Bu bez bo`yinnnig oldingi qismida joylashgan bo`lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlardan yopib turadi. 3 bo`lakdan: ikkita yon va bitta o`rta bo`lakdan iborat. Ona qornida embrion rivojlanishining 12 xaftasidayoq qalqonsimon bez o`z faoliyatini aktivlashtiradi. Bola tug`ilganida bez vazni 1 gr, 1 yoshda 2 gr, 2 yoshda 6 gr, 5-10 yoshda 10 gr, balog`at yoshida bez tez kattalashadi va erkaklarda 25 gr, allarda 30-35 gr gacha bo`ladi.
Qalqonsimon bezdan tiroksin gormoni ishlab chiqariladi. Tiroksinning tarkibida 65 % dan ko`proq yod moddasi bor. Katta odam tanasida 25 mg yod bo`ladi, shundan 15 mg qalqonsimon bezda saqlanadi.