1. Fazoni idrok qilish 2. Vaqtni idrok qilish 3. Harakatni idrok qilish Odatda fazodagi narsalarning shakli, hajmi va o’zaro munosabatlarini ikki ko’z bilan binokulyar idrok qilinadi.
Biz bir narsaga ikki ko’z bilan qaraymiz. Lekin narsa bitta aks etadi. Buning sababi o’sha narsadan keladigan nurlarning ko’z pardasiga mos yoki mos bo’lmagan nuqtalariga to’g’ri kelishidir.
Narsalarning fazo munosabatini binokulyar idrok qilishda konvergensiya muhim ahamiyatga ega.
Konvergensiya- biror narsaga qaraganda ikkala ko’z soqqasining qanshar tomon bab-barobar burilishidir. Konvergensiya masofani, chuqurligini aniq, to’liq idrok qilishga imkon beradi.
Vaqtni idrok qilish Odamda inson tomonidan vaqtni idrok qilish asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o’zaro o’rin almashinuvi tufayli namoyon bo’ladi va o’ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining ob'ektiv (haqqoniy, xolis) mazmuniga, shaxsning o’ziga nisbatan munosabatiga bog’liq bo’lib, shu mezon orqali uning mahsuldorligi o’lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji motivasiyasi, qiziqishi va intilishlariga mutanosib vaqt birligini, idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt ob'ektiv jihatdan kechinmalar, his-tuyg’ularga nisbatan shaxsning ijobiy, haqqoniy munosabatlarida tez o’tganday idrok qilinadi, odatda yoqtirmaslik idrok maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikish, vaqt "sekin" o’tish tuyg’usini uyg’otadi.
Biz idrok qilib turgan narsa-hodisalar muayyan vaht davomida paydo bo’ladi, o’zgaradi va o’tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir. Vaqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalar va ularning muntazamligini aks ettirishdir. Vaqtni idrok qilish ob'ektiv reallikni aks ettirib, kishini o’rab olgan muhitda mo’ljal olishiga imkon beradi. Vaqtni mo’ljal olish orientirovkasi miyaning po’st bo’limlari yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a'zo mavjud emas.
Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oraliqinining bir muncha aniq farqini kinestezik va eshitish sezgilari beradi.
Markaziy asab tizimida bosh miya katta yarim sharlarida qo’zg’alish va tormozlanishning ritmik almashinuvi vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh miya po’stida qo’zg’alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt "tez" o’tgandek, agar tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt "sekin" o’tgandek idrok qilinadi. Vaqtning "tez" yoki "sekin" o’tishi kishining vaqtga va diqqati yo’naltirilgan ob'ektga munosabatiga ham bog’liq. Masalan, biror darsning o’tishi, kinofilmni ko’rish, avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va hokazo. Odamlar vaqtni ob'ektiv belgilash, uning oraliqini to’g’ri farqlashga imkon beradigan narsalar oy, quyosh, yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar.