Ichki yonuv dvigatellari sikllari



Yüklə 40,28 Kb.
səhifə1/4
tarix28.04.2023
ölçüsü40,28 Kb.
#104076
  1   2   3   4
issiqlik Maruza


ICHKI YONUV DVIGATELLARI SIKLLARI




REJA:

  1. Asosiy tushunchalar.

  2. O’zgarmas hajmda issiqlik keltirilishi bilan boradigan sikl.

  3. O’zgarmas bosimda issiqlik keltirilishi bilan boradigan sikl.

  4. Aralash yonuv sikli.

1. Asosiy tushunchalar

Ichki yonuv dvigatellari shunday issiqlik mashinasiki, unda ishchi jismga issiqlik keltirilishi dvigatelning o’zining ichida yoqilg’i yoqish hisobiga amalga oshiriladi.


O’tgan asrning 70-80 yillarigacha mexanik ish olishning asosiy manbasi bug’ mashinalari edi. Ularda bug’ past bosim va past temperaturada foydalanilar edi. Yoqilg’ini yonishidan hosil bo’ladigan yuqori temperaturali gazlar ishchi jism bo’lgan past bosimli bug’ olish uchun avval bug’ qozonlariga yuboriladi. Yoqilg’ini issiqligidan bunday foydalanish bug’-kuch qurilmalari f.i.k.ni kichik bo’lishiga olib keladi.
Olim va ixtirochilarning izlanishlari natijasida, yoqilg’ining yonishidan hosil bo’ladigan gazlar bevosita mashina porsheniga ta’sir etadigan yangi tipdagi dvigatel yaratildi.
Bunday ichki yonuv dvigateli yaratish mumkinligi g’oyasini birinchi bo’lib 1824 yilda Sadi Karno e’tirof etgan.
1860 yilda frantsuz mexanigi Lenuar ishchi jismni oldindan siqmasdan, yoritilgan gazda ishlaydigan ichki yonuv dvigateli yaratdi.
1862 yil frantsuz injeneri Bo-de-Rosha Karno g’oyasiga mos keladigan dvigatel yaratadi.
1877 yilda nemis injeneri Otto Bo-de-Rosha taklif qilgan printsipda benzin bilan ishlaydigan dvigatel yaratdi.
1897 yilda nemis injeneri Dizel kerosinda,yuqori bosimda kompressordan tsilindrga havo purkalib yuqori siqishda ishlaydigan dvigatel yaratdi.
1904 yilda rus injeneri Trinkler tomonidan yoqilg’i oldin o’zgarmas hajmda, so’ngra o’zgarmas bosimda yonadigan kompressorsiz dvigatel yaratildi. Yoqilg’i aralash yonadigan bu tipdagi dvigatel hozirgi paytda barcha mamlakatlarda keng qo’llanilyapti.
Barcha takomillashgan ichki yonuv dvigatellari 3-guruxga bo’linadi:
1-o’zgarmas hajmda yoqilg’ini tezda yonishi bilan boradigan;
2-o’zgarmas bosimda yoqilg’ini asta sekin-yonishi bilan boradigan;
3-bir qismi o’zgarmas hajmda,bir qismi o’zgarmas bosimda yoqilg’ini aralash yonishi bilan boradigan.
Ideal termodinamik ichki yonuv dvigatellari sikllarini tahlil qilishda keltirilgan va olingan issiqlik miqdori, siklning xarakterli nuqtalarida ishchi jismning asosiy termodinamik parametrlari,siklning termik f.i.k. asosiy xarakteristika (parametr)lar yordamida aniqlanadi.
Barcha ichki yonuv dvigatellari sikllari uchun quyidagi o’lchamsiz asosiy xarakteristikalar yoki parametrlar o’rinlidir:
Siqilish darajasi ishchi jism boshlang’ich solishtirma hajmini siqilish so’ngidagi solishtirma hajmiga nisbati; bosim ortishi darajasi o’zgarmas hajmda issiqlik berish protsessi oxiri va boshidagi bosimlar nisbati; oldindan kengayish darajasi izobarik issiqlik berish protsessi oxiri va boshidagi solishtirma hajmlar nisbati.
Porshenli ichki yonuv dvigatellari sikllarining uchta asosiy turi mavjud: Otto sikli ( V=const da yonish); Dizel sikli (p=const da yonish); Trinkler sikli (V=const va so’ngra p=const da yonish).

2. O’zgarmas hajmda issiqlik keltirilishi bilan boradigan sikl


Real porshenli dvigatelni ishlashini sikl davomida porshenni holatiga qarab tsilindrda bosimni o’zgarishini ko’rsatadigan diagrammada tekshirish qulayroq. Indikator nomli asbob yordamida olinadigan bunday diagrammani indikator diagrammasi deyiladi.


P

3


2
4
0 5
1




Yüklə 40,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin