsiya kabilarga 
bo‘linadi. Shular bilan bir qatorda statistik, matematik, bashorat (gipoteza), 
monografik, ekspert usullari keng ishlatiladi. 
Tayanch iboralar: jamiyat, iqtisodiyot, fan, moddiy borliq, ob’ekt, predmet, usul. 

Yüklə 4,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   93




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin