Idrok haqida umumiy tushuncha



Yüklə 57,42 Kb.
səhifə1/2
tarix11.05.2023
ölçüsü57,42 Kb.
#111720
  1   2
Документ Microsoft Word


Mavzu: Idrok va kasb tanlash

  1. Idrok tushunchasi. Idrokning turlari.

  2. Idrokning xususiyatlari haqida umumiy tushuncha.

  3. Kasb tanlash va unga beriladigan tavsiyalar

  4. Xulosa

  5. Foydalanilgan adabiyotlar

Asosiy qism



  1. Idrok haqida umumiy tushuncha.

Idrok tushunchasi lotin tilida «regserIo» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lotincha regseryo idrok, qabul qilish) deyiladi
Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo’lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko’nikmalar bir davrning o’zida namoyon bo’ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi. Idrok yoki qabul qilish shaxsning ob’yektivreallikdagi voqea-xodisalarning va predmetlarni aks ettirishdagi murakkablik, yaxlitlik va to’laligi bilan sezgirdan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va xodisalarning ayrim tomonlari, ba’zi xususiyatlari bilib olinadi. Har bir predmet yoki voqea-xodisada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kompleksi mujassam bo’ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. Shuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir.
Idrok jarayonida narsalar obrazini to’la aks attrishining sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo’zg’aluvchilar ta’siri tufayli juda ko’p muvaqqat bog’lanishlarvujudga kelgan bo’ladi. Tajribasiz odamda esa bunday xususiyat bo’lmaydi, ya’ni u idrok qilayotgan narsaning tub mohiyatiga tushunib yetmaydi. Psixologlarning fikricha, inson nimaniqi idrok kilsa, uni figura va fonda idrok qiladi. Figura – shunday narsaki uni aniqlash, ajratish, ko’rish, eshitish va tuyish mumkin, fon esa aksincha noaniqrok, yumshokrok narsa bo’lib aniq ob’yektni ajratishga yordam beradi.
Idrok - bu bilishimizning shunday shakliki u borlikdagi kuplab xilma-xil predmet va xodisalar orasida bizga ayni paytda kerak bo’lgan ob’yektni xossa va xususiyatlari bilan yaxlit tarzda aks ettishimizni taminlaydi. Ya’ni idrokning asosida narsa va xodisaning yaxlitlashgan obrazi yotadiki bu obraz boshqalaridan fark qiladi.
Idrokning fiziologik asoslari.
Idrok sezgi kabi reflektor jarayondir. Pavlov idrokning asosi tashqi olamdagi narsalari yoki xodisalarning retseptorlarga ta’sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlarining pustida yuzaga keladigan shartli reflekslar, ya’ni vaqtli nerv bog’lanishlari ekanligini kursatib bergan. Bunda tashqi olamdagi narsalar yoki xodisalar kompleks qo’zg’atuvchilar tarzida ta’sir qiladi. Bu kompleks qo’zg’atuvchilar analizatorlarning miya pustidagi kismlarida murakkab analiz va sintez kilinadi. Idrok sezgilarga nisbatan miya analitik- sintetik faoliyatining yuksak formasi xisoblanadi.
Idrokning nerv-fiziologik asosi xam sezgilarning nerv-fiziologik asosiga qaraganda murakkabdir. Idrok jarayonining nerv-fiziologik asosida bir necha sezgi a’zolariga barobar ta’sir etuvchi kompleks qo’zg’atuvchilarning ta’siri natijasida bosh miya pustida xosil bo’ladigan sintez jarayoni, ya’ni vaqtli bog’lanishlar (shartli reflekslar)ning xosil bulishi yotadi. Bundan tashkari, idrok jarayonining nerv-fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signallar sistemalarining faoliyatlari bilan xam bog’liqdir. Idrok obrazining yuzaga kelishidan iborat murakkab jarayonning asosi ichki analizator va analizatorlararo bog’lanishlar sistemasidir. Bunday bog’lanishlar qo’zg’atuvchilarni farklashning eng kulay sharoitlarini va narsalar xususiyatlarining murakkab butunlik sifatida o’zaro munosabatlarini xisobga olishni ta’minlaydi.
Tashqi ta’sir katta yarim sharlar po’stlog’ida birlashtiriladi, organizmning bir qancha qo’zg’ovchilar ta’siriga reaksiyasi bir-biri bilan bog’lanadi. Har bir predmetdagi xossalarning yig’indisiga qarab odam ularni bir-biridan farq qiladi.
Idrokning turlari.
Idrok quyidagi turlarga bo’linadi;
Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o’ynashiga qarab; ko’rish, eshitish, hid bilish, teri, ta’m bilish, harakat idroklariga;
Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga;
Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo’linadi.
Idrok sezgi bilan o’zaro bog’liq bo’lib analizatorlarning joylashuviga ko’ra ko’rish idroki ,eshitish idroki xid bilish idroki ,tam bilish idroki tuyish, va xlokazolarga bulinadi.Faolligiga kura ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlarga bo’linadi.
Idrok ixtiyorsiz va ixtiyoriy degan xillarga xam ajraladi. Ixtiyorsiz idrokda narsalar odamning ongida avvaldan maqsad kuyilmagan xolda aks ettiriladi. Odatda narsa va xodisalarning tashqi xususiyatlari, kishining xis-tuygulariga ta’sir etishi ixtiyorsiz idrokni vujudga keltiradi. Ixtiyoriy idrokda odam uz oldiga muayyan maqsad, vazifa kuygan bo’ladi. Ixtiyoriy idrokda odam shunchaki eshitmaydi, balki tinglaydi, shunchaki kuzdan kechirmaydi, balki sinchiklab kuradi. Ixtiyoriy idrok kup xollarda Biron faoliyatning tarkibiga kirgan bo’ladi. Kuzatish ixtiyoriy idrokning turlaridan biri xisoblanadi. Kuzatish maqsadga qaratilgan, uyushgan, ozmi-kupmi kupirok vaqt davom etadigan idrokdir. Kuzatishda, odatda, kishi uz oldiga maqsad kuyadi: Biron-bir ob’yekt, xodisa yuz beruvchi uzgarishlarni kuzatadi. Tevarak olamdagi narsalarni idrok qilish bilan birga, biz ularning fazoviy xususiyatlarini – shakli, katta-kichikligi, o’zaro bir-biridan va bizdan kanchalik uzoq-yaqinligini xam idrok qilamiz. Xodisalarni idrok qilarmiz, biz ularning vaqt xarakteristikalirini –odamning tugma xususiyati xisoblanmaydi. Agar yosh gudakning, shuningdek, onadan kur bo’lib tugilib, keyinchalik operatsiya qilish orqali Kuzi ochilgan kishilarning xatti-xaraktini kuzatsak, bunga ishonch xosil qilish qiyin eas. Yosh go’dak tepaga osib qo’yilgan o’yinchoqqa tomon qo’l cho’zish va uni ushlashni ko’p marta mashq qilish natijasida o’rganib oladi. Avvaliga esa, o’yinchoq o’zining rangdorligi bilan bolaning e’tiborini jalb qilib, bolada biror-bir oriyentirovka reaksiyasini vujudga keltirsa-da, bola xatto o’yinchoqka ko’proq qarab turishning xam uddasidan chiqmaydi. Operatsiyadan so’ng ko’zi ochilgan kishilar dastlabki paytda sharni ko’pincha doira sifatida idrok qiladilar, yaqin masofadagi mayda narsalar ularning kuziga katta bo’lib, uzoqroq masofadagi narsalar esa kichik bo’lib, ya’ni kuzning tur pardasiga aks ettirilgan obrazning katta-kichikligi muvofik ravishda kuringan. Narsaning konturi buyicha kuz yurgurtirish natijasida narsaning shakli idrok kilinadi. Sechenov kuzni narsaning konturini paypaslovchi uziga xos changallardir deb atagan edi. Ammo kuzning bu xususyaiti faqat yassi shakllarnigina idrok qilish imkonini beradi.
Xajmli shaklni idrok qilishda binokulyaar ko’rish ishga tushadi, ikki kuz bilan kuriladi. Ikki kuz bir-biridan ma’lum oraliqda bo’lgani uchun narsaning ung va chap kuz tur pardalariga tushgan surati bir-biriga aynan uxshash bo’lmaydi. Xar bir kuz narsaning unga qaragan tomonini ko’proq kuradi. Ikki kuzdan xar biri orqali olingan va bir-biridan bir oz farklanuvchi suratlar birga kushilishi natijasida yagona, lekin xamma obraz yuzaga keladi. Xajmi idrok qilishda yorug va soyaning joylashuvini xisobga olish katta axamiyatga ega. Narsaning burtib chikkan kismi odatda yaxshi yoritilgan bo’ladi. Vaqtni idrok qilish deyilganda, xodisalar ketma-ketligi va davomiyligini miyada aks etishi tushuniladi. Xodisalarning vaqt jixatidan yondosh ta’sir kursatishlari sababli shartli refleks bog’lanishlarining vujudga kelishi bilan natijada xodisalar miyada izchil aks etadi. Chakmok chakishi bilan momakaldirok va bulut bilan yomgir o’zaro sabab natija alokalariga kura xam, shuning bilan birga, o’zaro muayyan tartibda va faqat vaqt jixatdan bog’lanishiga kura xam aks etishi mumkin.
Ijtimoiy hayot jarayonida insoniyat vaqt ulchovlari sistemasini – sekund, minut, soat, kun, xafta, oy, yil, asr va xokazolarni ishlab chikkan bo’lib, bularni bilishga urgatish kishilarning savodini oshirishda goyat muxim vazifadir. Narsalar fazoda uz joyini uzgaritirb turadi. Bu xolning miyamizda aks etishi psixologiyada harakatni idrok qilish deb ataladi. Agar narsa fazoda harakatda bo’lsa, biz uning harakatini idrok qilamiz, harakatdagi narsa yaxshiroq ko’rish (eshitish) doirasidan chetga chikaverishi sababli xam biz uni e’tibordan qochirmaslik uchun, unga tomon qaraymiz xamda boshimizni buramiz. Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga ko’z bilan aks ettirishning negizi bo’lmish ko’z harakatlari kiradi. Ular o’zlarining tuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, sur’ati kabi belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratiladi.
1. Konvergensiya (lotincha yaqinlashish, qo’shilish demakdir) ikkala ko’zning ko’rish o’qlarining yaqinlashuvi natijasida to’r pardasida jismning ikqilanishiga yo’l qo’ymaslikda o’z ifodasini topadi.
2. Divergensiya (lotincha uzoqlashish) ko’zning vergent harakatlarining bir turi bo’lib, bir-biridan muayyan masofada to’rgan nuqtalarini qayd qilishda ko’rish o’qlarining uzoqlashuvidan iborat harakat.
3. Gorizontal harakat, ya’ni ko’zning bir xil tekislikdagi ikki nuqga oraliq bo’yicha narsalarning qayd qilishidir.
4. Vertikal harakat har xil fazoviy joylashuviga ega bo’lgan nuqtalar o’rtasida aloqani tiklashdan iborat ko’z harakati yordami bilan idrok qilinishidir.
5. Siklofuzion (yunoncha doira, aylana) harakat, harakatlanuvchi jismlarni ko’z qorachig’i yordamida aniqtasvirini aks ettirishidir.
6. Torsion (fransuzcha aylantirish) harakat ko’z o’qi atrofida jismlarni aylanib to’rgan holda qayd qilishdir.
7. Version (lotincha harakatlanaman, aylanaman demakdir) harakat ko’zning makro harakatlari doirasiga kirib, ko’rish burchagini kuzatish, tezlikni o’zgartirmasdan kuzatiluvchi ob’yektni idrok qilishda ishtirok etishidir.
8. Vergen (lotincha og’ish, qiyshayish) harakat ko’zning makro harakatlari tarkibiga kirib, o’ng va chap ko’zlarining ko’rish o’qlari burchagi o’zgarishiga olib keladi va hokazo.
Idrok fazo, vaqt va harakat idroklariga bo’linadi.
Fazoni (idrok) teri sezgilari va muskul harakat vositasi bilan idrok etganda ko’z bilan qarab ham, ko’z bilan qaramasdan ham ilrok qilish mumkin. Fazoviy munosabatlarni farqlashning muhim mohiyatlaridan biri. Narsalarning boshqa narsalarga yoki kuzatuvchiga nisbatan yo’nalishlarini idrok qilishdan iboratdir.
Harakatni idrok qilish narsalarning fazodagi holatining o’zgarganligini aks ettirishdan iboratdir. Vaqt fazo kabi materiya mavjudligining asosiy imkonlaridan biridir. Vaqtni ilrok qilish vahiylikdagi hodisalarning davomiyligini, tezligini va izchilligi aks ettirishdan iborat. Fazo munosabatlarini, narsalarning formasini, hajmi katta kichikligini ko’z bilan idrok qilamiz.
Fazoni bir ko’zimiz bilan ham monokulyar ikki ko’zimiz bilan binokulyar idrok qilish. Ko’z gavharining ko’zning ravshan ko’rish uchun uyg’unlashuvining akkomodatsiya deb ataladi.



  1. Yüklə 57,42 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin